3.2-§. Gaz ballonli uskunalarga texnik xizmat ko'rsatishda mehnat havfsizligi
Gaz ballonli uskunalar o'rnatilagan avtomobillarning Gaz ballonli uskunalar bilan jihozlangan avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatishning o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
– avtomobil yoki uni tashkil etuvchi qismlarga issiqlayin ta'sir etish usullari qo'llanilsa, masalan, payvandlash ishlari bilan bog'liq ochiq olovli ishlar, quritish kameralarida avtomobilni quritish va shu kabilar, quyidagi ishlar bajariladi:
1) gaz ballonidan gazlar chiqarilib yuboriladi;
2) dvigatel va gaz jihozlari qismlarida qogan qoldiq gazlar chiqarib tashlanadi;
3) ballonlar neytral gaz (asosan azot bilan) bilan shamollatiladi;
4) barcha jumraklar yopiladi;
5) ta'mirlash ishlari tugatilgandan so'ng gaz asboblari to'liq tekshirilib chiqiladi.
– avtomobil elektr jihozlarini ta'mirlash va ularga texnik ko'rsatish ishlarini bajarishda quyidagishlar bajariladi:
1) ballondagi barcha jumraklar yopiladi;
2) dvigateldagi qoldiq gazlar chiqariladi;
3) kapot i yuklar solinadigan orqa qism qopqog'i ochilib gaz hidi bo'lmasligiga erishiladi.
Ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish uchun ishlaydigan ishchilar maxsus texnik havfsizligi bilan tanishgandan so'ngina ishlashga ruxsat etiladi.
Gaz ballonli uskunalarga xizmat qilayotganda albatta maxsus e'lon varaqalari tablichkalari osib qo'yiladi. Yondirish tizimi albatta ajratib qo'yilishi kerak. Ta'minlash tizimining qismlari avtomobildan ajratilgan holda maxsus ventilasiya bilan jihozlangan ish o'rinlarida amalga oshiriladi.
Dvigatelni o't oldirishni asosan starterda, faqat ayrim hollardagina yurgizish dastasi yordamida amalga oshirish lozim. Qo'l panjalari shikastlanishining oldini olish maqsadida dastani shunday ushlash lozimki, bunda o'ng qo'lning hamma panjalari dastaning bir tomonida joylashsin. Tirsakli valni aylantirish faqat pastdan yuqoriga tomon amalga oshiriladi, aylana bo'yicha aylantirish esa ta'qiqlanadi.
Gazning sizib chiqishi kuzatilgan holatlarda dvigatelni o't oldirish taqiqlanadi. Ishlayotgan dvigatelda rostlash ishlarini o'tkazish uchun, ishlatilgan gazlarni so'rib oladigan qilib jihozlangan maxsus post ajratilishi lozim. Gaz ballonli avtomobillardagi gaz jihozining uzellarida va quvurlarida bosim ostidagi gaz mavjud bo'lsa, u holda uning detallarini qotirish va boshqa ta'mirlash ishlarini bajarish ham ta'qiqlanadi.
Avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash xonalarida yonilg'idan yoki moylash materiallaridan bo'shagan idishlarni qoldirish ta'qiqlanadi. To'kilgan yonilg'i yoki moyni tezlik bilan qum yoki to'pondan foydalanib tozalash lozim. Ish tugagandan so'ng ishlatilgan artish materiallarini yig'ib maxsus idishga solish kerak. Avtomobildan echib olingan ta'minlash tizimi uskunalariga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash ishlari sexda (ustaxonada) bajariladi. Ta'minlash tizimi detallari yuviladigan vannada, asboblarni qismlarga ajratish-yig'ish, rostlash va tekshirishga mo'ljallangan verstaklarda hamda charxlash dastgohida shamollatish-so'rg'ichlari bo'lishi lozim.
Detallarni kavsharlash va qalaylashdan avvalgi tozalash ishlarini mahalliy shamollatgichlarga ega bo'lgan ishchi o'rinlarida bajarish lozim. Yonilg'i baklarini va yonuvchi suyuqliklardan bo'shagan idishlarni ta'mirlashdan avval issiq suv bilan yuvish, issiq bug' bilan bug'lash va kaustik sodada yuvish hamda issiq havo bilan quritish lozim. Kavsharlash va payvandlash ishlarini tiqinlar ochilgan holatda bajarish kerak. Alangalanish o't o'chirgich, qum yoki to'zitilgan suv oqimida o'chiriladi. Gazli ballonlardagi bosim oshib ketmasligi uchun ular ustidan sovuq suv quyib turiladi.
Tizimda hosil bo'lgan gidratlarni ketgazish uchun issiq suvdan yoki suv bo'g'idan foydalanish mumkin. Ochiq alangalanadigan usullardan foydalanish qatiyan man qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |