S avezbayev


 Ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banki



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/85
Sana14.06.2022
Hajmi1,62 Mb.
#669591
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   85
Bog'liq
YeTLAT darslik

 
6. Ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banki 
Grafikaviy va atributiv (xususiy) ma’lumotlarning va namunaviy 
yechimlarning (EBG, EBT va EBX elementlari) 
avtomatlashtirilgan ma’lumotlar 
banki
o’zida ayrim loyihaviy yechimlarni amalga oshirish, hisoblashlar 
o’lchamlari, grafikaviy obyektlar va ular bilan bog’liq semantik tavsivlar 
to’g’risidagi ma’lumotlarni yig’ish, saqlash, ishlov berish va uzatish (taqdim etish) 


73 
masalalarini yechishni ta’minlovchi matematik, dasturiy, axborot va lingvistik 
vositalar tizimini ifodalaydi. Ularda, kelajakdagi yer tuzish tadbirlarini rejalash, 
loyihalash va asoslash uchun YEТLAТning konstruktiv tizimlarida keyinchalik 
foydalanish maqsadida, eng o’ziga xos namunaviy yer tuzish tadbirlarining olingan 
natijalari va samaradorligi to’g’risidagi ma’lumotlar yig’iladi. 
Avtomatlashgan banklarda saqlanadigan ma’lumotlar mos MBBТ tomoni- 
dan boshqariladigan ma’lumotlar bazalaridan iborat bo’ladi va o’z ichiga so’rala- 
digan ma’lumotlarni, hujjatlar tizimini, klassifikatorlar va kodlashtiruvchilarni, 
bashoratlar va rejalarni, namunaviy loyihaviy yechimlarni oladi. 
Har bir bunday ma’lumotlar bazasi kenglik obyektlarining yozma bayonlash, 
saqlash va o’zgartirishga taalluqli, ma’lum qoidalar asosida tashkil etilgan, ular-
ning joylashuvi va atributiv tashkil etuvchilari to’g’risidagi ma’lumotlardan tashkil 
topadi. 
Bunda joylashuvlar to’g’risidagi ma’lumotlar qismi, odatda, YEТLAТ- ning 
dasturiy vositalari bilan tashkil etiladi va boshqariladi, atributiv qismi esa, u yoki 
bu tijorat MBBТ tomonidan boshqariladi. 
Ma’lomotlar bazasini shakllantirishda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi:

axborot birligi tamoyili
,
 
u klassifikatsiyalashning, shartli belgilar va timsol-
larning, atamalar va ma’lumotlar o’lchamlarining, muammoli – yo’naltirilgan 
tillarning, bir xil ma’lumotlarni ko’rsatish va kodlash usullarining, obyektlarni 
identifikatsiyalashni ta’minlashning yagona tizimidan foydalanishni talab etadi; 
ortiqchalik tamoyili 
(saqlanayotgan ma’lumotlar xajmi, boshlang’ich ma’lu-
motlar to’laligi, ma’lumotlarni takror kiritishni yo’lga qo’ymaslik ustidan nazorat); 
komplekslik tamoyili
 
(xo’jalikda
ichki yer tuzish loyihalarini asoslashda 
yechiladigan barcha masalalar orasida ma’lumotli aloqalarni tartibga solish, 
ma’lumotlarga murojat etish shakllari va usullarini unifikatsiyalash); 
foydalanadigan ko’rsatkichlarning harakatlanuvchanligi, ishonchliligi va
aniqligi tamoyili.
ma’lumotlarning 
bir 
xilligi 
ta’moyili 
(ma’lumotlarni 
aniq 
identifikatsiyalashni ta’minlash); 


74 
progressivlik tamoyili 
(YEТLAТning kelajakdagi rivojlanishini hisobga 
olib, ma’lumotlar to’plamlarini kengaytirish imkoniyatini ta’minlash); 
ko’chiruvchanlik tamoyili 
(ma’lumotlar bazasini, ularning mantiqiy tashkil 
etilishini o’zgartirmasdan, aniq mashinalar va saqlovchilarda fizik tadbiq etilishini 
o’zgartirish imkoniyati).
YEТLAТning funktsional tuzilishi chegarasida avtomatlashtirilgan atributiv
ma’lumotlar banki (maxsus ma’lumot – me’yoriy ta’minot pastki tizimi) katta 
ahamiyatga ega. Aniqroq aytadigan bo’lsak, bu pastki tizimga ta’minlovchi sifatida 
qarash mumkin, sababi, uning asosiy vazifasi - YEТLAТ asosiy funktsional pastki 
tizimlarida loyihalashni avtomatlashtirish uchun zarur va asosan ichki foydala-
nishga mo’ljallangan axborot ta’minotining standart bo’laklarida yo’q maxsus 
ma’lumotlar va me’yorlar bazasini to’plash, yaratish va yuritish hisoblanadi. 
Shunga qaramasdan quyidagi vaziyat, ya’ni, ushbu pastki tizim mustaqil 
axborot mahsulotini yaratish uchun mo’ljallanganligi va u tashqi iste’molchilarga 
yetkazib berilishi mumkinligi, uni YEТLAТ ning funktsional tizimlari qatoriga 
qo’shish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu, boshqa barcha funktsional pastki tizimlar 
aloqalarini aniqroq qatorga tizish va ular vazifalarini aniqlashda xatolarga yo’l 
qo’ymaslik imkonini beradi. 
Ma’lumotlar bazasiga xizmat ko’rsatish, ma’lumotlarni doimiy to’ldirib va 
tuzatib borishdan iborat bo’ladi. Bu ishlarni o’tkazish davri saqlanayotgan 
ma’lumotlarning o’zgaruvchanlik darajasiga bog’liq bo’ladi. 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish