Asimmetrik algoritmlarga asoslangan qat’iy autentifi- katsiyalash.
Qat’iy autentifikatsiyalash protokollarida ochiq kalitli asimmetrik algoritmlardan foydalanish mumkin. Bu holda isbotlovchi maxfiy kalitni bilishni quyidagi usullarning biri yordamida namo- yish etishi mumkin:
ochiq kalitda shifrlangan so‘rovni rasshifrovka qilish;
so‘rov so‘zining raqamli imzosini qo’yish.
Autentifikatsiyaga zarur bo‘lgan kalitlarning jufti, xavfsizlik
mulohazasiga ko‘ra, boshqa maqsadlarga (masalan, shifrlashda) ishlatilmasligi shart. Ochiq kalitli tanlangan tizim shifrlangan matn- ni tanlash bilan hujumlarga, hatto buzg‘unchi o'zini tekshiruvchi deb ko‘rsatib, uning nomidan harakat qilganida ham, bardosh berishi lozimligi haqida foydalanuvchilami ogohlantirishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |