bo'shlig'iga o'rta va orqa chegarasida ochiladi. Qorin tomiri bo'ylab
joylashgan Umfatik bezlar va tana bo'shlig'idagi yog' tanachalari qattiq
mahsulotlami ajratadi.
Nafas olish sistemasi traxeya — havo naychalaridan iborat. Traxeyalar
shoxlanib, barcha to'qimalarga boradi. Qorin tomonda traxeyalar alohida
teshik stigma bilan tashqariga ochiladi. Har bir tana bo'g'imda odatda
bir juftdan, ba’zan ikki juftdan (ikki juft oyoqlilar) yoki har ikki bo'g'imda
bir juftdan (laboyoqlilar) bo'ladi.
Qon aylanish sistemasi ichakning ustida joylashgan naysimon ko'p
kamerali yurakdan va yurak kameralaridan chiqadigan qon tomirlaridan
iborat. Gemolimfa qon tomirlaridan tana bo'shlig'i suyuqligiga quyiladi,
u yerdan ostiylar orqali yana yurakka keladi.
Nerv sistemasi bosh miya (halqumusti gangliy), halqumni o'rab
Do'stlaringiz bilan baham: |