124
xususiyatlari asosida axborotni bekitish uchun ishlatiladi. Bunday xususiyatlarga misol tariqasida gabarit o‘lchamlarmi, konteyner ran- gini yoki ma’lum ta’sir natijasida o‘raatilgan axborotning namoyon bo'lish qobiliyatini ko‘rsatish mumkin.
Bunday steganografik usullarning tadqiqi va yaratilishi axborotning turli moddiy eltuvchilari xususiyatlarini va axborotni o‘ma- tishning norasmiy usullarini o‘rganish bilan bog‘liq.
Moddiy steganografik usullarga ko'rinmaydigan siyohlar, mik- ronuqtalar va h. taalluqli. Hozirda audiotexnika, videotexnika va hi- soblash texnikasi axborotni eltuvchi standart vositalar hisoblanadi.
Axborot steganografik usullar ma’lumotlarni konteynerning axborot bilan to‘ldirilishi xususiyati asosida bekitish uchun ishlatiladi. Ushbu usullar lingvistik va raqamlilarga ajratiladi.
Lingxnstik steganografik usullarda til yoki harflami, raqamlami o‘z ichiga olmaydigan (rasmlar, obyektlarning o‘zaro joylashishi va h.) boshqa muhit ortiqchaligi ishlatiladi. Ushbu sinfga maxfiy xabarni bekitish uchun zarur matnni generatsiyalash usulini hamda sahifadagi qator holatini yoki gapdagi so‘z holatini o‘zgarishiga va h. asoslanuvchi usullami kiritish mumkin.
Raqamli steganograjik usullar bir tomondan absolyut aniqlikka muhtoj bo'lmagan fayllarning vazifasini yo‘qotmagan holda shak- lini bir muncha o'zgartirish mumkinligiga, ikkinchi tomondan bunday fayllardagi bir muncha o‘zgarishlami farqlovchi maxsus asbob- larni yo‘qligiga yoki inson sezgi organlarining qobiliyatsizligiga asoslangan.
Raqamli steganografik usullar quyidagi turlarni o‘z ichiga oladi:
Konteynerni tanlash usuli bo‘yicha.
Axborotdan foydalanish usuli bo'yicha.
Konteynerni tashkil etish usuli bo'yicha.
Xabarni qayta tiklash usuli bo'yicha.
Konteynerni ishlash usuli bo'yicha.
Vazifasi bo‘yicha.
Konteyner turiga ko‘ra.
Konteynerga axborotni o‘matish usuli bo'yicha.
Raqamli steganografik usullarga misol tariqasida LSB-usulni (Least Significant Bits - eng kichik qiymatli bit) ko'rsatish mumkin.
125
Ushbu usuiga binoan fayl-konteynerdagi ma’lumotlar baytining bir necha kichik bitlari bekitiluvchi xabar bitlari bilan almashtiriladi. Ushbu usul amalga oshirilishining soddaligi, demak, ushbu usuiga asoslangan dasturiy mahsulotning tezkorligi hamda yaratilgan steganokanalning yuqori o‘tkazish qobiliyati bilan bog’liq qator afzalliklarga ega. Ammo ushbu usuldan yuqori steganobardoshlik talab qilinmaydigan masalalami yechishda foydalanish mumkin. Chunki LSB - usul niyati buzuqning aktiv hujumlariga bardosh bera olmaydi.
Xabami fayl - konteyneming speklral sohasida bekituvchi usullar steganobardosh usullar hisoblanadi. Raqamli steganografiya- ning spektral usullari xilma-xil, ba’zilari esa LSB-usul bilan kom- binatsiyalab ishlatiladi.
Fayl - konteynerdagi ma’lumotlarni chastotali ifodalashda kosinusni diskret o’zgartirish, Fureni diskret o‘zgartirish, veyvlet- o‘zgartirish, Karunen-Loev, Adamar va Xaar o’zgartirishlar kabi diskret ortogonal o‘zgartirishlardan foydalaniladi.
Steganografik tizimlarda cixhorotni himoyalash prinsiplari. Steganografik tizimlarni buzuvchi passiv, aktiv va badniyatli bo‘li- shi mumkin (5.25-rasm).
!
Passiv a
stcganokanalni aiuqla> di
ma’lumotlami o'qiydi
qalbaki steganogrammalami varatadi
Aktiv
- bekitilgan ma’lumotlami bu/adi
rasm. Steganografik tizimlarni buzuvchilar turi.
Passiv buzuvchi faqat stegokanal mavjudligi faktini aniqlashi va o‘rnatilgan ma’lumotlami o'qishi mumkin. Aktiv buzuvchi nafaqat. bekitilgan ma’lumotlami aniqlashi va o’qishi, balki ularni to’laligicha yoki qisman buzishi mumkin. Badniyatli buzuvchi eng
xavfli hisoblanadi, chunki u nafaqat steganogrammani buzadi, balki qalbaki steganogrammani yaratadi.
Buzuvchi (tahlilchi) n yoki bu tahdidni amalga oshirish uchun quyidagi hujumlardan foydalanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |