Bir tomonlama kalitli xesh-funksiyalardan foydalanishga asoslangan protohollar. Bir tomonlama xesh-funksiya yordamida
159
shifrlashning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u mohiyati bo‘yicha bir tomonlamadir, ya’ni teskari o‘zgartirish-qabul qiluvchi tarafda rasshifrovka qilish bilan birga olib borilmaydi. Ikkala taraf (jo‘na- tuvchi va qabul qiluvchi) bir tomonlama shifrlash muolajasidan foydalanadi.
Shifrlanayotgan ma’lumotMga qo‘llamlgan К parametr-kalitli bir tomonlama xesh-funksiya h-K(.) natijada baytlarning belgilangan katta bo‘lmagani sonidan iborat xesh-qiymat (daydjest) "in" ni beradi (6.4-rasm).
Daydjest "m" qabul qiluvchiga dastlabki xabar M bilan birga uzatiladi. Xabami qabul qiluvchi, daydjest olinishida qanday bir tomonlama xesh-funksiya ishlatilganligini bilgan holda, rasshifrovka qilingan xabar M dan foydalanib, daydjestni qaytadan hisoblaydi. Agar olingan daydjest bilan hisoblangan daydjest nios kelsa, xabar M ning tarkibi hech qanday o‘zgarishga duchor bo‘lmaganini bildiradi.
Daydjestni bilish dastlabki xabami tiklashga imkon bermaydi, ammo ma’lumotlar yaxlitligini tekshirishga imkon beradi. Davd- jestga dastlabki xabar uchun o‘ziga xos nazorat yig‘mdisi sifatida qarash mumkin. Ammo, daydjest va oddiy nazorat yig‘ indisi orasida jiddiy farq ham mavjud. Nazorat yig‘indisidan aloqaning ishonchsiz liniyasi bo‘yicha uzatiladigan xabarlarning yaxlitligini tekshirish vositasi sifatida foydalaniladi. Tekshirishning bu vositasi niyati buzuq odamlar bilan kurashishga mo‘ljallanmagan. C'hunki, bu holda nazorat yig'indisining yangi qiymatini qo'shib, xabarni almash- tirib qo‘yishga ularga hech kim xalaqit bermaydi. Qabul qiluvchi bunda hech narsani sezmaydi.
Daydjestni hisoblashda, oddiy nazorat yig‘indisidan farqli ravishda, maxfiy kalitlar ishlatiladi. Agar daydjest olinishida faqat jo‘natuvchi va qabul qiluvchiga ma’lum bo‘lgan parametr-kalitli bir tomonlama xesh-funksiya ishlatilsa, dastlabki xabaming har qanday modifikatsiyasi darhol ma’lum bo'ladi.
rasm. Ma’lumotlar yaxlitligini tekshirishda bir tomonlama
xesh-funksiyaning ishlatilishi (I-variant).
Daydjestni hisoblashda, oddiy nazorat yig‘indisidan farqli ravishda, maxfiy kalitlar ishlatiladi. Agar daydjest olinishida faqat jo‘natuvchi va qabul qiluvchiga ma’lum bo‘lgan parametr-kalitli bir tomonlama xesh-funksiya ishlatilsa, dastlabki xabarning har qanday modifikatsiyasi darhol ma’lum bo‘ladi.
Jo'natuvchi
ч ✓
Qabul qiluvchi
rasmda ma’lumotlar yaxlitligini tekshirishda bir tomonlama xesh-funksiya ishlatilishining boshqa varianti keltirilgan.
rasm. Ma’lumotlar yaxlitligini tekshirishda bir tomonlama
xesh-funksiyaning ishlatilishi (II-variant).
Bu holda bir tomonlama xesh-funksiya h() parametr-kalitga ega emas, ammo u maxfiy kalit bilan to‘ldirilgan xabarga qo‘lla-
i6i
niladi, ya’ni jo’natuvchi daydjest m=h(M, K)ni hisoblaydi. Qabul qiluvchi dastlabki xabami chiqarib olib, uni o‘sha ma lum maxfiy kalit bilan to‘ldiradi. So‘ngra olingan ma’lumotlarga bir tomonlama xesh-funksiya h(.)ni qo‘llaydi. Hisoblash natijasi - daydjest "m" tarmoq orqali olingan daydjest "m" bilan taqqoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |