TOPSHIRIQLAR
1.
Hujjatingizning N15 katakchasiga ma’lumot kiritib, uni saqlamasdan o'chirib
yuboring.
2.
Hujjatingizning bir nechta katakchasiga ma’lumotlar kiritib, ularni saqlab qo'ying
va ularning ixtiyoriy biridan ma’lumotlami yoki bir nechta katakchalardagi ma’lumotlami
bir vaqtda o'chirib yuboring.
3.
Hujjatingizning katakchasiga har xil ma’ lumotlar kiritib, ularning Excel tomonidan
qachon son sifatida, qachon matn sifatida e’tirof etilishini tahlil qiling.
4.
Katakchada bevosita tuzatish ishlarini olib borish mumkin bo'lmagan muhitni
joriy qiling.
5.
Faraz qilaylik, siz biror katakchadagi yoki hujjatingizning biror qismidagi
ma’lumotlami o'chirib yubordingiz. Ushbu ma’lumotlami joyiga qaytaring.
6.
Hujjatingizning T314 katakchasini joriy qiling.
7.
Katakchaga ma’lumotlar kiritishning barcha usullarini bayon qiling.
8.
Formulalar satrining chap qismidagi ma’lumotlami katakchaga kiritishni
boshqarishga mo'ljallangan uchta tugmachalar vazifasini tushuntiring.
9.
Ma’lumotlami katakchaga saqlab qo'yishning barcha usullarini bayon qiling.
10. Katakchaga kiritilgan ma’lumotlami tuzatishning barcha usullarini sinab ko'ring.
11. Elektron jadvalning oddiy jadvaldan sizga ma’lum bo'lgan ustunlik tomonlarini
bayon qiling.
12. Excelda oddiy formulani yozish qoidalarini bayon qiling.
13. Yangi hujjat yaratib, uni biror papkaga o'zingizga ma’qul bo'lgan nom bilan saqlab
qo'ying.
14. Kompyuter xotirasiga saqlab qo'yilgan bir nechta hujjatlaming nomlarini o'zgarti-
rib ko'ring (har ikkala usulda).
15. Yangi hujjat yaratib, uni Excel hujjati sifatida saqlab qo'ying.
16. Hujjatingizdagi varaqlar sonini ko'paytirib, ulami tartibsiz va tartib bilan
joylashtiring.
17. Hujjatingizdan varaq yorliqlarini olib tashlang va qayta o'mating.
18. Hujjatingizdagi varaqlar yorliqlariga har xil rang bering.
19. Varaq yorliqlari sonini o'ntagacha ko'paytiring, ulami yangi nom bilan nomlang
va bir nechtasini o'chirib yuboring.
20. Hujjatingizning barcha varaq yorliqlarini belgilang.
21. Hujjatingizning bir nechta varaq yorliqlarini tartibsiz holatda belgilang.
22. Hujjatingizning biror varag'idan shu hujjatga va boshqa hujjatga nusxa oling.
23. Shunday amallar ketma-ketligini bajaring-ki. natijada har safar Enter tugmachasi
bosilganda joriy katakchadan chapdagi katakcha joriy bo'lsin.
24. Hujjatingizda bog'langan va bog'lanmagan sohalar hosil qilib, ularning farqini
tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: