Ik ki ju ft o y o q lila r (D ip lo p o d a )
tana segmentlari juft—juft bo'lib
qo'shilgan. Boshida bir juft kalta mo'ylovlari, 2 juft jag'lari va ko'zlari
bo'ladi. Boshdan keyingi tana bo'g'imida oyoqlar bo'lmaydi, oxirgi
1 — 3 bo'g'imlarida bir juftdan, qolgan bo'g'imlarida 2 juftdan oyoqlari
bor. Ko'pchiligi chiriyotgan o'simlik qoldiqlari, ayrim turlari o'simlik
to'qimalari bilan oziqlanadi. Ularning dushmandan himoya qiluvchi
zahar bezlari bo'lib, 3000 ga yaqin turi ma'lum. Ulardan har xil kivsyaklar
keng tarqalgan. Kivsyaklar tuproqda katta ahamiyatga ega. Ayrim
yillarda juda tez ko'payadi.
L ab o y o q lila r (C h ilo p o d a )
ancha yirik, tunda o'lja qidiradi. Tanasi
yassi, boshida mo'ylovlari, ko'pincha oddiy yoki fasetkali ko'zlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |