S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, ica. Tashev



Download 1,64 Mb.
bet78/267
Sana28.09.2021
Hajmi1,64 Mb.
#187525
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   267
Bog'liq
AXBOROT Хавфсизлиги new

Dastur-immimizatorlar - fayllar zaharlanishini oldini oluvchi dasturlar ikki xilga boiinadi: zaharlanish xususida xabar beruvchi va virusning qandaydir xili bo‘yicha zaharlanishni blokirovka qiluvchi. Birinchi xil immunizatorlar, odatda, fayl oxiriga yoziladi va fayl ishga tushirilganda har doim uning o'zgarishini tekshiradi.

183


Bunday immunizatorlar bitta jiddiy kamchilikka ega. Ular stels- virus bilan zaharlanishni aniqlay olmaydilar. Shu sababli bu xil immunizatorlar hozirda isblatilmaydi.

Ikkinchi xil immunizatorlar tizimm virusning ma’lum turi bilan zaharlanishdan himoyalaydi. Bu immunizator dastur yoki diskni shunday modifikatsiyalaydiki, bu modifikatsiyalash ularning ishiga ta’sir etmaydi, virus esa ularni zaharlangan deb qabul qiladi va suqi- lib kirmaydi. Immunizatsiyalashning bu xili universal bo‘la olmay- di, chunki fayllarni barcha ma’lum viruslardan immunizatsiyalash mumkin emas. Ammo bunday immunizatorlar chala chora sifatida kompyuterni yangi no‘malum virusdan, u virusga qarshi skanerlar tomonidan aniqlanishiga qadar, ishonchli himoyalashi mumkin.



Virusga qarshi dastaming sifat mezonlari. Virusga qarshi dastumi bir necha mezonlar bo’yicha baholash mumkin. Quyida bu mezonlar muhimligi darajasi pasayishi tartibda keltirilgan:

  • ishonchlilik va ishlash qulayligi - foydalanuvchilardan max- sus harakatlarni talab etuvchi texnik muammolarning yo‘qligi; vi­rusga qarshi dasturning ishonchliligi eng muhim mezon hisoblanadi, chunki hatto eng yaxshi virusga qarshi dastur skanerlash jarayonini oxirigacha olib bora olmasa. u befoyda hisoblanadi;

' - viruslarni barcha tarqalgan xillarini aniqlash fazilati, ichki

fayl-hujjatlar/jadvallami (MSOffice), joylashtirilgan va arxivlangan fayllarni skanerlash, virusga qarshi dasturning asosiy vazifasi-100% viruslarni aniqlash va ularni davolash;



  • barcha ommaviy platformalar (DOS, Windows 95/NT, NovellNetWare, OS/2, Alpha, Linux va h.) uchun virusga qarshi dastur versiyalarining mavjudligi; so‘rov bo'yicha skanerlash va "bir zumda" skanerlash rejimlarining borligi, tarmoqni ma’murlash imkomyatli server versiyalarining mavjudligi. Virusga qarshi das­turning ko‘p platformaliligi muhim mezon hisoblanadi, chunki muayyan operatsion tizimga mo‘ljallangan dasturgina bu tizim funksiyalaridan to‘la foydalanishi mumkin. Fayllarni "bir zumda" tekshirish imkoniyati ham virusga qarshi dasturlarning yetarlicha muhim mezoni hisoblanadi. Kompyuterga keluvchi fayllarni va qo’yiluvchi disketlami bir lahzada va majburiy tekshirish, virusdan zaharlanmaslikka 100%-li kafolat beradi. Agar virusga qarshi

dasturning server variantida tarmoqni ma’murlash imkoniyati bo‘lsa, uning qiymati yanada oshadi;

  • ishlash tezligi. Virusga qarshi dasturning ishlash tezligi ham uning muhim mezoni hisoblanadi. Turli virusga qarshi dasturlarda virusni qidirishning har xil algoritmlaridan foydalaniladi. Bir algoritm tezkor va sifatli bo‘lsa, ikkinchisi sust va sifati past bo‘lishi mumkin.

Himoyaning profilaktika choralarL Har bir kompyuterda viruslar bilan zaharlangan fayllar va disklarni o‘z vaqtida aniqlash, aniqlangan viruslarni tamomila yo'qotish, virus epidemiyasining boshqa kompyuteriarga tarqalishining oldini oladi. Har qanday vi­rusni aniqlashni va yo‘q qilishni kafolatlovchi mutloq ishonchli das- turlar mavjud emas. Kompyuter viruslari bilan kurashishning mu­him usuli o‘z vaqtidagi profilaktika hisoblanadi.

Virusdan zaharlanish ehtimolligini jiddiy kamaytirish va disk- lardagi axborotni ishonchli saqlanishini ta'minlash uchun quyidagi profilaktika choralarini bajarish lozim:



  • faqat qonuniy, rasmiy yo‘l bilan olingan dasturiy ta'minotdan foydalanish;

  • kompyutemi zamonaviy virusga qarshi dasturlar bilan ta’- minlash va ular versiyalarini doimo yangilash;

  • boshqa konipyuterlarda disketda yozilgan axborotni o‘qish- dan oldin bu disketda virus borligini o‘zining kompyuteridagi virus­ga qarshi dastur yordamida doimo tekshirish;

  • axborotni ikkilash. Avvalo dasturiy ta’minotning distributiv eltuvchilarini saqlashga va ishchi axborotning saqlanishiga e’tibor berish;

  • kompyuter tarmoqlaridan olinuvchi barcha bajariluvchi fayl- larni nazoratlashda virusga qarshi dasturdan foydalanish;

  • kompyutemi yuklama viruslardan zaharlanishiga yo‘l qo‘y- maslik uchun, operatsion tizim ishga tushirilganida yoki qayta yuklanishida diskovod cho‘ntagida disketani qoldirmaslik.

Virusga qarshi dasturlarning har biri o‘zining afzalliklariga va kamchiliklariga ega. Faqat virusga qarshi dasturlarning bir necha xilini kompleks ishlatilishi maqbul natijaga olib kelishi mumkin.

Quyida virusdan zaharlanish profilaktikasiga, viruslarni aniq- lash va yo‘qotishga mo‘ljallangan ba’zi dasturiy komplekslar tav- siflangan.



AVP (Antivirus Kasperskogo Personal) - Rossiyaning virusga qarshi paketi. Paket tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • OfficeGuard - blokirovka qiluvchi, makrovirusdan 100% himoyalanishni ta’minlaydi;

  • Inspector - taftishchi, kompyuterdagi barcha o'zgarishlami kuzatadi, virus faolligi aniqlanganida, diskning asl nusxasini tiklash- ga va zarar keltiruvchi kodlarni chiqarib tashlashga imkon beradi;

  • Monitor - viruslarni ushlab qoluvchi, kompyuter xotirasida doimo hozir bo4ib, fayllar ishga tushirilganida, yaratilishida yoki nusxalanishida ularni virusga qarshi tekshiradi;

  • Scanner - virusga qarshi modul, lokal va tarmoq disklar tarki- bini keng ko‘ lamli tekshirish imkonini beradi. Skanerni qo‘l yorda- mida yoki berilgan vaqtda avtomatik tarzda ishga tushirish mumkin;

  • Dr.Web - Rossiyaning virusga qarshi ommaviy dasturi, Windows 9x/NT/2000/XP uchun mo‘ljallangan bo‘lib, faylli, yuk- lama va fayl-yuklama viruslarni qidiradi va zararsizlantiradi. Dastur tarkibida rezident qorovul Spider Guard, Internet orqali virus baza- larini yangilashning avtomatik tizimi va avtomatik tekshirish jad- valini rejalashtiruvchi mavjud. Pochta fayllarini tekshirish amalga oshirilgan. Dr.Webda ishlatiluvchi algoritmlar haqida ma’lum bo'l- gan barcha virus xillarini aniqlashga imkon beradi. Dr. Web dastu- rining muhim xususiyati - oddiy signaturali qidirish natija bermay- digan murakkab shifrlangan va polimorf viruslarni aniqlash imkoniyatidir;

  • Symantec Antivirus - Symantec kompaniyasining korporativ foydalanuvchilarga taklif etgan virusga qarshi mahsuloti nabori. Symantec mahsulotidan ishchi joylarining umumiy soni 100 va un- dan ortiq bo‘lganida, shuningdek, boMmaganda bitta Windows NT/2000/NetWare serveri mavjudligida foydalanish maqsadga mu- vofiq hisoblaaadi. Ushbu paketning bashqalardan ajralib turadigan xususiyati quyidagilar:

  • boshqarishning ierarxik modeli;

  • yangi virus pay do bo‘lishiga reaksiya qilish mexanizmining mavjudligi.

  • AntiVir Personal Edition - virusga qarshi dastur AVP, Dr. Web va h.lar imkoniyatlaridek imkoniyatlarga ega. Dastur komp- lektiga quyidagilar kiradi:

  • disklarni skanerlovchi;

  • rezident qo‘riqchi;

  • boshqarish dasturi;

  • rejalashtiruvchi.

Dastur Internet dan yuklanuvchi fayllarni skanerlaydi. Internet orqali yangilanishlarni avtomatik tarzda tekshirish va yuklash funk- siyasi ham mavjud. Dastur xotirani, yuklanish sektorini tekshirishda ishlatiladi va unda viruslar bo‘vicha keng ko'lamdagi ma’lumot- noma mavjud.


Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish