mayda va rangli tangachalar bilan qoplangan. Og'iz organlari so'ruvchi
spiral xartumdan iborat. Qurtlarida ko'krak oyoqlaridan tashqari 3 — 5
juft soxta qorin oyoqlari ham bo'ladi. Soxta qorin oyoqlari bo'g'imlari
bo'lmasligi bilan haqiqiy ko'krak oyoqlaridan farq qiladi.
Kapalaklarning bosh qismida har xil shakldagi bir juft mo'ylovi va
murakkab ko'zlari bor. Uzun xartumi boshining ostida spiral shaklida
taxlanib turadi.
Kapalaklarning ko'pchilik turlari, ayniqsa, tropik mamlakatlardagi
kapalaklar juda chiroyli bo'ladi. Qanotlarining rangi tangachalardagi
pigmentlar bilan bog'liq bo'ladi.
Voyaga yetgan kapalaklarning ko'pchiligi gullar sharbati bilan
oziqlanadi. Ayrim turlari o'simliklar tanasi ajratadigan shira bilan ham
oziqlanadi. Gulga qo'ngan kapalak xartumini yoyib, gulning ichiga
Do'stlaringiz bilan baham: |