K I R I S H
Musiqiy cholgular insoniyat manaviyatini ohanglarda tarannum
etuvchi vosita, yani xalq ijodiyoti mahsuli bolib, azal-azaldan
omma orasida shakllanib, mohir soz ustalari tomonidan yasalib,
tobora mukammallashib kelayotgan mojizaviy va ifodaviy
asboblardir. Cholgularda har bir xalqning milliy gururi, ananasi,
qadriyatlari oz ifodasini topganki, ulardan taraladigan ovoz ham
shunga moslashgan. Bular barchasi yaratilajak cholgularning shakliga
va milliylik mezoniga asos bolib xizmat qiladi. Òarix davomida doimo
musiqiy cholgularga bolgan etibor katta bolishi bilan birga
tarbiyaviy tomonlari bilan ham alohida ahamiyatga ega bolib kelgan.
Zamonaviy jarayonda otmish ananalariga yangicha qarash,
ilgor rivojlangan texnikadan munosib foydalanish hamda komil
insonni tarbiyalash kabi omillarga alohida etibor qaratilmoqda.
Zero, komil inson tarbiyasida musiqa eng muhim, yani insonlarni
ruhiy hamda manaviy tarbiyasiga asos bola oladigan omil sifatida
qaraladi. Oquv-talim jarayonining barcha bosqichlarida bunga
etibor berilishining sababi ham shunda ekanligi shubhasizdir.
Qolaversa, talimda alohida-alohida standartlar tarzida ishlangan
dasturlar asosida faoliyat olib borish yolga qoyilmoqda. Natijada
oqitish mezonida qollanilayotgan adabiyotlar va mavjud barcha
nashrlarni zamonaviy talab darajasidagi yangi qarashlar bilan
boyitish, shaklan hamda mazmunan yaxlit bir oquv adabiyoti
korinishiga keltirib takomillashtirish taqozo etilmoqda.
Òaqdim etilayotgan mazkur oquv qollanmasi ham talim
tizimining orta bosqichi bolmish akademik litsey va kollejlarda
tarbiyalanayotgan oquvchilar uchun moljallangandir. Unda
oquvchilar uchun ozbek xalq ananaviy musiqiy cholgularining
otmish davrlardan boshlab shakllanishi va rivoji, zamonaviy
jarayondagi orni va qollanishi hamda takomillashish mezonlari
xususida malumotlar oquv dasturida rejalashtirilgan tartib bilan
bayon qilinadi.
3
www.ziyouz.com kutubxonasi
4
Malumki, musiqiy cholgular va ular bilan bogliq namunalar
xalq musiqa ijodiyotining ahamiyatga ega bolgan tarkibiy qismini
tashkil etadi. Hozirgi davrgacha yuzaga kelib, amaliyotda oz ornini
egallagan va ijrochilik amaliyotining yuqori saviyaga kotarilib
borayotganligi, umumbashariyat madaniyatida alohida nufuzga ega
ekanligi ham bundan dalolat beradi. Ozbek xalq cholgularining
har birini texnik jihatdan va tarannum darajasiga kora ilgor
cholgular darajasiga kiritish mumkin. Ularning aksariyat
namunalari boy ijroviy imkoniyatlari hamda mukammal darajada
shakllanganligi bilan ajralib turadi.
Aynan chogular tarannumining rang-barangligi (yakka, qosh,
ansambl va orkestr), ularning yuqori professionalizm darajasiga
erishganligi hamda katta imkoniyatlarga ega ekanligini namoyon etadi.
Ozbek musiqashunosligida, oxirgi yuz yillik davomida milliy
cholgularni organishga bagishlangan qator ilmiy amaliy
tadqiqotlar olib borilgan. Otmishning buyuk allomalari risolalaridan
tashqari, XX asrda nashr etilgan kitoblar amaliyotda keng
qollanilmoqda. A.Fitratning «Ozbek klassik musiqasi va uning tarixi»
(1924), V.Belyayevning «Ìóçûêàëüíûå èíñòðóìåíòû Óçáåêèñ-
òàíà» (1933), F.Karomatovning «Óçáåêñêàÿ èíñòðóìåíòàëüíàÿ
ìóçûêà» (1972) Ò.S.Vizgoning «Ìóçûêàëüíûå èíñòðóìåíòû
Ñðåäíåé Àçèè» (1980) kabi kitoblari maxsus cholgushunoslikka
bagishlangan. Bundan tashqari, bir qator ilmiy maqolalar, bir
cholguning tarixi va ijrochiligiga asoslangan oquv adabiyotlari
nashr etilib, cholgushunoslikdagi ilmiy-tadqiqot va shu bilan birga
ularni organish va rivojida munosib orin egallab kelayotganligini
qayd etib otish lozimdir
1
.
Mazkur oquv adabiyotini yaratishdan maqsad oquvchilar
uchun ozbek xalq cholgulari haqida tegishli malumotlarni
toplash hamda cholgularga bagishlab yaratilgan adabiyotlar haqida
yaxlit malumotlar jamlangan manbaga ega bolishdan iboratdir.
Pirovardida, ushbu adabiyot oquvchiga ilk tanishuv va davomiy
faoliyatida yolboshchi bolsin. Shu bois, unda ozbek xalq
cholgularining tarixiy kelib chiqish jarayoni, shakl-tuzilish va
korinishi bilan bogliq tomonlari, ijro uslublari va ularga tegishli
janrlar hamda nufuzli ijrochilar haqida orta talim tizim oquv
talabiga mos holda umumlashgan malumotlar yoritilgan. Bu, albatta,
1
Yuqoridagi adabiyotlar va maqolalar cholgularga tegishli mavzularni yoritish
jarayonida hamda adabiyotlar royxatida alohida-alohida keltiriladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
5
ushbu fan oqituvchilari uchun xalq ananaviy cholgulari boyicha
kozlangan talim kursidan bilim berishni umumnazariy hamda
amaliy idroklagan holda olib borishlari uchun yonaltiruvchi manba
sifatida xizmat qilishi mumkin. Oquvchilar esa ananaviy cholgular
haqida tarixiy, nazariy, amaliy manbalar xususida muayyan
tushunchaga ega boladilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
6
Do'stlaringiz bilan baham: |