Tayanch tushunchalar:
Fe’lning funksional formalari –
fe’lning nutqda qo’llanish shakli.
Harakat nomi –
ish-harakatning atamasi bo’lib, otga xos so’z o’zgarish
xususiyatiga ega bo’lgan va gapda ot bajargan vazifalarni bajarishga mos bo’lgan
fe’l shakli.
Sifatdosh –
predmetning belgisi bo’lgan harakatni, ba’zan ish-harakatni
to’g’ridan-to’g’ri anglatadigan fe’l shakli.
Ravishdosh –
harakatni ikkinchi bir ish-harakat belgisi sifatida anglatadigan,
gapda hol va ergash gap kesimi bo’lib kelishga moslashgan fe’l shakli.
47
Sof fe’l –
buyruq-istak, shart va ba’zan aniqlik mayllari hamda ularning
zamonlari ma’nolarini ifodalab, har doim tuslanish tizimi elementi (unsuri)
sifatida yo’llanadigan, gapda faqat kesim vazifasida kelishiga mos fe’l shakli.
Eski o’zbek tilida mayl va zamon formalari
Reja:
1.
Mayl va zamon formalari haqida tushuncha.
2.
Eski o’zbek tilidagi tuslovchi affikslar.
3.
Buyruq-istak mayli formalari.
4.
SHart-istak mayli formalari.
O’zbek tilida, shu jumladan, turkiy tillardagi mayl va zamon formalari, mayl
va zamon formalari munosabati munozarali masalalardan hisoblanadi. Turkiy
tillardagi mayl va zamon formalari uchun maxsus affikslarning yo’qligi bunday
munozaraga sabab bo’lmoqda.
Ma’lumki, mayl ish-harakatning voqe’likka munosabatini ifodalab, fe’ldan
anglashilgan ish-harakatning bajarilish xususiyatini, imkoniyatini, ya’ni, real
voqelikka, sharoitga bog’langanligini bildiradi. Masalan,
bordi
fe’li ish-
harakatning real bajarilganligini,
ishla
fe’li ish-harakatning bajarilish haqidagi
buyruqni ifodalaydi.
Grammatik zamon esa ish-harakatning nutq so’zlanib turgan paytga
munosabatini ifodalaydi. Demak, mayl kategoriyasi zamon kategoriyasiga
nisbatan kengdir. Lekin hamma mayl formalarida ham grammatik zamon ma’nosi
bir xilda mavjud bo’la bermaydi. Masalan, aniqlik maylida har uchala zamon,
buyruq-istak va shart maylida esa faqat kelasi zamon formalari mavjud bo’ladi.
O’zbek tilidagi mayl va zamon formalari haqida tuslanish tushunchasisiz fikr
yuritib bo’lmaydi. SHu munosabat bilan tuslanish tarixi va uning xususiyatiga
to’xtalamiz.
Eski o’zbek tilida mayl formalari quyidagi uch turkumga bo’linadi:
buyruq-
istak, shart-istak, aniqlik.
Turkiy tillarda fe’l tuslanishi tarixan sifatdosh ( keyinchalik ravishdosh)
formalari asosida, ya’ni mayl va zamon formalari sifatdosh formalari asosida
asosida shakllangan (buyruq-istak mayli bundan mustasno). Keyinchalik bunday
formalar tarkibidagi sifatdosh affikslarining ayrimlari sezilmas darajaga kelib
qolgan. Masalan,
-duq/-dүk//-tuq/-tүk
sifatdosh affikslari
–di/-dы//-ti/-tы
affiksiga
aylangan, ayrimlari esa hozirgi o’zbek tilida juda kammahsul affiksga aylangan.
Eski o’zbek tilida tuslovchi affikslarning uch tipi qo’llanishda bo’lgan. Bular
quyidagilar:
1.
I tip tuslovchilar yoki to’la tuslovchilar:
Birlik Ko’plik
I shaxs -men -biz, -miz
II shaxs -sen -siz
III shaxs - -
48
2.
II tip tuslovchilar yoki qisqargan tuslovchilar:
I shaxs -m -q/-k
II shaxs -ң -ңыz/-ңiz/-ңuz/-ңүz/
III shaxs (-sы/-si) - -
3.
III tip tuslovchilar fe’lning buyruq-istak maylida qo’llanadi.
To’la tuslovchilar sifatdosh va ravishdosh formalariga hamda
Do'stlaringiz bilan baham: |