10-vaziyat. Biz ko’pincha onalarning o’z bolalari bilan muloqotda ularning imkoniyatlarini turlicha baholashlarining guvohi bo’lamiz. Ba’zi onalar: “Sen men qilolmagan ishlarni bajara olasan! Sen to’g’ri aytayapsan, barakalla!” kabi jumlalardan foydalanadilar.
Boshqa onalar esa: “Sen hali yoshsan, kattalar aytganlariga quloq sol! Sen nimani ham bilar eding, o’rganib olgandan keyin tushunasan!” kabi jumlalardan foydalanadilar.
Keysga savol- vazifa:
Turli onalarning o’z bolalari bilan muloqotidagi tubdan farq nimada?
Yechim. Bir xil onalar bolalarida o’ziga ishonchni shakllantiradilar (“Agar onam meni maqtasa, demak, men nimagadir qodirman!”). Ular bolaning kamol topishiga imkoniyat beradilar, unda hayotiy faollikni yaratadilar va to’g’ri shakllanishiga yordam beradilar.
Boshqa onalar, aksincha, bolada o’ziga ishonmaslikni shakllantiradilar, unda xavotirlanish hissini paydo qiladilar, faolligini pasaytiradilar, kelajakka ishonchsizlik tug’diradilar (“Agar onam meni urishsa, demak, men hech nimaga qodir emasman, men
yomonman!”)8.
8 A.A.Abduqodirov «Pedagogika» va «Psixologiya» fanlaridan keyslar va ulardan foydalanish uslubiyoti .-T.: «Fan va texnologiyalar», 2015. 43-bet
XOTIMA
Hozirgi kunda bilimlar juda ko’p bo`lib, ularni egallash uslublari ham zamon va makon talablari asosida tubdan o’zgarmoqda, ular nafaqat zamonaviy zarur bilimlar yig’indisida, balki yangi bilimlarni o’rganish uslublarida ham katta o’zgarishlar ro’y bermoqda. respublikamizda ta’lim tizimining modernizatsiyasi amalga oshirilayotgan ayni paytda yangi mazmun, yondashuv, pedagogik mentalitet taklif etilmoqda.
Bunday sharoitlarda fan o’qituvchilari zamonaviy innovatsion texnologiyalar, g’oyalar, yo’nalishlarning keng qamrovida harakatlanishlariga to’g’ri keladi. Ma’lum narsalarni ochish emas, balki respublikamizda mavjud, qolaversa, xalqaro ijobiy pedagogik tajribalardan foydalanishlari zarur. Bugungi ta’lim texnologiyalarini o’rganmay turib, pedagogik savodli mutaxassis bo’lishi mumkin emas. Zero, “Har bir avlod oldida insoniyat yaratgan jamiki boyliklarni, bilimlarni o’rganish, o’zlashtirish va rivojlantirish vazifasi turadi. Hayot taraqqiyoti va jamiyat rivojini shusiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu vazifani amalga oshirishning birdan bir yo’li ta`lim tizimini tinmay takomillashtirib borish orqali yosh avlodni barkamol, komil inson qilib tarbiyalash”9 ekanligi doimo pedagoglarning e`tiboridadir. Demak, bugungi ta`lim oluvchi kelajakdagi savodli mutaxassis bo’lishi uchun bizning bosh maqsadimiz ham ma`nan barkamol, mustaqil fikrli shaxs tarbiyalashni izchil amalga oshirish shartdir. Bu borada ta`lim sohasida olib boriladigan ishlar katta ahamiyat kasb etadi. Toki hayot davom etar ekan, ta`lim ham, tarbiya ham zamon o’rtaga qo’yayotgan yangi-yangi talablarga ko’ra muttasil ravishda o’zgarib-yangilanib boraveradi. Biz ham “Pedagogik texnologiya” o`quv qo`llanmasini yaratish drqli ta`lim sohadagi dastlabki qadamlarimizni to’g’ri qo’ydik, deb o`ylaymiz. Mazkur o`quv qo`llanma ustozlarningilg`or tajribalari, fikr-mulohazalari, yaratgan asarlari, turli manbalar asosida etildi. “Pedagogik texnologiya” o`quv qo`llanmasi ilk bor
chop etilayotganligi bois kamchilik va nuqsonlardan holi bo`lmasligi tabiiy, shu
9Komilov N. Komil inson – millat kelajagi. – Toshkent: O’zbekiston, 2001.
sababli ustozlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar uchun biz mualliflar minnatdorchilik bildiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |