NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 1.
Qanday ma’lumotlarni klaviaturadan bittalab kiritmasdan avtomatik usulda
ko‘paytirish mumkin?
2.
Excel muhitida standart ma’lumotlar ketma-ketligini qanday ko‘rish mumkin?
3.
Excel muhitida oldindan mavjud bo‘lgan standart ma’lumotlar ketma-ketligiga
qanday qilib yangi ma’lumotlar ketma-ketligini qo‘shish mumkin?
4.
Biror standart ma’lumotlar ketma-ketligi qanday o‘chiriladi?
5.
Joriy varaqning boshqa hujjatdagi nusxasini hosil qilish yo‘llari qanday?
6.
Standart ma’lumotlar ketma-ketligiga qanday ma’lumotlami kiritib bo'lmaydi?
7.
Автозамена nima uchun kerak?
8.
ABT03aMeHadan foydalanishda yo‘1 qo‘yilishi mumkin bo‘lgan noto‘g‘ri so‘z va
ularning to‘g‘ri variantlarini kompyuter xotirasiga qanday qilib kiritiladi?
9.
Автозамена muloqot darchasini Excelning qaysi menyusidan ochiladi?
10. Автозамена ro‘yxatidagi biror satr qanday o‘chiriladi?
11. Excel da oddiy formulalar qanday yoziladi?
12. Terilayotgan formulangiz tarkibida boshqa bir katakchadagi formuladan
foydalanish uchun qanday ish tutasiz?
13. Funksiya ustasi qanday yuklanadi?
14. Kompyuter xotirasidagi standart funksiyalar qanday izlanadi?
15. Funksiya ustasi nomli muloqot darchasidagi Категория va Выберите функцию
bo‘limlarining vazifalarini tushuntiring.
16. Agar funksiya argumentlari ikki yoki undan ortiq bo‘lsa, ular qanday yoziladi?
17. Funksiya ustasi foydalanuvchi uchun qanday qulayliklar yaratadi?
18. Avtosummadan qanday maqsadda foydalaniladi?
19. Avtosumma qanday qilib ishga tushiriladi?
20. Avtosummadan foydalanmasdan hujjatning biror qismidagi sonlar yig‘indisini
hisoblash mumkinmi?
21. Faqat bitta satrdagi sonlar yig'indisini hisoblash uchun nima qilish kerak?
22. = SUMMA (A4; F4) formulaga mos oddiy formulani yozing.
23. Agar satr yoki ustunni to‘liq belgilab avtosumma ishga tushirilsa, natija qaysi
katakchaga yoziladi?
24. Hujjat bo‘laklari nima maqsadda nomlab qo‘yiladi?
25. Nomlar maydonchasi Excel jadvalining qayerida joylashgan?
26. Joriy hujjatning qaysi bo‘laklari nomlanganligi qanday aniqlanadi?
27. Hujjatning biror nomlangan bo‘lagi qanday qilib darchaga chaqiriladi?
28. Hujjat bo‘lagiga nom berish algoritmini bayon qiling.
29. Hujjat bo‘lagi nomida nechtagacha va qanday belgilardan foydalanish mumkin?
30. Hujjat bo‘laklari nomlari nomlar maydonchasiga qanday joylashadi?
31. Hujjat boMagining nomi qanday o‘zgartiriladi?
86
32. Nomlar yaratish muloqot darchasi nima uchun mo'ljallangan va qanday
yuklanadi?
33. Necha xil murojaatlar mavjud?
34. Nisbiy murojaat deyilganda qanday murojaat tushuniladi?
3 5. Aralash murojaat deyilganda qanday murojaat tushuniladi?
36. Absolut murojaat deyilganda qanday murojaat tushuniladi?
37. Siklik murojaat deyilganda qanday murojaat tushuniladi?
38. Absolut va aralash murojaatlarda qanday qilib satr yoki ustun belgilari yoki har
ikkalasi ham qotirib qo'yiladi?