S. E. Xolmurotoy, N. T. Shoyusupova


-jadval  Mehnatga  layoqatli yoshdagilar  migratsiyasi  (2003)2



Download 5,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/305
Sana26.01.2022
Hajmi5,92 Mb.
#411997
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   305
Bog'liq
Iqtisodiy sotsiologiya S. E. Xolmuratov 2005

5.1-jadval  Mehnatga  layoqatli yoshdagilar  migratsiyasi  (2003)2
Ko’rsatkichlar
Jami
Nikoh-
dagilar
Umuman
nikohda
bo’lmaganlar
Bevalar
Ajrash-
ganlar
Kirib  kelganlar
Respublika
123885
72189
48030
1706
1960
Shahar
72348
39080
30430
1377
1461
Qishloq
51537
33109
17600
329
499
Chiqib  ketganlar
Respublika
202079
122406
70461
4820
4392
Shahar
121037
71546
41810
4061
3620
Qishloq
81042
50860
28651
759
772
M igratsion  o ’sish
Respublika
-78194
-50217
-22431
-3114
-2432
Shahar
-48689
-32466
-11380
-2684
-2159
Qishloq
-29505
-17751
-11051
-430
-273
1 O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtomoiy muhofaza qilish vazirligi 
ma’lumotlari.
2 Демографический  ежегодник Узбекистана.  Т.:  2004.
75


mumkin,  ya’ni  ushbu  chiqib  ketgan  ishchi  kuchi  respublika  aholisining  sal  kam  1 
%  ni tashkil etadi.
«Shuningdek,  Koreyada ishlayotgan o'zbek ishchilarining ko‘pchilik qismi  1995 
yildan  beri  faoliyat  yuritiib  kelayapti  va  ular  asosan  3  xil  toifali  ishchilardir: 
professional,  sanoatdagi  va  malakasi  past  (oddiy)  ishchilar»1.
Ishchi  kuchi  eksporti  asosan  O’zbekiston  iqtisodiyoti  uchun  shak  shubhasiz 
ijobiy voqeylikni  keltirib  chiqaradi.  Chunki  har bir davlat  qabul  qilib  olayotganda 
ya’ni  ishchi  kuchi  import  qiluvchilar ishchi  kuchining sifatiga  va  bahosiga  e’tibor 
beradi. Bu hislatlar esa xuddi bizning mamlakatimizga mos tushadi. Bunday vaziyatda 
biz  ham  ya’ni eksportchi davlat ham ayrim tomonlarga e’tibor bermog’imiz  kerak 
bo'ladi.  Bu  e’tibor  berishimiz  kerak  bo‘lgan  tomon  emigrantlarimizning  sog’- 
salomatligini  kafolatlash va  ularning  moddiy  manfaatdorligini himoya  qilishdir.
Ko'chib  borganlarning  ba’zi  bir toifasi  yashash joyini  o‘zgartirayotganliklarini 
oson boshdan  kechiradilar,  eng  muhim  masalalami  ham  hal  qila boshlaydilar,  o ‘z 
ahvollarini yanada yaxshilash imkoniga ega boiadilar, boshqa bir toifadagi ko‘chib 
borganlar  uchun  esa  bu  -   ijtimoiy-iqtisodiy  va  hayot-mehnat  doirasidagi  katta 
muammo  sanaladi.
Birinchidan,  moddiy  mablag*  yetishmasligini  qattiq  his  qila  boshlaydilar, 
to‘satdan  yangi-yangi  sarf-xarajatlar  chiqa  boshlaydi.  Ikkinchidan,  avvalgi  oylik 
maoshdagi  ishni topish ham  mushkul yoki avvalgi kasbni,  ishni lavozimni,  vazifani 
ham  topish  mushkul  bo'lib  qoladi.
Markaz  bilan  chekka  o'lkalar  orasidagi  katta  farqning  mavjudligi  sharoitida 
odamlarning  yashash  tarzini  yaxshilash  uchun  intilish juda  tabiiy  holdir,  bu  esa 
to‘g!ridan-to‘g‘ri yoki  qisman  katta  shaharlarga borib joylashishni taqozo etadi.
Bu esa birinchidan, ertami-kechmi iqtisodiy va ijtimoiy hodisa sanalgan m e’yorl 
holatda  boim agan  bandlik  strukturasiga  olib  keladi,  bu  ayniqsa  iqtisodi  yetuk 
bo'lmagan, fan-texnika rivojlanayotgan davlatlarda yaqqol ko‘zga tashlanib qoladi.
Ikkinchidan,  bu  odamlarning sog‘lig‘i  va  ekologiya sohasida  ham tezda bilinib 
qoladi.
Uchinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy rejalaming amalga oshmayotganligi, katta raqobat 
oqibatlarini  kutish  odamlami  jinoyatlarga  to‘la  yashash  tarziga  olib  keladi  yoki 
oldingi  yashash joylariga  qaytib  ketadilar,  bu  esa ular hayotidagi  butun bir davrni 
obyektiv  va  subyektiv  ravishda  o'chirib  tashlaydi.
Ko‘chib  borib  ishga joylashuvchilarinng  kattagina  qismini  o'qiydigan  yoshlar 
tashkil  qiladi,  bu  halol  yoshlami  o‘z  kelajaklarini  rejalashtirish,  yangi  joylarga 
borib  ishlash  ishtiyoqi  zo‘rligidan  dalolat  beradi.
Migratsion holatlami yuzaga kelishida mikroetnik aspektlar mavjud,  ular milliy 
bo'lmagan farqlar, balki an’anaviy, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan,  o‘sha yerlik 
aholini  boshqalardan  farqlab  turuvchi  aspektlardir.  Bu  ajratishlar,  farqlashlar 
natijasida  yangi  ko'chib  borganlar  ijtimoiy  kamsitilishi  mumkin  yoki  bo'lmasa

http: / /  geeklog. Tenaganita. Net /  article.  Foreign Workers in Korean Society. 
Saturday.  March  05.2005.
76


o‘zlarini  shunday his qiiadilar,  ya’ni  ulaming boshlang‘ich  imkoniyatlari  mahalliy 
aholiga nisbatan past boiishi mumkin.
Xaiqaro  Mehnat  Tashkiloti  tomonidan  zamonaviy  mehnat  migratsiyasining  5 
ta asosiy tun ajratib  ko‘rsatiladi:
1.  Shartnoma asosida ishlovchilar, bunda ishlovchilarning kirib kelish muddati 
qabul  qiluvchi  davlat  tomonidan  aniq  ko'rsatadi.  Bu  asosan  mavsumiy  ishlarda 
bo‘lib, bunga hosil yig’ish payti misol bo'ladi.  Bunga odatda malakasiz yoki malakasi 
past bo'lgan  ishchilaming  mehnat  migratsiyasi  misol bo'la oladi.
2.  Malakali  kadrlar migratsiyasi,  bunga  amaliy tajribasi  va  biiimi  shuningdek 
tayyorgarligi yuqori  bo'lgan  xodimlarning  mehnat  migratsiyasi  misol bo‘la  oladi.
3.  Noqonuniy  migrantlar,  bular  xujjatlarni  rasmiylashtirmasdan  chet  elda 
mehnat  faoliyati  bilan  shug’ullanayotganlardir.
4.  Qochoqlar - bular hayoti va faoliyati xavf ostida boiganligi sababli chet elga 
ketib qolgan kishilar.
5.  Ko‘chmanchilar  —  bular  doimiy  yashish  uchun  ko'chib  ketganlar.  Bu 
guruhga  kiruvchi  migrantlar  asosan  sanoati  rivojlangan  mamlakatga  ko'chib 
ketuvchilardir.
Jahon tajribasida  mehnat  migratsiyasining  quyidagi shakllari tasniflanadi.
a)
  yo'nalishi  bo‘yicha:
® rivojlanayotgan  va  sotsialistik  davlatlardan  sanoati  rivojlangan  davlatlarga 
ko‘chish;
•  rivojlangan  mamlakatlar  darajasidagi  migratsiya;
•  rivojlanayotgan  mamlakatlar  o‘rtasidagi  migratsiya;
•  yuqori  m alakali  ishchi  kuchining  sanoati  rivojlangan  m am lakatdan 
rivojlanayotgan  mamlakatga  migratsiyasi.
b)  hudud  bo'yicha:
•  ichki  migratsiya,  bu  —  biror  bir  mamlakat  miqyosida  bo‘lib,  shahar  va 
qishloq o‘rtasidagi, shaharlararo va qishloqlararo mehnat migratsiyalariga bo'linadi. 
Ana  shu  asosda  qishloqdan  shaharga,  shahardan  qisliloqqa,  shahardan  shaharga, 
qishloqdan  qisliloqqa  boradigan  mehnat  migrantlari  oqimi  shakllanadi;
• tashqi  migratsiya  -   bu,  davlat  chegarasini  kesib  o'tish.
Va buning o‘zi ham o‘z nabatda ikkiga bo'linadi:
• qit’alararo migratsiya, ya’ni Osiyo va Amerika va boshqalar;
•  qit’a  ichidagi  migratsiya,  ya’ni  ishchi  kuchining  Osiyo  doirasida,  Yevropa 
doirasida, Amerika doirasida, Afrika doirasida ko'chib yurishi;
c)
  migrantlarning  malakasi  bo'yicha:
yuqori  malakali  ishchi  kuchi  migratsiyasi;
past  malakali  ishchi  kuchi  migratsiyasi;
d)  mehnat  safarining  davomiyligiga  qarab:
• qaytib  kelmaydigan  migratsiya  -   uzoq  muddatga  moijallangan  yoki  abadiy 
bo‘lib,  odatda  bunga  tashqi  migratsiyaning  q it’alararo  qismi  ham da  ichki 
migratsiyaning  qishloqdan  shaharga  ko'chishi  misol  bo'ladi.;
• vaqtincha migratsiya — ishga muayyan muddatga ketishni o‘z ichiga oladi.  Bunga
77


tashqi migratsiyaning  m a’lum  muddatga shartnoma bo‘yicha qaytarib kelish shaiti 
bo'yicha  kelishgan  ko‘chib  ketish  misol bo‘la oladi;
® mavsumiy  migratsiya  —  bu  bir  yil  va  undan  kam  bo‘lgan  holda  biror  bir 
hududdan boshqa  hududga mavsumiy ish bo‘yicha borishini taqozo etadi;
« tebranuvchan  migratsiya  -   ishchi  kuchining  bir  aholi  punktidan  boshqasiga 
rnuntazam ravishda ishga borishini va yana qaytib kelishini o‘z ichiga oladi.  Uning 
muntazamligi mehnat faoliyatining maromiga mos keladi. Tebranuvchan migratsiya 
urbanizatsiya (aholining shaharlarga ketishi) sharoitida rivojlangan. Asosiy yo'nalishlari
-  qishloqdan  shaharga,  shahar  yaqinidan  aglomeratsiya  o‘zagiga.  Tebranuvchan 
migratsiya yirik va o‘rta shaharlarning ta’sir zonasida tarqalgan bo‘lib, u o‘sha erda 
ishchi  kuchini  shakllantirishning  muhim  manbaidir.  Shahar yaqiniga  qatnaydigan 
transportning  rivojlanishi  bilan  bu  xildagi  harakat  ayniqsa  tez  ortib  bormoqda, 
ulaming ko'lami, jadalligi va oqibatlari  doimiy ko'chib borishlar miqdoridan ortib, 
odatiy hoiga aylanib bonnoqda.
e)  qonun  jihatdan:
• qonuniy  migratsiya;
*  noqonuniy  migratsiya.
Boshqa  davlatlardan  migartsiyalami o‘ziga jalb qiladigan xududlar va  davlatlar 
quyidagilar:

Download 5,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish