S. Burxonova “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan mustaqil ta’limni tashkil etish boʻyicha uslubiy koʻrsatma



Download 0,96 Mb.
bet21/71
Sana03.02.2022
Hajmi0,96 Mb.
#427784
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   71
Bog'liq
Мустакил таълим Тарих намунасиртки

Портфолио бўйича изоҳлар. Тақдимотга тавсия этилаётган «Портфолио» материаллари пухта ўйланган, «портфолио»да келтирилган барча материаллар бўйича муаллифнинг шахсий фикрлари ёритилган бўлиши зарур. У талабанинг ушбу фан бўйича олган билимлари, бўш томонлари, келажакдаги режаларининг тўлиқ мазмунини кўрсатиши лозим.


II.2. Mustaqil ta’lim natijalarini baholash mezonlari

Talabalar mustaqil ishini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin:


Auditoriyada amalga oshiriladigan talaba mustaqil ishlari. Bunda o‘tilgan mavzuni qayta ishlash, kengaytirish va mustahkamlashga oid topshiriqlar bajariladi.
Auditoriyadan tashqari amalga oshiriladigan talaba mustaqil ishlari. Bunda o‘quv dasturidagi ayrim mavzularni mustaqil holda o‘zlashtirish, uyga berilgan vazifalarni bajarish, amaliy va laboratoriya ishlariga tayyorgarlik ko‘rib, kelish, ijodiy va ilmiy-tadqiqot xarakteridagi ishlar va h.k.
Birinchi tur ishlari talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini o‘zlashtirib borish darajasi, amaliy mashg‘ulotlarga (amaliyot, laboratoriya, seminar darslariga) tayyorgarlik saviyasi va uy vazifalarining bajarilish sifatini tekshirish maqsadida, odatda, nazorat ishlari olish, savol-javob, suhbat, munozara, amaliy topshiriqlar tashkil etish va h.k. usullarda asosan seminar darslarida nazorat qilinadi.
Nazoratda talabaning dars paytida o‘tilgan materiallarni o‘zlashtirishi va uyga berilgan topshiriqlarni bajarishdagi faolligi, bajarish saviyasi va o‘zlashtirish darajasi e’tiborga olinadi.
Ikkinchi tur ishlari fanning ishchi o‘quv dasturida auditoriyadan tashqarida o‘zlashtirlishi belgilangan mavzu bo’yicha ma’lumot va axborotlarni mustaqil ravishda izlab topish, tahlil qilish, konspektlashtirish (yoki referat tarzida rasmiylashtirish) va o‘zlashtirish, ijodiy yondashishni talab qiladigan amaliy topshiriqlarni bajarish ko‘rinishida amalga oshiriladi. Bu turdagi ishlarni bajarish jarayoni va o‘zlashtirish sifatining nazorati darsdan tashqari paytlarda, maxsus belgilangan maslahat soatlarida amalga oshiriladi.
Talabalar mustaqil ishi natijalari amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 14-avgustdagi 87-02-2642-son xatiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantrish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2909-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq talabalar bilimini baholash tizimini takomillashtirish maqsadida “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar o‘zlashtirishini baholash tizimi to‘g‘risida Nizom” loyihasiga asosan baholab boriladi.
Mustaqil ta’lim natijalari talabalar bilimini 5 tizim asosida baholashga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shunday ekan, har bir talaba o‘zi bajarayotgan mustaqil ta’lim natijalarining qay tartibda baholanishi va qancha balga ega bo‘lishini oldindan bilishlari shart. Buni fan o‘qituvchisi fan bo‘yicha umumiy baholash jadvalini talabalarga etkazish chog‘ida aytib o‘tsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ayni vaqtda talabalar tomonidan tayyorlangan mustaqil ta’lim mavzularining natijalari baholanish jarayonida bir tomondan talabalarni rag‘batlantirish vazifasini bajarsa, ikkinchi tomondan talabalarga topshirilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarishlari uchun mas’uliyat hissini shakllantiradi.
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, mustaqil ta’limning amalga oshirilishida asosiy ishtirok etuvchilar - talabalardir. Mustaqil ta’limni tashkil qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham talabalar bilimini boyitish va ularning kelgusida har tomonlama etuk va malakali mutaxassislar bo‘lib etishishlari uchun zamin hozirlashdir. Shunday ekan, mustaqil ta’lim jarayonini tashkil qilish va uni amalga oshirish jarayonida har bir talaba o‘ziga topshirilgan mustaqil ta’lim mavzusini belgilangan tartibda o‘rganishi, tayyorlashi va bu jarayonda bevosita faol ishtirok etishi shartdir. Bu mustaqil ta’limni tashkil qilishdagi eng muhim omildir. Mustaqil ishlar natijalarini baholashda o‘qituvchiga quyidagi mezonlarni tavsiya etish mumkin:


Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish