avaylab, yelkasida olib yuradi. Keyinchalik ular o'sib — ulg'aygandan
so'ng onasining yelkasini tark etadi.
Chayonning zahari odamga ham kuchli ta'sir qilib, nerv sistemasining
faoliyatini buzadi; nafas olish og'irlashadi, ko'ngil aynishi, qayt qilish
va tanadan sovuq ter chiqishi kabi hodisalar kuzatiladi.
F a la n g a la r (S o lifu g a e ).
Ular issiq mamlakatlarda keng tarqalgan.
O'rta Osiyo, Qrim va Kavkazda ko'proq uchraydi. Tanasi ancha yirik
(5 — 7 sm ga yetadi). Bosh —ko'krak bilan qorin qismi o'rtasida 2 ta
erkin bo'g'imi bor. Qorin qismi 10 ta bo'g'imdan iborat. Gavdasi qo'ng'ir
rangda bo'lib, usti o'siq tukchalar bilan qoplangan. Falangalar yirtqich
hasharotlar bilan oziqlanadi, ba'zan kichik kaltakesaklarga ham hujum
Do'stlaringiz bilan baham: |