ma’noli, kerak bo’lsa, ma’nili bo’lishini hoxlaymiz. Shunisi xarakterliki, ana
shunday narsa va xodisalarga biz tomondan beriladigan ma’no har bir alohida
shaxs tomonidan turlicha aks ettiriladi.
Xotira haqida tushuncha. Xotira turlari va ularning xususiyatlari.
Xotira
- atrof-muhitdagi voqelikni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va
ixtiyorsiz ravishda, passiv va aktiv xolda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal
va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo’l bilan aks ettiruvchi esda olib
qolish, esda saqlash, qaytadan esga tushirish, unutish hamda tanish, eslashdan
iborat psixik jarayon alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa,
barcha taassurotlarni ijodiy qayta ishlashga yo’naltirilgan mnemik
(yunon.
«mnema» - xotira)
faoliyat, psixikaning «tanasi» sifatida namoyon bo’ladi.
Xotira shaxs psixik faoliyatining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib
hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, xotiraning bosh roli o’tmishda yuz
bergan narsa va hodisalarni aks ettirish bilan cheklanib qolmasdan, balki ham
hozirgi, ham kelgusida amalga oshirish rejalashtirilgan voqelikning ruyobga
chiqishini ta’minlaydi.
Inson ko’rgan, his qilgan va eshitgan narsalarining juda oz miqdorinigina
eslab qola oladi. Ma’lum bo’lishicha, bir vaqtning o’zida odam ongida 7 tadan
ortiq belgiga ega bo’lgan ma’lumotning qolishi qiyin ekan. Bu ettita so’z, son,
belgi, narsaning shakli bo’lishi mumkin. Agar telefon raqamlari 8 ta belgili
bo’lganda, uni yodda saqlash ancha qiyin bo’lardi. Demak, ongning tanlovchanligi
va ma’lumotlarni saralab, terib ishlatish yana bir psixik jarayonni - xotirani
bilishimiz lozimligini bildiradi.
Inson xotirasining mukammal bo’lishi, ya’ni his-kechinmalarimiz, ko’rgan-
kechirganlarimizning mazmuni to’laroq miyamizda saqlanishi quyidagi omillarga
bog’liq:
- esda saqlab qolish bilan bog’liq harakatlarning yakunlanganlik darajasiga;
-
shaxsning o’zi shug’ullanayotgan ishga nechog’lik qiziqish
bildirayotganligi va
shu ishga moyilligiga;
- shaxsning bevosita faoliyat mazmuni va ahamiyatiga munosabatining
qandayligiga;
- shaxsning ayni paytdagi kayfiyatiga;
- irodaviy kuchi va intilishlariga.
Psixologik ilmiy adabiyotlarda keltirilishicha, xotira - barcha ruhiy
jarayonlarning eng muhim tasnifi bo’lishi bilan bir qatorda, inson shaxsining
birligi va yaxlitligi, biologik va ijtimoiylik nisbatini ta’minlab turadi. Ularning
o’ziga xos xususiyatlari, xossalari, mexanizmlari to’g’risida muayyan tartibda
ma’lumot berish imkoniyatiga ega.
Esda saqlangan ma’lumotni xotiradan chiqarib olib, qayta tiklash ham
muhim muammo. Chunki ko’pincha biz xotiramizda kechagina o’qigan
ma’lumotning borligini bilamiz-u, lekin kerak bo’lgan vaqtda uni esga tushira
olmaymiz. Ma’lumotni xotiradan chaqirib olish omillariga quyidagilar kiradi:
9-shakl
Do'stlaringiz bilan baham: