S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev


Tarmoqning  yolg‘on  obyektini  kiritish



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/443
Sana26.01.2022
Hajmi7,8 Mb.
#410875
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   443
Bog'liq
2 5379724499933463631

Tarmoqning  yolg‘on  obyektini  kiritish. 
Har  qanday  taq­
simlangan  tarmoqda  qidirish  va  adreslash  kabi  "nozik  joylari" 
mavjud.  Ushbu jarayonlar kechishida tarmoqning yolg‘on obyektini 
(odatda  bu  yolg‘on  xost)  kiritish  imkoniyati  tug‘iladi.  Yolg‘on 
obyektning  kiritilishi  natijasida  adresatga  uzatmoqchi  bo‘lgan 
barcha  axborot  aslida  niyati  buzuq odamga  tegadi.  Taxminan,  buni 
tizimingizga,  odatda  elektron  pochtani  jo ‘natishda  foydalanadigan 
provayderingiz  served  adresi  yordamida  kirishga  kimdir uddasidan 
chiqqani  kabi  tasavvur etish mumkin.  Bu holda  niyati buzuq odam 
unchalik qiynalmasdan elektron xat-xabaringizni  egallashi mumkin, 
siz  esa  hatto  undan  shubhalanmasdan  o‘zingiz  barcha  elektron 
pochtangizni jo ‘natgan bo‘lar edingiz.
Qandaydir  xostga  murojaat  etilganida  adreslami  maxsus 
o‘zgartirishlar  amalga  oshiriladi  (IP-adresdan  tarmoq  adapteri  yoki 
marshrutizatorining  fizik  adresi  aniqlanadi).  Internetda  bu  muam- 
moni  yechishda  ARP  (Kanal  sathi  protokoli)  protokolidan  foyda- 
laniladi.  Bu  quyidagicha  amalga  oshiriladi:  tarmoq  resurslariga 
birinchi  murojaat  etilganida  xost  keng  ko‘lamli  ARP-so‘rovni 
jo ‘natadi.  Bu  so‘rovni  tarmoqning  berilgan  segmentidagi  barcha 
stansiyalar  qabul  qiladi.  So‘rovni  qabul  qilib,  xost  so‘rov  yuborgan 
xost  xususidagi  axborotni  o‘zining  ARP-jadvaliga  kiritadi,  so‘ngra 
unga o‘zining Ethemet-adresi bo‘lgan ARP-javobni jo ‘natadi.  Agar 
bu  segmentda  bunday  xost  bo‘lmasa,  tarmoqning  boshqa  segment-
32


lariga  murojaatga  imkon  beruvchi  marshrutizatorga  murojaat 
qilinadi.  Agar  foydalanuvchi  va  niyati  buzuq  odam  bir  segmentda 
bo‘lsa,  ARP-so‘rovni  ushlab  qolish  va  yolg‘on  ARP-javobni 
yo‘llash  mumkin  bo‘ladi.  Bu  usulning  ta’siri  faqat  bitta  segment 
bilan chegaralanganligi tasalli sifatida xizmat qilishi mumkin.
ARP  bilan  bo‘lgan  holga  o‘xshab  DNS-so‘rovni  ushlab  qolish 
yo‘li bilan Internet tarmog‘iga yolg‘on DNS-servemi kiritish mumkin.
Bu quyidagi algoritm bo‘yicha amalga oshiriladi:
-  DNS-so‘rovni kutish;
-  olingan  so‘rovdan  kerakli  ma’lumotni  chiqarib  olish  va 
tarmoq  bo‘yicha  so‘rov  yuborgan  xostga  yolg‘on  DNS-javobni 
haqiqiy  DNS-server  nomidan  uzatish.  Bu  javobda  yolg‘on  DNS- 
serveming IP-adresi ko‘rsatilgan bo‘ladi;
-  xostdan  paket  olinganida  paketning  IP-sarlavhasidagi  IP- 
adresni yolg‘on DNS  serverning IP-adresiga  o‘zgartirish va paketni 
serverga  uzatish  (ya’ni  yolg‘on  DNS-server  o‘zining  nomidan 
server bilan ish olib boradi);
-  serverdan  paketni  olishda  paketning  IP-sarlavhasidagi  IP- 
adresni yolg‘on DNS-serveming IP-adresiga  o‘zgartirish va paketni 
xostga uzatish (yolg‘on DNS servemi xost haqiqiy hisoblaydi).

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   443




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish