S amarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filiali



Download 159,75 Kb.
bet1/2
Sana10.08.2021
Hajmi159,75 Kb.
#144128
  1   2
Bog'liq
Madrimov Shukurulla.kurs ishi[1]
English-conversation-topics, Non-ulug' ne'mat, ÓZBEKISTONNI RIVOJLANTIRIShNING HARAKATLAR STRATEGIYaSI[1], Madrimov Shukurulla.kurs ishi[1], Togrilagichlar.



S
amarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filiali

Veterinariya meditsinasi: yirik shoxli mollar kasalliklari yo'nalishi

1-b kurs o'zbek guruhi talabasining “Qishloq xo'jalik hayvonlarini oziqlantirish texnologiyalari" fanidan

Qo'ylarni oziqlantirish” mavzusidagi



Kurs ishi

Bajardi: Madrimov Shukurulla

Kurs ishiboshchisi:Turganbaev Ro'zimboy

Nukus 2020-yil

Mundarija


  1. Kirish ...........................................................................................................

1.1 Kurs ishining mazmuni................................................................................

1.2 Kurs ishining maqsadi.................................................................................

2. Asosiy qism...................................................................................................

2.1. Qo’ylarni oziqlantirishning boshqa turdagi hayvonlarni oziqlantirishdan asosiy farqi........................................................................................................

2.2. Nasllik qo'chqorlarning to’yimlik moddalarga bo’lgan talabi va ularni oziqlantirish......................................................................................................

2.3. Bug’oz qo`ylarning toyimlik moddalarga bolgan talabi va ularni oziqlantirish...................................................................................................

2.4. Emizikli qoylarning to`yimlik moddlalarga bo`lgan talabi va ularni oziqlantirish....................................................................................................

2.5. Qo’ylarni go'sht uchun boqish................................................................

Yakunlash.......................................................................................................

Foydalanilgan adabiyotlar .............................................................................

Kirish

Aholini sifatli va arzon chorva oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlash dunyo mamalakatlaridagi kabi bizning ham mamlakatimizda ham eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi.Iqtisodiy islohotlarni tobora chuqurlashtirish asosida chorvachilikni yanada rivojlantirish uchun qator imkoniyatlar yaratilmoqda.



Istiqlolga erishgan kunlardanoq agrar sektorning muhim tarmog‘i hisoblangan chorvachilikni rivojlantirishga katta e‘tibor qaratilgan. Eng asosiysi sohada bozor munosabatlarini qaror toptirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar izchillik bilan amalga oshirilib, chorvachilikni barqaror rivojlantirishni huquqiy asoslari barpo etildi. Bunga misol qilib, Davlat qonunlarini, Prezident farmon va qarorlarini va hukumat Dasturlarini, Vazirlar maxkamasining qator qarorlarini keltirish mumkin

Shu sababli qishloq xo‘jaligi doimiy ravishdaamalga oshiriladigan iqtisodiy islohotlarni markazida turadi. Barcha iqtisodiy o‘zgarishlarni jarayoni dehqonchilik va chorvachilik sektoriga qancha chuqur ta‘sir etishiga qishloq xo‘aligi jumladan chorvachilik yuzdan ortiq o‘zgaruvchan iqtisodiy islohotlarga muxtoj.

Ko‘p bosqichli xo‘jaliklarni tashkil etish hozirgi kunning talabi. Hozirgi davrda fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va uni ommaviy tarzda rivojlantirishni mamlakatimizda jadal suratlar bilan olib borilmoqda. Fermer xo‘jaliklari mahsulotini ishlab chiqarish qayta ishlash, saqlash va sotish kabi jarayonlarni o‘z qo‘llariga olishlari hamda haqiqiy mulk egalari bo‘lishi kerak. Respublikamizda chorva mollarini bosh sonini ko‘paytirish ularning mahsuldorligini oshirish, jaxon andozalaridagi yangi texnolgiyalarni joriy etish, chorva mahsulotlarini ishlab chiqarishda dehqon, fermer, ijara kabi ishlab chiqarish usullarini qo‘llab chorvadorlarni mulk egalari deb his etgan holda mehnat qilish bilangina chorvachilikni rivojlantirish mumkin.

Ma’lumki odam iste’mol qiladigan kunlik oziq moddalarining 60% i chorva mahsulotlari hisobiga bo‘lishi kerak. Shuning uchun mamlakatimizda chorvachilikni yanada rivojlantirish, insonning oziq moddalarga bo‘lgan talabini to‘la qondirish hozirgi kunning eng dolzarb masalasi bo‘lib turibdi.

Chorvachilik tormog‘iinsonni to‘yimli oziq maxsulotlari bilan taminlaydi. Bundan tashqari ,yengil sanoatga teri,jun,suyak,tuyoq,shox,pat,par kabi xom ashyo; farmatsevtikaga dori darmontayorlash uchun zarur endokrinbezlarfermentlar , qon va qon zardobini beradi.

Shu yilning 23 aprel kuni O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha yangi besh yillik loyihaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Loyiha Yevropa ittifoqi (15 mln. yevro) va Jahon banki (150 mln. AQSh dollari) tomonidan moliyalashtiriladi va samarasizlik, kichik fermerlar uchun moliya va bozorga kirish cheklovlari, turli manfaatdor tomonlar o‘rtasida munosabatlar muvofiqlashtirish darajasi, qiymat zanjirini samarasiz boshqarish, sifatli tibbiy xizmatlarining yetishmasligi hamda tadqiqot muassasalari uchun yetarli bo‘lmagan resurslar kabi chorvachilik sohasidagi asosiy muammolarni hal etishga qaratilgan.

Qo`ychilik chorvachilikning eng qadimiy tarmoqlaridan biridir. Kishilar ming yillar mobaynida xar hil iqlim sharoitida uzlarining talablariga javob beradigan turli qo`y zotlarini yaratdilar. Bu qoy zotlaridan turli hildagi mahsulotlar juladan: Mayin, yarim Mayin, yarim dag`al, dag`al junlar, turli hildagi qo`y terilari, go`sht, sut shirdon va boshqa mahsulotlar olinadi.

Qo`ylar go`sht berishda katta imkoniyatga ega. Ayrim qo`y zotlari yuqori darajada sut beradi. Ostfris qo`y zoti ratsionida to`laligicha konsentrat ozuqa bo`lmagan holatda laktatsiya davrida 550-600 kg yog`liligi 6,5-7% sut beradi. Bu zotning rekordsmenlaridan 1283 kg yog`liligi 7,3% sut olinganligi malum.

Ostfris sut beruvchi romanov po`stinbop teri beruvchi qo`y zotlari asosan egiz, ko`p xollarda 3,4 xatto 5 gacha qo`zi beradi. Ular 1 ta qo`zi berish deyarlik bo`lmaydi.

Qo`ylar boshqa o`txo`r hayvonlarga nisbatan 1,5-2 baravar ko`p turli o`simik turlaridan foydalanadilar.

Qo`ylar kavshovchilar guruhiga kirib qoramollarga nisbatan yaylov ozuqalardan foydalanish darajasi yuqoridir. Chunki qo`ylar qoramollarga nisbatan 3-4 sm ot pastban oladi. Ayrim zot qo`ylar (karachay zoti) tog` yaylovlaridan, ayrimlari (korakul zoti) cho`l yaylovlaridan samarali foydalaniladi. Qo`ylar juda dag`al ozuqalalrni ishtaxa bilan yemaydi. Kletchatkani yuqori darajada hazm qilmaydi. Ular uzoq muddat yetarli darajada oziqlantirmaslikka bardosh beraoladi ammo ochsizlikda ovqat hazm qilish organlari faoliyati ot va qoramolga nisbatan tez buziladi. Noqulay sharoitda qo`ylar (er muzlangan, kuchli qorli izg`irin) tez o`ladi. Qo`ylar qoramol va otga nisbatan yaylovda tez konsentratsiya yuqori bo`lganda. Nitratlar bo`lganda bardoshli bo`ladi. Nitratlar bilan zaxarlanish qo`ylarda yetarlik bo`lmaydi.

Qo`ylardan olinadigan asosiy mahsulot jun hisoblanadi. Go`sht-jun va jun beruvchi zot qo`ylar 2,5-3,0 kg bir boshga yuvilgan jun beradi. Junning sutkalik o`sishi 20 g ayrim rekondistlarniki 70 g tashkil etadi. Rekordistlaridan 10 kg jun olinadi (yuvilgan Mayin jun). Junning o`sishi azotli moddalarning yog`ning junning 30-50% yog`li ter (jiropot) va xar hil aralashmalar tashkil etadi. Jun tolasi oqsilsimon keratin moddadan tashkil topgan. Keratin tarkibi esa oltingugurt saqlovchi sistin va tirozin aminokislotalardan tashkil topgan.

Qish davrida qo`ylarni oziqlantirishni yaxshilash bilan olinadigan jun miqdorini 12-18%, uzunligi 16-25% oshirish mumkinligi tajribada isbotlangan.


Etarlik darajada oziqlantirmaslik hisobiga yani organizm energiya va protein bilan taminlanmagach junning sifati pasayadi, emon yigirriladi. Shunday holatda och ingichkalik paydo boladi (och ingich kalik bu junning uzunligi buyicha ingichkalanishi).

Qo`ylar ham boshqa turdagi hayvonlar singari yog`da eruvchi vitaminlarni talab qiladi. Yozda ular bu talabni yaylov ozuqalari hisobiga qondiradi. Qo`ylar organizmida yog` toqimalarida vitamin A xolida jamg`ariladi. Qoramollar organizmida esa karotin shaklida toplanadi. Shuning uchun qo`y yog`i ok rangda bo`lsa qoramol yog`i sarg`ich rangda bo`ladi.

Agar qo`ylar yil davomida yaylovda boqiladigan bo`lsa vitamin D ga bo`lgan talabi to`ligicha qondiriladi. Qishda qo`ylar qo`ralarda saqlanadigan bo`lsa. Ularning vitamin D ga bo`lgan talabini qondirish uchun quyoshda quritilgan pichan beriladi.

Qo`zilar 2 oylik davrida o`simlik ozuqalarni hazmlanish imkoniyatga ega. Bunday holat buzoqlaroda 1-2 oy kech boshlanadi. Qo`zilarda boshlang`ich 2 oyda issiqlik manbai (teploproduksiya0 eg, qisman oqsil bolib, 3 oylik davrida boshlab uglevodlardan ham bu soxada yaxshi foydalanadi.

Qo`ylarning sut hosil bo`lishi uchun ozuqalardan foydalanish darajasi qoramollarga nisbatan past. A.V.Modyanov malumotiga ko`ra sut tarkibidagi bir hil moddaning xosil bo`lishi uchun sarflanadigan energiya miqdori qoramolnikiga nisbatan 20-50% ga ko`p bo`lar ekan.

Qo`ychilikda qo`ylarni suniy qochirish keng miqyosda qo`llaniladi. Tabiiy holatda bir qo`chqor bilan 20-25 bosh ona qo`y qochiriladigan bo`lsa. Suniy ravishda bir bosh qo`chqor urug`i bilan 3000-3500 bosh ona qo`yni qochirish mumkin.

N
asllik qo`chqorlardan nasl olish uchun jadal ravishda ishlatiladigan bo`lsa ular yil davomida zavod konditsiyasida bo`lishini taminlash zarur. Nasllik qo`chqorlarni yetarlik darajada oziqlantirmaslik va meyordan ziyod oziqlantirish ham uning faoliyatiga salbiy tasir ko`rsatadi. Ularni yetarlik darajada energiya, protein, mineral moddalar va vitaminlar bilan taminlash qo`chqorlarda jadal ravishda urug` va jinsiy aktivlikni taminlaydi.

Urug’ning yetilishi 40-50 kun davom etadi. Shuning uchun qochirish mavsumiga 1,5-2,0 oy qolganda oziqlantirishga aloxida etibor beriladi va qochirish davri ratsioniga o`tkaziladi. Nasllik qo`chqorlar jadal ravishda ishlatiladigan bo`lsa ularning ratsioni turli hildagi sifatli. Yog`li hazmlanuvchi va ishtaxa bilan yeyiladigan ozuqalardan tashkil topishi zarur.

Ularning ratsioni 1,5-2,0 kg dukkakli. Dukkakli va boshoqlilardan tayyorlangan pichan (umumiy to`yimlilikga nisbatan 35-40%) 1,5-2,0 kg shirali ozuqalar (20-25% )lavlagi, sabzi, silos, 0,6-0,8 kg yemlar aralashmasi beriladi. Yoz davrida esa asosan yaylovda boqilib 0,5-1,0 kg yemlar aralashmasi beriladi.

Suniy qochirish mavsumi davrida izlab topuvchi qo`chqorlardan ham foydalaniladi. Bunday qo`chqorlar ham yaxshi jinsiy aktivlikga ega bolishi zarur. Ularning ratsioni umumiy toyimliligi 1,5-2,0 ozuqa birligini, 150-200 g XP ni tashkil etishi zarur.

Doimiy ravishda yetarlik darajada va to`liq qiymatlik ozuqalar bilan oziqlantirilgan ona qo`ylarning jinsiy faoliyatiga, sutliligini. Serpushtligiga va jun mahsulotiga ijobiy tasir ko`rsatadi.

Qochirish mavsumiga 1,0-1,5 oy qolgan davrda ona qo`ylarni yetarlik darajada to`liq qiymatli ozuqalar bilan oziqlantirilsa (drujno) qo`yga keladi. Natijada qochirish muddati va tul mavsumi davri qisqaradi. Ayniqsa semizligi yetarli bo`lgan qo`ylar bir marta qochirgandan otalanadi. Demak qisir qolgan qo`ylar bo`lmaydi. Egiz tug`adigan qo`ylar soni 2-3 marta oshadi. Oriq qo`ylarning xar bir kg semirishi uchun 5 ozuqa birlik va 500 g XP beriladi.

Bo`g`oz va emizikli qo`ylarning to`yimlik moddalarga bo`lgan talabi ilmiy muassasalar tomonidan ishlab chiqilgan va qo`y zotlarining farqi, tirik vazni, jun miqdori va sifatlari etiborga olinadi, qo`ylarning o`rtacha bo`g`ozlik davri 152 kun.

Bug`ozlikning birinchi ikki oyida embrionning og`irligi qo`zining tug`ilgan davridagi ogirligining atigi 10% tashkil etadi va ona qo`y organizmida moda almashinuvida sezilarlik o‘zgarish bo`lmaydi. Bug‘ozlikning ikkinchi yarmida moda almashinuvi 15-20%, oqsilning jamg`arilishi 80% oshadi.

Bug‘ozlikning 1-3 oyida oziqlantirishdan asosiy maqsad ularni semizligini o`rta va yuqori bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir. Agarda semizligi o`rtadan past bo`lsa belgilangan normaga nisbatan 0,2-0,3 ozuqa birligi qo`shib beriladi.

Bo`gozlikning oxirgi 2 oyida energiyaga talab 30-40 % ga. XP bolgan talab esa 40-60% ga va SA, R va karotinga bo`lgan talab ham oshadi. Bu davrda yetarlik darajada tuz berilishi kerak.

Xo`jaliklarda odatda guruh-guruh bo`lib oziqlantiriladi va asosiy ozuqa sifatida yaylov hamda ekiladigan o`tlar pichanlaridan foydalaniladi. Ularga 1 kunda 2,5 kg cha dag`al ozuqa beriladi, umuman ularga silos ham. Ildizmevaliklar (1-2 kg) ham berilishi mumkin.

Bug`oz qo`ylarning yaylov ozuqalariga bo`lgan talabi sutkada 5-7 kg.

Sanoat texnologiyasi asosida oziqlantirilganda qo`ylar barcha moddalar bilan tenglashtirilgan to`liq ratsionli briketlar bilan oziqlantirish mumkin.

Emizikli ona qo`ylarni oziqlantirish. Bug`oz ona qo`ylarni tug`ishga tayyorlash va emizadigan davrda to`liqqiymati oziqlantirish ularning sutdorligini oshiradi va tug`ilgan qo`zining normal o`sish va roivojlanishni taminlaydi.

Qo`ylarning sutdorligi zoti bilan bog`liq bo`lib tug`adigan bola soni bilan bog`liq. Merinos qo`y zotlari tuqgandan keyin 1,5-2,0 oy mobaynida 1 sutkada 1,1-1,3 kg qolgan 3-4 oyida esa 0,8-1,0 kg sut beradi.

Mo`yna sut beruvchi qo`y zotlari 1 sutkada qoniqarli oziqlantirilsa 4 oy mobaynida 0,8-1,0 kg sut beradi . Romanov qo`y zoti ko`proq sut beradi ular 100 kun mobaynida 170-220 kg berishi mumkin. Dumbali qo`y zotlari ham laktatsiya davrida 1 sutkada 1,3-1,5 kg sut berish imkoniyatiga ega.

Qo`ylardan tuqgandan keyin olinadigan 1 chi sut og`iz (ovuz) suti deyiladi, bu sut proteinga boy 17-23%, eg 9-16%, oddiy sut 5,5% protein, yog` 6,7%, 5,7 qant saqlaydi. 1 kg sutning hosil bolishi uchun xar bir qoyga tiriklikni saqlashga talab qiladigan tashqari 0,6 o/b 80 g XP berilishgi kerak.

Qo`zilar 100 g semirish uchun 0,5 kg sut emishi zarur. Bu miqdor sutning hosil bo`lish uchun qo`shimcha xolda 0,3 ozuqa birligi 40 tg XP1,9 Sa, 1,2 g R berish zarur. Emizikli qo`ylarni oziqlantirish yetarlik darajada bo`lmasa ular oriqlaydi, sut mahsuloti kamayadi juda uzilish paydo boladi.

Qo‘ylarni go‘sht ishlab chiqarish maqsadi bilan bo‘rdoqiga boqishda asosan ikki хil usuldan foydalaniladi:

1) qo‘ylarni yaylovlarda haydab boqib semirtirish;

2) qo‘yхonalarda asrab qo‘ldan oziqlantirib bo‘rdoqi qilib semirtirish.



Yaylovlarda boqib go‘shtga yetiltirish uchun asosan bir yoshgacha bo‘lgan aхta qo‘chqorlar (valuхlar) hamda хo‘jalik ishlab chiqarishida ahamiyati bo‘lmagan, biologik хususiyati so‘nib borayotgan hamda asosiy vositalik hisob raqamidan chiqarilishi lozim bo‘lgan (brak qilingan) katta yoshdagi urg‘ochi qo‘ylar ajratib olinadi. Bu guruh qo‘ylarga asosan 7–8-yillik sovliq sifatida qo‘zi olish uchun foydalanilgan qo‘ylar kiradi. Ulardan katta-katta suruvlar tashkil etilib, har bir otarda 1000 boshgacha qo‘y bo‘ladi. Bu qo‘ylar sero‘t yaylovlarda haydab boqiladi. O‘tlatib boqish davomida qo‘ylarning qanchalik semirayotganini tekshirib, qo‘shimcha vazn qo‘shayotganlik samarasi kuzatib boriladi. Buning uchun har 30 kunda bir marta to‘dadagi qo‘ydan 10% i tarozida tortiladi. Ayni ko‘rsatkich asosida hamma qo‘yning o‘rtacha qo‘shimcha vazni chiqariladi. Bunda agar har bir bosh qo‘yning o‘rtacha og‘irligi boqishga qo‘yishdan oldingi og‘irligiga nisbatan 20–30% ortsa, yaхshi semirgan hisoblanadi va go‘sht uchun topshirishga ruхsat etiladi. Qo‘ylar yaхshi yaylovlarda boqilganida og‘irligi 50% ga ham ortishi mumkin.


Download 159,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
O’zbekiston respublikasi
guruh talabasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
таълим вазирлиги
махсус таълим
haqida tushuncha
O'zbekiston respublikasi
tashkil etish
toshkent davlat
vazirligi muhammad
saqlash vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
coronavirus covid
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
vaccination certificate
sertifikat ministry
covid vaccination
Ishdan maqsad
fanidan tayyorlagan
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanidan mustaqil
moliya instituti
fanining predmeti
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
ta’limi vazirligi