m oddalar ishlatiladi. O 'rgim chakkanalar zaharlangan barglarni
so'rganidan keyin albatta nobud bo'ladi.
Odamlar va turli hayvonlarning qonini so'rib, parazit h ayot
kechiradigan kanalarga yaylov kanalari (Hyalomma), tayga kanasi
(Ixodes) va qo'tir kanalami misol qilib keltirish mumkin. Yaylov kanalari
nisbatan yirikroq b o'ladi. Qon so'rishdan oldin 2 —3 mm, qon
so'rganidan keyin esa bir necha sm kattalikda bo'ladi. Og'iz organlari
qon so'rishga moslashgan xartumga o'xshaydi. Uning yordamida kanalar
xo'jayinni terisini teshib, tanasiga mahkam yopishib oladi. Shuning
uchun ham ularni qon so'rayotgan vaqtda tortib uzib olmaslik kerak,
aks holda xartumchasi terida uzilib qoladi va tanada yara hosil qilishi
mumkin. Yaylov kanalari qoramollarda piroplazmoz kasalligini tarqatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |