ovlanadi va bu jihatdan MDH dunyoda birinchi o'rinda turadi. Eng
ko'p ovlanadigan sut emizuvchilarga kemiruvchilar (35 tur), yirtqichlar
(41 tur), juft tuyoqlilar (20 tur), kurakoyoqlilar (13 tur), tovushqonlar
(5 — 8 tur) va hasharotxo'rlar (5 tur) turkumlarining vakillari kiradi.
Eng qimmatbaho mo'yna olish uchun tiyin, tulki, oq tulki (peses),
quyon, sassiqqo'zon, ko'k suvsar, latcha, sobol, norka, qunduz, bobr,
sug'ur, ondarta, yenotsimon it, suvchayqar yenotlar ovlanadi va bu
hayvonar mo'ynachilik sanoatining asosini tashkil qiladi.
MDH da mo'ynachalikdan tashqari tuyoqli sut emizuvchilami tutish
yaxshi rivojlangan. Go'sht, teri va dorivor mahsulotlar olish uchun har
yili 500 — 600 ming bosh atrofida tuyoqli sut emizuvchilar ovlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |