S avezbayev, S. N. Volkov



Download 1,05 Mb.
bet43/66
Sana23.04.2022
Hajmi1,05 Mb.
#577965
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   66
Bog'liq
Yer tuzilishining ilmiy asoslari

2. Kenglik va relyef.
Yerning yer tuzish uchun eng ahaniiyatli kenglik xususiyatlariga yer egaliklari va yerdan foydalanishlar, boshqa yer
131
uchastkalarimng maydonlari, shakli, uzunligi, joylashgan o'rni va o'zaro uzoqligi kiradi.
Ariiq tabiiy sharoitlarda, ishlab chiqarishning berilgan ixtisosligi va intensivlik darajasida yer egaliklari maydoni korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini va ishlab chiqariladigan qishloq xo'jalik mahsulotlari sonini aniqlaydi. Xo'jalik hududi o'lchamiga ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish usullari ham bog'liq.
Qishloq xo'jalik korxonalari yer egaliklari o'lchamlarini tahlil etish (III bobga qaralsin) shuni ko'rsatadiki, maydoni bo'yicha yirik xo'jaliklar tabiiy sharoitlarida farq kam va ishlab chiqarishning intensivlashish darajasi past mintaqalarda tashkil topgan.
Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining e'tiborli xususiyati asosiy dala ishlarining ishlab chiqarish uchastkalari, dalalar, yerlarning tabiiy korituriari (bo'laklari) chegaralarida d'tkazilishi hisoblanadi. Shuning uchun konturlilik, yerlarning bo'laklarga bo'linishi va uchastkalaming shakllari yerdan foydalanishning ahamiyatli kenglik tivsifiga kiradi.
Haydalma yer uchastkalarining o'lchamlari, ularning shakli qishloq xo'jalik ekinlarining hosildorligiga va mashina-traktor agregatlari unumdorligiga hamda shuning natijasida tarmoqda ishlab chiqarish xarajatlarining samaradorligiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi.
Yerdan foydalanishdagi qulaylik, shunga mos iqtisodiy natijalar ham qishloq xo'jalik korxonasining joylashgan o'rniga - mahsulotni sotish joylarigacha, moddiy texnik ta'minot bazasigacha, madaniy-maishiy va boshqa aholiga xizmat ko'rsatadigan obyektlargacha bo'lgan masofaga bog'liq. Sanoat va aloqa vositalari rivojlangan, aholi zicbligi o'sgan sari yer uchastkalarining joylashgan o'rni uiarfiing tabiiy unumdorligiga bog'liq boimagan holda doimo yaxshilanib boradi.
" Zamonaviy aloqa vositalarining, katta o'tkazish qobiliyatiga ega avtomobil va temir yo'llarining mavjudligi xo'jaliklar va ular yer egaliklarining uzoqligi bilan bog'liq kamchiliklarini kamaytiradi. Aksincha, katta shaharlarning o'sishi qishloq xo'jalik mahsulotlari-ning asosiy iste'molchilari sifatida joylashgan o'rni omilining ta'sirini kuchaytiradi. Xususan korxonalarning sanoat markazlariga yaqmligiga bog'hq holda texnik vositalar va mehnat resurslari bilan ta'minlanishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashish darajasi, uning mahsuldorligi va
132
daromadliligi bo'yicha iqtisodiy tabaqalanishi o'smoqda. Xo'jalikning uzoqda joylashishi transport xarajatlarining oshishiga, mahsulotlai isrofgarchiligiga, umumiy iqtisodiy qoloqlikka olib keladi.
Oqilona hududni tashkil etish va ishlab chiqarishni joylashtirish - ko'rsatilgan salbiy oqibatlarni tugatish bo'yicha choralar tizimi-dagi yetakchi bo'g'indir. Yer tuzishda yer egaliklarini yiriklashtirish yoki maydalash, yer uchastkalari shakllarini yaxshilash va o'lchamlarini kattartirish uchun yerlarni transformatsiyalash, ekinlarni oqilona joylashtirish usullardan foydalaniladi. Agar hududni ishlab chiqarish zararatlariga mqslashning tashkiliy usullari yetarlik bo'lmasa, kapital mablag'larni ko'proq talab qiladigan - qurilish, mehoratsiya, injenerlik jihozlash; qo'llaniladi. . ,,
: Yerning ko'pchilik kenglik xususiyatlari uning reiyefi -, yer yuzasi shakllarining yig'indisi bilan aniqlanadi; ular yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish usullariga, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini joylashtirish va tashkil etishga ta'sir etadi.
Yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishning umumiy masalalarini yechish, yer egaliklari va yerdan foydalanishlar tizimini shakllantirish uchun hududni relyef turlari bo'yicha bo'lish qo'llaniladi: yassi tekislik, tepalikli tekislik, yassi tog'lar boshqalar, Biroq xo'jalikda ichki yer tuzishda aniq qaror qabul qilish uchun relyef tavsiflarini ko'rsatkichlar tahlili bilan aniqlashtirish kerak: tiududning bo'linishlari chuqurliklari (metrda), bo'linishlar qalinligi (1 km2 maydonda kilometr), qiyaliklar tikligi (graduslarda), qiyaliklar tomonlari. Bu ko'rsatkichlarning ahamiyati ishlab chiqarish uchastkalarining o'lchamlari va shakllarini, hududning drenajlanish darajasini, uning eroziyaga uchrashi va boshqa xususiyatlarini aniqlaydi.
Kam bo'lingan yerlar, ularda 15 ming ga va undan ham ortiq yerga ega, bo'linishlar chuqurligi 25 m. oshmaydigan butun massivlar bo'lib, past tekisliklarda joylashgan; ular yirik konturlari, kuchsiz drenajlashganliklari bilan tavsiflanadi. Tuproqning suv eroziyasi bu yerda xavfli emas. Kuchli bo'linishda (75 m. va yuqori) butun massivlarning maydoni 5 ming gektardan oshmaydi, qishloq xo'jalik yerlarining konturlashishi, hududning drenajlashishi o'sadi. Bunday yerlarda eroziya xavfi keskin oshadi.
Relyef landshaftlarning tabaqalanishiga olib keladi. Qiyaliklar-ning yuqori qismining buzilishi va yuvib ketilishi, o'rtasida - ular-
133
ning oqib,o'tish jarayoni, pastki qismida va qiyaliklar tagida - yuvil-gan tuproqlarning yig'ilishi sodir bo'ladi.
,, Ahqli, zich joylashgan tumanlarda, shaharlarda va qisnloqlarda, foydali qazilma boyliklar qazib olinadigan joylarda antropogen relyef shakllanadi. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida yerning ustki qismi shaklining o'zgarishi eroziya (ayniqsa, suv eroziyasi), o'rmonlarni qirqish^ hududni nooqilona tuzish, tuproqlarga noto'g'ri usullarda ishlov berish natijasida ro'y beradi.
Relyefning har xil tavsiflari orasida yer yuzasining nishabligi katta ahamiyatga ega. U, suv eroziyasini keltirib chiqaruvchi bosh omil sifatida qishloq xo'jalik yerlarming haydalishiga va haydalma ekin­larning, ko'pchilik hollarda donli ekinlarning ham joylashishiga cheklovehi ta'sir ko'rsatadi, hududni tuzish shakllarini va deh-qonchilik texnologiyalarini oldindan belgHaydi.
Bir xil nishablikda yerlarning eroziyaga turg'unligi tuproqlar • mexaniktarkibiga, teproq tagidagi qatlam jinslariga, yog'ingarchilik miqdori va inteftsivligiga va boshqa sharoitlarga bog'liq. Haydalma ' ekinlarni joylashtirish, asosan, nishabligi 2-3° gacha bo'lgan uchastkalar bilan cheklanadi, g'alla - 5-7° gacha. Nishabligi 5-7° katta bo'lgan haydalma yerlar faqat o'tlarni ekish uchun foydalaniiishi mumkin. Yerlar eroziyasining oldini olish uchun ularni eroziyaga qarshi tuzish amalga oshiriladi; tuproq yuvilish xavfi yuqori bo'lgan hududlarni pichanzorlar va yaylovlar egaliaydi. Haydalma yerfarda shu maqsadda tuproqni himoya qiluvchi ko'p yillik o'tlar tarkibida bo'lgan almashlab ekishlar joriy etiladi.
Qiyalik yerlarni eroziyaga qarshi tashMl etishning yetakchi bo'g'ini dalalar va rriustaqil ishlov beriladigan uchastkalami (ishchi va sug'orish uchastkalari) to'g'ri joylashtirish hisoblanadi. Qiyaliklarning tikli-giga va shakliga bog'liq holda almashlab ekishlar hududlarida dalalarni ichki tuzishning har xil usullari qo'llaniladi: eroziyadan xavfsiz uchastkalarda ekinlarni uzunasiga joylashtirish, ko'ndalangiga - oddiy , qiyaliklarda, konturli - murakkab eroziya xa\-fi bor qiyaiiklarda,
polosali - dehqonchilikning og'ir sharoitlarida. ■~Rt. Rplyefhmg ahamiyati sug'orma dehqonchilik sharoitida juda katta bo'ladi, Bu yerlarda sug'orish tarmoqlari va sug'orish uchastkalari relyefga bog'langan holda joylashtiriladi.
134
Qishloq xo'jaligida yerning mahsuldorligi va mehnat unumdorligi
zamonaviy texnikani qo'llash imkoniyati bilan bogiiq, buyer tuzish
yordamida hududni ko'p quwat talab etadigan mexanizatsiya ishlarini
bajarish uchun moslash zaruratini keltirib chiqaradi. '!
Yerning hududiy xususiyatlaridagi sezilarli farq qishloq xo'ja^
ligining mintaqaviy xususiyatini keltirib chiqaradi. Yer egaliklari va
yerdan foydaianishlarning o'lchamlari, tarkibi va qishloq xo'jalik
yerlariningjoylashishi, mehnat resurslari bilan ta'minlanishi hududni
va mehnatni, ishlab chiqarishni tashkil etish shkkllarini ko'proq
oldindan aniqlaydi. ' ;'
3. Tuproq qatlami.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish