5.3. Yangi ish oVinlarini yaratish
Bugungi kunda aholining ish balan bandligini ta’minlovchi asosiy omillardan
biri — yangi ish o‘rinlarini yaratishdir. Yangi ish o'rinlarini yaratmasdan turib
aholini o‘z-o‘zini ish bilan bandligini rag‘batlantirish mumkin emas.
Aholisi ko‘p mamlakat hisoblangan respublikamizda bu borada olib borilayotgan
ishlar va ulaming natijalari haqida batafsilroq fikr yuritaylik.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, “O’zbekiston aholisining soni 2004 yilda 25707,4
ming kishini tashkil etdi. Aholi bandligini ta”minlashda ijobiy o'zgarishlar sodir
bo‘ldi. Iqtisodiyotda band bolganlar soni 322,6 ming kishiga ko'paydi. Moddiy
ishlab chiqarishda ishlovchilar soni 53,8% ni, nomoddiy ishlab chiqrishda
ishlovchilar soni 46,2% ni tashkil etdi”1.
Mehnatga layoqatli aholi taqsimlanishining ham miqdori, ham sifat ko'rinishida
iqtisodiyot sektorlarida birinchi navbatda, yuqori malaka va bilimga ega bo'lgan ishchi
kuchlarini tanlanadi, bu bozor iqtisodiyotining ishchi kuchlariga bo'lgan asosiy
talabidir. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari ma’lum ishchi kuchi soni yoki miqdorini
va ikkinchi tomondan ishchi kuchining bilim, ko'nikma va malakasini talab qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ikkinchi omilning roli ortadi. Mehnatga layoqatli
aholining taqsimlanishi ishchi va mutaxassislaming bilim va malakasi bilan o‘zaro
aloqada bo'ladi.
“ Ishchi kuchiga talab va taklifni hisobga olish va tartiblashtirish asosida mehnat
bozori mehnat resurslarini xo'jalik yuritish sohalari va tarmoqlari hamda mehnatda
bandlik shakllari bo'yicha taqsimlanish vazifasini bajaradi. Shu bilan birga, vaqtincha
ishsiz qolgan mehnatga layoqatli aholiga ijtimoiy madad beradi. Mehnat bozorida
shakllangan ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif natijasida 2004 yilda awalgi yilllarga
nisbatan ishsizlar soni sezilarli ravishda 20 % ga kamaygan”2.
Iqtisodiy o‘sish, muntazam rivojlanishhamda bandlikning kengayishi bir vaqtning
o‘zida amalga oshirilishi zarur. Bu borada respublilcamizda juda ko‘plab amaliy ishlar
qilinmoqda. Yangi ish o‘rinlari yaratish va aholining ish bilan bandligini ta’sinlash,
asosan, xususiy sektor hisobiga amalga oshirilmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
bilan shug’ullanish aholi bandligi va YalM o‘sishining muhim manbaidir. Bugungi
kunda rivojlangan mamlakatlarda aholining ish bilan band qismining 50 % dan
ortig’i (Yaponiyada 80 % ) kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida banddir.
“Yangi ish joylarini tashkil qilishda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo'shma
korxonalaming ham roli kattadir. Istiqlolning dastlabki yillaridanoq, mamlakatimizda
yengil sanoatni, jumladan, paxta tolasini qayta ishlovchi korxonlar tarmog’ini tez
sur”atlar bilan rivojlantirish ustuvor strategik vazifa etib belgilangan. Pirovardida
birgina to‘qimachilik sohasida 2003 yilgacha 11 ta zamonaviy to'qimachilik korxonasi
qurilib ishga tushirilgan bo'lsa, 2003 yilning o‘zida umumiy qiymati 180,6 million
AQSh dollarlik 17 ta yangi qo'shma korxona foydalanishga topshirildi”3.
1 SISM.O’zbekiston iqtisodiyoti. 2004 yil №5.
2 O'sha joyga qaralsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |