anamorfoz orqali rivojlanadi, ya'ni tuxumdan chiqqan lichinkasining
tana bo'g'imlari to'liq bo'lmaydi.
Ko'poyoqlilarning 15000 dan ortiq turi bor. Ular kechasi faol hayot
kechiradi; kunduzi toshlar, po'stloq ostida yoki tuproqda yashirinib
yotadi. Tropik turlarining uzunligi 28 sm ga yetadi. Bu sinf simfillar,
pauropodlar, ikki juft oyoqlilar, laboyoqlilar kenja sinflariga bo'linadi.
Sim fillar (Sim phila)
bir necha mm uzunlikda, ko'zlari rivojlanmagan,
tanasi 15 bo'g'imdan iborat. Vakili skolopendrella. Markaziy Osiyo,
Janubiy Yevropada tarqalgan.
P au rop odlar (Pauropoda)
juda mayda (1 —2 mm) bo'lib, chirindida,
tuproq yuza qatlamda, barglar ostida keng tarqalgan. Tanasi 7 — 10 ta
bo'g'imdan iborat. Mo'ylovlari ikki shoxli.
Do'stlaringiz bilan baham: |