Sutkalik siydikni yig‘ish. Siydikning ertalabki birinchi qismi
to‘kiladi. Vaqt belgilab qo‘yiladi. Sutka mobaynidagi keyingi
qismlar bitta idishga yig‘iladi. Siydik oxirgi vaqtda ertasiga
ertalab, belgilangan vaqtda jamlanadi. Tekshirish sifati siydikni
to‘g‘ri yig‘ish va laboratoriyaga yetkazishga bog‘liq.
Agar shifokor tomonidan faqat siydikning miqdorinigina aniq-
lash buyurilgan bo‘lsa, tibbiy - ijtimoiy xodim har safargi siydik
miqdorini o‘lchab alohida varaqqa yozib oladi va tekshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |