Nazorat savollari:
1. Axborot xavfsizligi arxitekturasi va uning sathlari mohiyati.
2. Axborot xavfsizligi strategiyasi tushunchasi.
3. Korxona arxitekturasini tuzishda xavfsizlik strategiyasi va
arxitekturasining o‘mi.
21
II BOB. AXBOROT XAVFSIZLIGIGA BO‘LADIGAN
TAHDIDLAR, HUJUMLAR VA ZAIFLIKLAR
2.1. Axborot xavfsizligiga tahdidlar va ularning tahlili
Axborot xavfsizligiga boMishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni
tahlillash yaratilayotgan himoyalash tizimiga qo‘yiladigan talab-
larning to‘liq to‘plamini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Odatda
tahdid
deganda (umumiy ma’noda) kimningdir manfaat-
lariga zarar yetkazuvchi hodisa (ta’sir, jarayon yoki voqea) tushuni-
ladi.
Axborot tizimiga tahdid
deganda esa axborot tizimining xavf
sizligiga bevosita yoki bilvosita zarar yetkazuvchi ta’sir imkoni
tushuniladi.
Zamonaviy axborot tizimida saqlanuvchi va ishlanuvchi axbo
rot juda ko‘p omillaming ta’siriga duchor bo‘lishi sababli tahdidlar-
ning to‘liq to‘plamini tavsiflash masalasini formallashtirish mumkin
emas. Shuning uchun tahdidlaming to‘liq ro‘yxatini emas, balki tah
didlar sinfming ro‘yxatini aniqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Axborot tizimiga bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni tasnif-
lashni ularning quyidagi alomatlari bo‘yicha amalga oshirish
mumkin:
1.
Paydo bo ‘lish tabiati bo ‘yicha
quyidagilar farqlanadi:
- axborot tizimiga obyektiv fizik jarayonlar yoki tabiiy
hodisalar ta’sirida paydo bo‘luvchi
tabiiy tahdidlar,
- inson faoliyati sabab bo‘luvchi axborot tizimiga
sun 'iy
tahdidlar.
2.
Namoyon bo ‘lishining atayinligi darajasi bo ‘yicha
quyida
gilar farqlanadi:
-
xodimning xatosi yoki loqaydligi tufayli paydo bo ‘luvchi
tahdidlar,
masalan, himoya vositasidan noto‘g‘ri foydalanish; xatoli
ma’lumotlami kiritish va h.;
-
atayin qilingan harakat natijasida paydo bo luvchi tahdid~
lar,
masalan, niyati buzuqlaming harakati.
22
3.
Tahdidlarning bevosita manbai bo'yicha
quyidagilar
farqlanadi:
-
tabiiy muhit,
masalan tabiiy ofat, magnit bo‘roni va h.;
-
inson,
masalan xodimning yollanishi, konfidensial ma’lu-
motlaming oshkor etilishi va h.;
-
ruxsat etilmagan dasturiy-apparat vositalar,
masalan,
kompyuteming buzg‘unchi funksiyali viruslar bilan zaharlanishi.
4.
Tahdidlar manbaining holati bo'yicha
quyidagilar farq
lanadi:
-
nazoratlanuvchi axborot tizimi zonasidan tashqarisidagi
manba,
masalan, aloqa kanali bo‘yicha uzatiluvchi ma’lumotlami,
qurilmalaming elektromagnit, akustik va boshqa nurlanishlarini
ushlab qolish;
-
nazoratlanuvchi axborot tizimi chegarasidagi manba,
masa
lan, yashirincha eshitish qurilmalaridan foydalanish, yozuvlami,
axborot eltuvchilarni o‘g‘rilash va h.
-
bevosita axborot tizimidagi manba,
masalan, axborot tizimi
resurslaridan noto‘g‘ri foydalanish.
5.
Axborot tizimi faolligining darajasiga bog'liqligi bo'yicha
quyidagilar farqlanadi:
-
axborot tizimi faolligiga bog'liq bo'lmagan tahdidlar,
masalan axborot kriptohimoyasining fosh etilishi;
-
faqat m a’lumotlarni ishlash jarayonidagi tahdidlar,
masa
lan, dasturiy viruslami yaratish va tarqatish tahdidi.
6.
Axborot tizimiga ta ’sir darajasi bo ‘yicha
quyidagilar
farqlanadi:
-
passiv tahdidlar,
ushbu tahdidlar amalga oshirilganida axbo
rot tizimi strukturasi va mazmunida hech narsa o‘zgarmaydi,
masalan, maxfiy ma’lumotlami nusxalash tahdidi;
-
aktiv tahdidlar,
ushbu tahdidlar amalga oshirilganida
axborot tizimi va strukturasi va mazmuniga o‘zgarishlar kiritiladi,
masalan troyan oti va viruslaming kiritilishi.
7.
Foydalanuvchilarning yoki dasturlarning axborot tizimi
resurslaridan foydalanish bosqichlari bo'yicha
quyidagilar farq
lanadi:
23
-
axborot tizimi resurslaridan foydalanish bosqichida namo-
yon b o ‘luvchi tahdidlar,
masalan, axborot tizimidan ruxsatsiz
foydalanish tahdidlari;
-
axborot tizimi resurslaridan foydalanishga ruxsat beril-
ganidan keyingi tahdidlar,
masalan, axborot tizimi resurslaridan
ruxsatsiz yoki noto‘g‘ri foydalanish tahdidlari.
8.
Axborot tizimi resurslaridan foydalanish usullari b o ‘yicha
quyidagilar farqlanadi:
-
axborot resurslaridan foydalanishning standart yo ‘lini ish-
latadigan tahdidlar,
masalan, parollarga va foydalanishni chega-
ralashning boshqa rekvizitlariga noqonuniy ega bo‘lib, ro‘yxatga
olingan foydalanuvchi sifatida niqoblanish tahdidi;
-
axborot resurslaridan foydalanishning yashirin nostandart
у о ‘lini ishlatadigan tahdidlar,
masalan, operatsion tizimning hujjat-
lanmagan imkoniyatlarini ishlatib, axborot tizimi resurslaridan
foydalanish tahdidi.
9.
Axborot tizimida saqlanadigan va ishlanadigan axborotning
joriy joylanish joyi bo ‘yicha
quyidagilar farqlanadi:
-
tashqi xotira qurilmalaridagi axborotdan foydalanish tah
didi,
masalan, qattiq diskdan maxfiy axborotni ruxsatsiz nusxalash;
-
asosiy xotira axborotidan foydalanish tahdidi,
masalan,
asosiy xotiraning qoldiq axborotini o ‘qish;
-
aloqa kanallarida aylanuvchi axborotdan foydalanish tah
didi,
masalan, aloqa kanaliga noqonuniy ulanib, yolg‘on xabarlami
kiritish yoki uzatilayotgan xabarlami modifikatsiyalash;
-
terminalda yoki printerda aks ettirilgan axborotdan foyda
lanish tahdidi,
masalan, aks ettirilgan axborotni yashirincha video-
kamera yordamida yozib olish.
Yuqorida qayd etilganidek, axborot tizimiga xavfli ta’sirlar
tasodifiylariga yoki atayinlariga bo'linadi. Axborot tizimini loyiha-
lash, yaratish va ekspluatatsiya qilish tajribasining tahlili ko‘rsa-
tadiki, axborot axborot tizimining barcha ishlash bosqichlarida turli
tasodifiy ta’sirlar ostida bo‘ladi.
Axborot tizimining ekspluatatsiyasida
tasodifiy ta ’sir
sabablari
quyidagilar boiishi mumkin:
- tabiiy ofat va elektr ta’minotining uzilishi sababli avariya
holatlari;
24
- apparaturaning ishdan chiqishi;
- dasturiy ta’minotdagi xatoliklar;
- xizmatchi
xodim
va
foydalanuvchilar
faoliyatidagi
xatoliklar;
- tashqi muhit ta’siri sababli aloqa kanalidagi xalallar.
Dasturiy ta’minotdagi xatoliklar eng ko‘p uchraydi. Chunki,
serverlar, ishchi stansiyalar, marshrutizatorlar va hokazolaming das
turiy ta’minoti inson tarafidan yoziladi va demak, ularda deyarli
doimo xatoliklar mavjud. Dasturiy ta’minot qancha murakkab bo‘l-
sa, undagi xatoliklami va zaifliklarni aniqlash ehtimolligi shuncha
katta bo‘ladi. Ulaming aksariyati hech qanday xavf tug‘dirmaydi,
ba’zilari esa niyati buzuqning serverni nazoratlashi, serveming
ishdan chiqishi, resurslardan ruxsatsiz foydalanish kabi jiddiy
oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Odatda bunday xatoliklar
dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilar tomonidan muntazam taqdim
etiluvchi yangilash paketi yordamida bartaraf etiladi. Bunday
paketlaming o‘z vaqtida o‘rnatilishi axborot xavfsizligining zaruriy
sharti hisoblanadi.
Atayin qilinadigan tahdidlar
niyati buzuqning maqsadga yo‘-
naltirilgan harakatlari bilan bog‘liq. Niyati buzuq sifatida tashkilot
xodimini, qatnovchini, yollangan kishini va h. ko‘rsatish mumkin.
Avvalo tashkilot, xodimining niyati buzuq bilan tushungan holda
hamkorlik qilishiga e’tibor berishi lozim. Bunday hamkorlikka
undovchi sabablar quyidagilar:
- tashkilot xodimining rahbariyatga qasdlik qilish maqsadida;
- niyati buzuq qarashlaming haqqoniyligiga ishongan holda;
- xodimning tashkilot rahbariyatining noqonuniy faoliyat
yuritilayotganligiga ishongan holda;
- yolg‘on harakatlar, ta’magirlik, shantaj, xarakteming
sal-
biy jihatlaridan foydalanish, zo‘rlash yo‘li bilan hamkorlikka undash
va h.
25
Do'stlaringiz bilan baham: |