Tasavvur hayoli - bir narsa xaqidagi ma’lumotga asoslanib (yoki chizma
surat va tarhiga suyanib) uning muvofiq bo`lgan obrazini tasavvurga keltiruvchi
hayolni aytamiz. O`quvchi fizika yoki ximiya darsligida bayon qilingan biron
tajribani o`qiganda, unda bayon qilingan asboblarning turgan joyini, qilinadigan
ishlari va bu ishlarning natijasi va hakozolarni mumkin qadar aniq va ravshan
tasavvur qilmog`i lozim. O`quvchining ana shu ishi tasavvur hayolning ishidir. Bir
mashinaning quruq chertyojini ko`rganda, bu mashinaning har bir bo`lak va
qismining turgan joyini va bir-biriga qanday aloqasi borligini aniq va ravshan
tasavvur qilishi lozim bo`ladi. Bu ham tasavvur hayoliga misol bo`la oladi, ya’ni
uning “texnik hayoli” deyilgan alohida bir turidir. Har bir injener, texnik va usta
ishchining hunaridan kerak bo`lgan bu texnika hayoli, mashinaning chizmasiga
qarab, ko`rsatilgan mashinani, apparatni uning turli qisimlarini hayolida aniq
“ko`rish” qobiliyatini talab qiladi.
Tasavvur hayoli kishi psixikasining o`sishi uchun ham muhimdir. Tasavvur
hayoli kishiga boshqalarning hikoyasiga va bayoniga suyanib o`zi aslo ko`rmagan
va ko`rishga imkoni bo`lmagan narsalarni tasavvurda ko`rishga imkon beradi va bu
bilan kishiga faqat o`z turmushida ko`rgan narsalari doirasida chegaralanib
qolmasdan, bu doiradan tashqari ham chiqish imkonini beradi va uning bilimlarini
jonli qilib, konkretlashtiradi va oshiradi.
Tasavvur – ilgari idrok etilgan, ammo ayni vaqtda bevosita idrok etilayotgan
narsa va hodisalarning inson miyasida qayta ishlanib, tiklangan hissiy obraziga
aytiladi. Tasavvur shaxsning ma’lum bir munosabatlarga kirishayotganida,
ta’sirlanish jarayonida undagi bahzi bir hislatlarni xotiraga tushirishda muhim rolg’
o`ynaydi. So`zda ifodalanayotgan axborotga tasavvurni qo`shib eslab qolish ancha
oson chunki, tasavvurda obrazlarni gavdalantirish orqali ancha oson eslab qolish
mumkin. Tasavvur, tafakkur, xotira, tushuncha, idrok kabi murakkab bilish
jarayonlari sezgi jarayonlariga asoslangan. Inson idroki turli nuqtai nazarlar
asosida, masofadan, vaziyatdan, holatning yoritilish darajasi sharoitida obyektdan
olinadigan taassurotlarga oid ma’lumotlarni analiz va sintez qiladi.
Idrok va tasavvurlarda aks etadigan narsa va hodisalar tafakkurda
taqqoslanadi, tahlil qilinadi va umumlashtiriladi. Tafakkur voqelikning
umumlashtirilgan to`liq hamda eng aniq ifodasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |