Fe’l aspektlari.
Ayrim adabiyotlarda fe’l aspektlariga mumkinlik va
nomumkinlik shakllarini ham kiritadilar. Aslida mumkinlik-nomumkinlikni hosil
qiladigan grammatik shakllar (formalar) yo’q, balki bunday semantika qo’shma
fe’llar orqali hosil qilinadi. Masalan,
tarta alar – tarta almas.
Fe’lning bo’lishli va bo’lishsiz shakllari fe’l aspektlari kategoriyasini hosil
qiladi, chunki bo’lishsizlik
–ma//-mә
affiksi orqali hosil qilinadi va bu affiksni
olmagan so’z bilan oppozitsiyaga kirishadi:
barma, keltүrmә
va boshqalar.
O’timli va o’timsiz fe’llar haqida.
O’zbek tilida uning tarixiy taraqqiyotidan
qat’i nazar bunday morfologik kategoriya mavjud bo’lmagan, balki fe’lning
tushum kelishigidagi so’z bilan bog’lana olishi qobiliyati uning semantik
xususiyatidir. Demak, o’timlilik va o’timsizlik fe’l shakliga emas, balki u fe’lning
semantik xususiyati bilan bog’lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |