2- §. Ozbek musiqiy cholgulari va ularning turlari
Ozbek madaniy merosi musiqiy cholgularga boy va ularning har
biri uzoq otmish, tarkibiy rivojlanish va texnikaviy takomillashish
jarayonidan otganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Ijro
mezonlariga kora ozbek xalq cholgulari ikki guruhga bolinadi.
Birinchi guruhga barcha ananaviy xalq cholgulari kiradi. Ikkinchi
guruhga XX asr madaniy rivoji bilan bogliq bolib takomillashgan,
yani qayta ishlangan (rekonstruksiya qilingan) cholgular kiradi.
Ananaviy xalq cholgulari tarkibidan joy olgan cholgu sozlar:
tanbur, dutor, sato, rubob, ud, nay, surnay, qoshnay, karnay,
gijjak, chang, qonun, doyra, nogora. Xalq ijodiyotida qollani-
ladigan sozlarga changqobiz, sibizgi, safoil kiradi.
Qayta ishlangan cholgu asboblariga
13
rubob, gijjak, dutor va
chang sozlarining musiqaning saprano, alt, tenor, bas ovozlar
mezonlariga kora qayta ishlangan namunalari kiradi.
Ananaviy cholgu ijrochiligi azaldan xalq ijro amaliyotida
shakllanib, ulardan turli korinish va tarkiblar asosida foydalanish
anana bolib kelgan. Avvalo ananaviy cholgularning har biri yuqori
professional darajadagi individuallik xususiyatiga ega. Xalq ijrochilik
amaliyotida shunga mos ijro imkoniyatlari, sharoitlar va ijro uslublari
yuzaga kelgan. Kop asrlik ijrochilik amaliyoti esa (xalq va ananaviy)
cholgularni guruh bolib ijro etilishini ham taqozo etgan. Shunga
binoan cholgular sozandalar tomonidan bir-birlariga mos oz
turlari va ovoz imkoniyatlari doirasida guruhiy tarkiblar tuzilib
amaliyotda qollanilib kelingan.
Karnay, surnay, nogora va doyra tarkibidagi damli va urma
cholgular guruhi qadimdan ijro amaliyotida shakllanib,
xalqimizning barcha ommaviy tadbirlarining faol ishtirokchisiga
aylangan. Ananaviy cholgu sozlar ansambllari esa oz
xususiyatlaridan kelib chiqib qollanilgan. Ijroda keng kolamli va
13
«Àòëàñ ìóçûêàëüíûõ èíñòðóìåíòîâ íàðîäîâ Ñðåäíåé Àçèè» kitobida
har bir oilaviy cholgular alohida-alohida korsatib berilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
14
katta ovoz imkoniyatiga ega bolish maqsadida barcha cholgular
yigindisidan katta cholgular ansambli tashkil etilgan. Cholgu
musiqasi ijrochiligi va maqom ijrochilik amaliyotida esa kichik-kichik
guruhlar bolib ijro etish ham ananaga aylangan. Jumladan: har
bir cholgu doyra jorligi bilan ijro etish; tanbur dutor bilan;
tanbur, dutor doyra jorligi bilan; tanbur, dutor, gijjak doyra
jorligida ud, qonun doyra bilan birga va h.k.
Hozirgi davrga kelib ozbek musiqa ijrochiligini uchta yirik
yonalishga ajratish mumkin. Xalq folklor musiqa yonalishi, xalq
mumtoz musiqa yonalishi va kompozitorlik musiqa ijodiyoti
yonalishi. Xalq folklor yonalishida ommaviylik xususiyatiga ega
bolgan, ovoz va texnik jihatlari mos bolgan cholgulardan koproq
foydalaniladi. Masalan: rubob, nay, gijjak, chang va doyra cholgu
asboblari. Qayd etish joizki, xalq folklor musiqa ijrochiligida ijro
sharoiti, joyi ham oziga xos boladi. Shuning uchun cholgular
ham tez moslasha oladigan va har qanday sharoitda ijro eta olish
xususiyati taqozo etiladi.
Xalq mumtoz musiqa yonalishiga xos bolgan cholgular
guruhlari koproq kamer xususiyat kasb etishlarini nazarda tutib,
joy, sharoit va muhitga asoslanadi. Òoliq ansambl tarkibi esa barcha
cholgularni qamrab oladi, hattoki, gijjak, dutor, tanbur
cholgularidan qosh holatda foydalanish katta imkoniyatlarni hosil
qiladi. Bunda ansambl zabardast ovoz imkoniyatiga ega boladi.
Kompozitorlik ijodiyoti ijrochiligi yonalishi ham zamonaviy
uslublar asosida bir qator cholgular guruhini oz ichiga oladi. Musiqa
ijodiyotidan orin olgan janrlar negizida cholgularning tarkibiy
guruhlari tashkil etilib, ijro etiladi. Unga kora cholgu duetidan toki
xalq cholgu asboblari orkestrigacha bolgan cholgu asboblar tarkibi
tuzilgan va ijrochilik amaliyotida keng qollanilib kelinadi. Qayd etish
lozimki, orkestrning tolaqonli ovoz imkoniyatlariga ega bolish yolida
Yevropa cholgularidan ham keng foydalaniladi.
Ijrochilik amaliyotida shakllangan barcha cholgu asboblari oz
xususiyatlari doirasida uch turga bolinadi. Òorli, puflama va zarbli cholgular.
Do'stlaringiz bilan baham: |