136
Keramzit shag‘alini boyitish, bu uni donalari zichligi bo‘yicha sinflargsha
ajratishdir. Nisbatan engil keramzit donalari bu yaxshi ko‘pchigan donalar bo‘lib,
nisbatan og‘ir keramzit donalari bu kam ko‘pchigan
va yuqori mustahkamlikdagi
donalar xisoblanadi. Keramzit shag‘alini sinflarga ajratish qaynovchi qatlam
texnologiyasi asosida bajariladi. Qaynovchi qatlam texnologiyasida talab etilgan
zichlikdagi havoni pastdan yuqoriga qarab mayda donadorli material qatlamidan
o‘tkaziladi.
Qaynovchi qatlam yoki cho‘ktiruvchi – ajratuvchi
muhitning zichligi
boyitilayotgan keramzit donasi zichligiga bog‘liq holda tanlanadi. Masalan, agar
keramzit donasining zichligi 0,5-0,7 g/sm
3
bo‘lsa, u holda zichligi 0,6 g/sm
3
bo‘lgan muhitda zichligi 0,5-0,6 g/sm
3
bo‘lgan keramzit donalari oqadi, katta
zichlikka egalari esa cho‘kadi. Natijada keramzit ikkita nisbatan birjinsli sinfga
ajraladi.
Zichligi 0,6 g/sm
3
bo‘lgan qaynovchi qavatda og‘irlashtirgich
sifatida
tuyilgan keramzit fraksiyasi 0,315-0,63 mm dan olish mumkin. Xuddi shunday
fraksiyali tuyilgan g‘isht qavat zichligi -0,8 g/sm
3
ni beradi, fraksiyasi 0,14-0,315
mm li kvars qumi-1,2 g/sm
3
qavatni beradi.
Keramzit shag‘alini qaynovchi qavatda og‘irlashtirgich qo‘llamasdan ham
navlarga ajratish mumkin. Bu holatda og‘irlashtirgich vazifasini keramzit shag‘ali
bajaradi.
U uzluksiz separatorning klassifikatsiyalovchi kamerasiga tushadi va bunda
ostki panjaradan ventilyator yordamida havo uzatiladi (rasm 5.12). Havonining
ma’lum tezlikda uzatilishi natijasida keramzit shag‘ali navlarga ajratiladi: nisbatan
og‘ir donalar pastga cho‘kadi, engillari esa yuqori qavatni egallaydi.
Keramzit shag‘ali va boshqa g‘ovak to‘ldiruvchilarni boyitish faqat quruq
sharoitda bajarilishi kerak deb hisoblanadi, ya’ni ularni namlash mumkin emas va
KMK da keramzit shag‘alining namligi 2% dan oshmasligi lozim. Biroq keramzit
shag‘alini qo‘llashda uni suvda namlashni texnologiya talab etadi.
137
Ayniqsa
engil
betonlar
ishlab
chiqarish
texnologiyasida
g‘ovak
to‘ldiruvchilarni
namlash tavsiya qilinadi, bunda ularning beton qorishmasida
suvni shimib olishi kamayadi.
SHu sababli keramzit graviysini navlarga ajratishni suvda amalga oshirishni
tadqiqotchilar tavsiya etishadi. Bunday separator ikkita transportyor bilan
jihozlangan suvli vannadan iborat va birinchi transportyor vanna tubiga cho‘kgan
donalarni qabul qilsa, ikkinchisi suv yuzidagilarni qabul qiladi. Keramzitning
suvda bo‘lishi 5 sekunddan oshmasligi kerak.
Suv bu keramzit shag‘alining dona zichligi bo‘yicha ikkita sinfga ajratuvchi
mos muhitdir. Bunda quyidagi natijani keltirish mumkin.
Olingan keramzit
shag‘alining uyilma zichligi 435 kg/m
3
. Undan separatsiya davomida uyilma
zichligi 371 kg/m
3
bo‘lgan nisbatan engil donalar (massa bo‘yicha 65% yoki hajm
bo‘yicha 76%) va nisbatan og‘ir donalar -635 kg/m
3
(massa bo‘yicha 35% va hajm
bo‘yicha 24%) olinadi. Betonga ishlatilgan keramzit mustahkamligi -6 MPa, suv
yuzasidagi keramzit mustahkamligi- 6 MPa, suv tubiga cho‘kgani esa – 16 MPa ni
tashkil etdi.
Natijada suv yuzasidagi keramzitdan samarali issiqlikdan himoyalovchi
beton, cho‘lganidan esa sementni tejagan holda konstruksion beton olindi.
SHu sababli, keramzitning bir jinsliligini oshirishning ikkita yo‘li mavjud:
a) ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish, xomashyoni to‘g‘ri
tanlash;
b) olingan tayyor mahsulotni dona zichligi bo‘yicha navlarga ajratish.
Do'stlaringiz bilan baham: