Dori ichish afzalligi:
dorivor vositalar turli shakllarda va sterillanmagan holda
qo‘llaniladi.
Dorini ichish kamchiligi:
me’da ichak traktida dorilarning sekin va noto‘liq so‘rilishi
sababli dozani aniq belgilashining imkoniyati yo‘q;
jigarda moddalarning qisman inaktivatsiyasi;
ta’sirning yoshga, organizmning holatiga, individual sezuv-
chanligi va organizmdagi patologik jarayonlarga bog‘liqligi;
bemor hushsiz bo‘lganda dorini qo‘llash mumkin emasligi.
Bemorni parvarish qilayotgan tibbiy - ijtimoiy xodim
ichiladigan dorini qanday berishni bilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |