bitta hujayrasidan farq qiladi.
Bir hujayralilar sitoplazmasi ikki qavatdan iborat. Sitoplazmaning
tashqi tiniq qavati ektoplazma, ichki donador qavati endoplazma deb
ataladi. Hamma hujayra organoidlari ana shu endoplazmada joylashgan.
Bir hujayrali hayvonlar hamma tirik organizmlar kabi erkin harakatlanish,
ta'sirlanish, oziqlanish va ko'payish xususiyatiga ega. Bir hujayralilarga
40 m ingga yaqin tur kirib, ular sarkomastigoforalar, sporalilar,
infuzoriyalar va boshqa tiplarga bo'linadi.
Sarkomastigophoralar tipiga mansub hayvonlar soxta oyoqlar yoki
xivchinlar yordamida harakatlanadi. Ular dengizlarda va chuchuk suv
havzalarida, tuproqlarda hayot kechiradi. Shuningdek, ular orasida turli
hayvonlar va odam organizmida parazitlik qilib og'ir kasalliklami keltirib
Do'stlaringiz bilan baham: |