8. MOLLUSKALAR (MOLLUSCA) TIPI
M olluskalar tanasi bosh, tana, oyoq qismlardan iborat bo'lib,
b o'g'im larga bo'linm agan. Tanasi ko'p in ch a teri burm asi ajratib
chiqargan ohakli chig'anoq ichiga joylashgan. Chig'anoqlarining shakli
bir butun, ikki pallali yoki bir nechta plastinkadan tuzilgan bo'ladi.
Erkin suzib yuruvchi va ayrim quruqlikda yashovchi m olluskalarning
chig'anog'i bo'lm aydi. Chig'anoqlar ustki muguz, o'rta ohak, ichki
yaltiroq sadaf qavatidan iborat. Ba'zi bir ikki pallali m olluskalarning
mantiya epiteliysi ajratgan sadaf qavatida dur (marvarid) hosil bo'ladi.
Mantiya, ya'ni teri burmasi tanasini tashqi tom ondan o'rab turadi.
Mantiya bilan tanasi oralig'ida mantiya bo'shlig'i hosil bo'ladi. M antiya
Do'stlaringiz bilan baham: |