4.2. Правка menyusi
Отменить (Bekor qilish) bandidan foydalanib, oxirgi bajarilgan amal bekor qilinadi.
Ushbu bandda bekor qilinayotgan amal nomi ham yozilgan bo'ladi. Masalan, H3
katakchasiga 5 soni kiritilgan bo'lsa, Отменить ввод ‘5’ в Ш (НЗ ga ’5’ ni kiritishni
bekor qilish) kabi yozuv yoki hujjatingizning biror qismidagi ma’lumotlarni o'chirib
yuborgan bo'lsangiz, Отменить очистку yozuvi chiqadi.
Вернуть (Qaytish) bandi yordamida Отменить (bekor qilish) bandi orqali bajarilgan
amallarni bekor qilasiz.
Вырезать (Qirqish) bandidan foydalanib, hujjatingizning belgilangan qismidagi
ma’lumotlarni qirqib olasiz. Hujjatingizning biror qismi qirqib olinganda yoki undan nusxa
olinganda o'sha qism kompyuteringizning bufer deb nomlanuvchi vaqtinchalik xotirasida
saqlab turiladi. Qirqib olingan ma’lumotlar joyida qolmaydi.
Копировать (Nusxa olish) bandi hujjatingizning belgilangan qismidagi ma’lumotlardan
nusxa olishga mo'ljallangan. Demak, o'sha ma’lumotlar buferga olinib, o'z joyida ham
qoladi.
Буфер обмена Office... bandi yordamida bufergaolinganbarchama’lumotlarro'yxatini
ko'rib olasiz. Undan qaysi birini chertsangiz, o'sha ma’lumotlar majmuasi hujjatingizdagi
joriy katakchadan boshlab o'matiladi.
Вставить (O'rnatish) bandi chertilganda, oxirgi marta qirqib yoki nusxa olingan
ma’lumotlar hujjatning joriy katakchasidan boshlab o'matiladi. Ammo oldingi buferga
olingan ma’lumotlami hujjatingizning biror joyiga o'matmoqchi bo'lsangiz, uni Буфер
обмена Office ... bandi tanlanganda ochiladigan Буфер обмена (Almashtirish buferi)
nomli muloqot darchasidan o'matasiz. Faraz qilaylik, hujjatingizni yaratishda beshta
ma’lumotlar majmuasidan ko'p marta foydalanishingiz oldindan ma’lum. Bunday holda
ularning har birini alohida-alohida cho'ntakka olib, kerak bo'lganda Буфер обмена nomli
muloqot darchasidan hujjatingizga o'matib ketaverasiz.
Специальная вставка... (Maxsus o'rnatish...) bandidan foydalanilganda, Вставка
bandidan foydalanilgandagiga qaraganda birmuncha murakkabroq amallarni ham bajarish
mumkin. Masalan, hujjatingizning biror katakchasidagi ma’lumotlardan nusxa olingan
bo'lsa, uning faqat formulasini, qiymatini, formatini, izohini o'rnatish kabi bir qator
amallarni bajarishingiz mumkin. Hatto, o'matilayotgan katakchadagi ma’lumotlar bilan
nusxa olinayotgan yoki ko'chirilayotgan ma’lumotlar o'rtasida arifmetik amallarni ham
bajara olasiz. Bu amallarni bajarish uchun ushbu band tanlanganda ochiladigan Специ
альная вставка nomli muloqot darchasidan foydalaning.
Do'stlaringiz bilan baham: |