so'rayotganida odamga parazitning sporozoitlarini yuqtiradi. Sporozoitlar
www.ziyouz.com kutubxonasi
eritrositlarga kirib olib, bo'linib ko'paya boshlaydi va juda ko'p merozoitlar
hosil qilganidan so'ng eritrositlarni yemirib, qon zardobiga chiqadi.
Merozoitlar boshqa eritrositlarga kirib oladi va yana ko'payadi. Har doim
eritrositlar yorilib, uning ichidan parazitlar chiqqanida odamda bezgak xuruj
qiladi. Chivin kasal odamni chaqqanida parazitni qayta yuqtiradi. Uning
oshqozonida parazitlar jinsiy hujayralarga aylanadi. Urug'langan tuxum
hujayrasi (zigota) harakatchan bo'ladi. U oshqozon devoriga kirib olib,
jinssiz bo'lina boshlaydi va juda ko'p sporozoitlami hosil qiladi. Bu hujayralar
chivin oshqozon devoridan uning so'lak bezi yo'liga o'tadi. Chivin odamni
Do'stlaringiz bilan baham: |