Орфография... bandi tanlanganda, shu nomli muloqot darchasi ochiladi. Darchadan
foydalanib, hujjatingizning belgilangan bo'lagidagi yo‘1 qo'yilgan imlo xatolami aniqlaysiz
va topilgan xato so'zlami Excel tomonidan tavsiya etilgan to'g'ri variantlaridan biri bilan
almashtirishingiz ham mumkin. Ba’zan to'g'ri yozilgan so'z ham Excel tomonidan noto'g'ri
deb e’tirof etiladi. Bunda qaysi til joriy til ekanligiga e’tibor berish kerak. Chunki o'zbek
tilida to'g'ri yozilgan so'zlar ham rus yoki ingliz tillarida noto'g'ri hisoblanadi.
Справочные материалы... (Ma’lumotlar...) bandi tanlanganda, shu nomli muloqot
darchasi ochiladi. Uning Искать (Izlash) nomli yo'lakchasiga sizni qiziqtirayotgan so'z,
tushuncha yoki buyruq nomini kiritib, u haqda to'liq ma’lumot olasiz.
Проверка ошибок... (Xatolami tekshirish...) bandidan foydalanib, joriy varaqda yo'l
qo'yilgan xatolar tekshiriladi.
Доступ к книге... (Kitobga ruxsat...) bandidan foydalanib, tarmoqdagi barcha
foydalanuvchilarga joriy hujjatda o'zgartirishlar qilish, qilingan o'zgartirishlami yozib
qo'yish huquqini berish muhitigao'tiladi. Agar hujjatingizning hajmi yetarlicha katta bo'lsa,
uni qayta ishlab chiqish bitta foydalanuvchi uchun ko'p vaqt talab qiladi. Shunday hollarda
bu band yordamida tarmoqdagi bir nechta foydalanuvchilar mehnatidan foydalaniladi.
Защита (Himoya) bandi chertilganda, ostpanel ochiladi. Unda ham bir nechta bandlar
bor. Защитить лист... (Varaqni himoyalash...) bandidan foydalanib, joriy varaqqa, varaq
katakchalaridagi ma’lumotlarga, diagrammalarga, grafik obyektlarga himoya o'matiladi.
Защитить книгу... (Kitobni himoyalash...) bandi yordamida butun hujjatga himoya
o'matiladi. Agar bu band joriy qilingan bo'lsa, hujjatni qayta nomlash, o'chirish, yashirib
qo'yish, ochish, yangi varaqlar qo'shish, hujjat darchasining oMchamlarini o'zgartirish yoki
boshqa joyga siljitish kabi amallarni bajarish taqiqianadi. Agar joriy hujjat himoyalangan
bo'lsa, bu band o'mida Снять защиту книги (Kitob himoyasini olib qo'yish)
yozuvi
paydo bo'ladi. Bu band yordamida hujjatingizga o'matilgan himoyani olib tashlaysiz.
Разрешить изменение диапазонов... (Sohalarda o'zgarishlar qilishga ruxsat
:rish...) bandidan foydalanib, ba’zi foydalanuvchilarga himoyalangan hujjatni parolsiz
ochish va o'zgarishlar qilish huquqi beriladi.
Исправление (Tuzatish) bandi yordamida joriy hujjatda
tarmoqdagi bir nechta
foydalanuvchilar tomonidan qilingan o'zgarishlar belgilanadi. Shuningdek, amalga
oshirilgan o'zgarishlaming ba’zilari yozib qo'yiladi, ba’zilari esa bekor qilinadi.
Макрос bandidan foydalanib,
makroslar ustida ulami yozish, o'chirish, xavfsizligini
ta’minlash kabi bir qator ishlami amalga oshirish mumkin.
Настройка... (Sozlash...) bandi chertilganda, shu nomli muloqot darchasi ochiladi.
Undan uskunalar paneli tugmachalari, menyu buyruqlari
va klaviatura tugmachalari
kombinatsiyalari uchun kerakli muhitlar joriy qilinadi.
Настройки... bandi tanlanganda shu nomli muloqot darchasi ochiladi. Muloqot
darchasidan Excel yuklanganda, avtomatik tarzda yuklanadigan va foydalanish mumkin
bo'lgan dasturlami tanlaysiz.
4.6. Сервис menyusi
5 -
Elektron jadvallar
65
Параметры автозамены... (Avtoalmashtirish parametrlari...) bandi tanlanganda,
Автозамена nomli muloqot darchasi ochiladi. Undan foydalanib, matnni terish jarayonida
avtomatik tarzda almashtirib ketiladigan parametrlar va belgilar ketma-ketligini tayinlash
mumkin.
Параметры... nomli bandidan foydalanib, joriy hujjat darchasi elementlari,
tashqi
ko'rinishi va hujjatni qayta ishlash bilan bog'liq bo'lgan ko'p sonli parametrlami joriy qila
olasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: