doirasiga tushishligini aniqlash va ularni tekshirilayotgan ob’ekt
belgilari bilan
qiyoslashdir.
4. Patentanalog izlash va uni tahlil qilish.
Bu jarayonda mamlakat imkoni
bo’yicha tekshirilayotgan ob’ekt patent sofligiga ega emasligi belgilanadi.
5. Xalaqit beruvchi patentlarni berish qonuniyligi va ular
faoliyatini tekshirish, zarur hollarda xalaqit beruvchi patentni rad etish
imkoni, uni yaroqsizga chiqarish yoki bekor qilishni aniqlanadi. Masalan, etkazib
beriladigan mamlakat
A
patentga ega. U bizning eksport ob’ektimizga nisbatan
patent sofligiga ham ega. Biroq, O’zbekiston Respublikasida berilgan, mazkur
sanoat mulkini yoki uning qismini patent singari muhofaza qiluvchi guvohnoma
mavjudligi ayon bo’ladi. Ustiga-ustak mazkur patent e’lon qilish
patent
A
ustuvorligi sanasidan avval amalga oshirilgan. Bunday paytda patent
A
to’liq yoki
qisman noto’g’ri berilgan deb xulosa chiqarish mumkin. Malakali tekshirishdan
so’ng patent
A
shunday patentga mos kelganligi uchun, agar patent egasi o’z
da’vosini qoniqtirishlikni qat’iy talab etsa, patent berilgan mamlakatda uni rad
etish masalasini qo’yish mumkin. Bunda, yana shuni e’tiborga olish kerakki,
hamma vaqt ham berilgan patent bekor qilishlik jarayonini o’zaga ma’qul
kelavermaydi. Ba’zan patentni rad etmagan holda patent egasi bilan kelishish ham
maqsadga muvofiq.
Ekspertizaning yakuniy bosqichi uch qismni o’z ichiga oladigan ishlar:
1. Tekshiruv natijalari asosidagi xulosa
.
Avvalgi bosqichlar barcha
qismlari har biri bo’yicha olib borilgan ish natijalarini atroflicha baholash
asosida sanoat ob’ekti hamma turlariga nisbatan tekshiruv o’tkazilgan barcha
mamlakatlardagi ob’ektlar patent sofligi, haqida xulosa chiqariladi.
2. Ob’ektdan foydalanish imkoni, odatidagi tavsiyalar.
Xalaqit beruvchi
patentni chetlab o’tish imkoni ko’rib
chiqiladi, litsenziya sotib olish zarurati
aniqlanadi va h.k. tadbirlar baholanadi.
3. Ekspertiza hujjatlari asosida rasmiylashtirish.
Ekspert belgilangan
shaklda ob’ektni patent sofligini tekshiruvi haqida xulosa chiqaradi va
quyidagi ish beruvchi patent formulyarini tuzadi.
Etkazib beriluvchi mamlakatda patent ta’sir doirasiga ayrim konstruktiv
echimlar yoki bosha eksport ob’ektini tashkil etuvchi unsurlar kirsa, bu etkazib
beriluvchi mamlakatga nisbatan ob’ektni, to’liqligicha, patent sofligidan mahrum
etadi.
Ob’ektga taalluqli qurilma, usul, modda yoki ularning ismi patent sofligiga
ega bo’lmasa, bunday holda ba’zan ularda patentni chetlab o’tish, ob’ektni patent
soflishdan mahrum qilganlarida tegishli o’zgarish kiritish ko’zda tutiladi, ammo
sifat yomonlashuviga yo’l qo’yilmaydi. Agar ob’ekt sifatini yomonlashtirmay
patentni chetlab o’tish imkoni bo’lmasa, odatda boshqa yo’l tutish tavsiya etiladi,
ya’ni patentlashgan qism, detal, usulga litsenziya sotib olishlik taklifi qo’yiladi. Bu
mazkur ob’ektni eksport qilishdan boshqasi bilan almashtirish imkoni bo’lmagan
taqdirda amalga oshirilishi mumkin.
Patent formulyari
rasmiy hujjat bo’lib, ob’ekt (qurilma, usul va modda)
patent sofligidan guvohlik beradi. Mazkur hujjat asosida muayyan ob’ektni chet
elga chiqarish mumkinligi masalasi hal etiladi. Unga barcha ishlab chiqilayotgan
97
ob’ekt (qurilma, usul, modda) ni tashkil etuvchi asosiy unsurlar (qismlar, detallar,
usullar, konstrustiyalar) haqida ma’lumotlar kiritiladi.
Mazkur ob’ektni ishlab chiqaruvchi korxona
yoki shu buyumni ishlab
chiqaruvchi tashkilot va bosh korxona boshqa-boshqa bo’lsa, bunday holda mazkur
ob’ektni ishlab chiqaruvchi korxona yoki tashkilot patent formulyarini yoki uning
qismini tegishli tarzda tuzishi shart. Korxona va tashkilotlar eksport ob’ektiga
kirgan detal, qism va hokazolarni tayyorlash (ishlab chiqarish) ga buyurtma
olgach, eksport ob’ektini chiqaruvchi zavod tayyorlovchiga to’ldirilgan patent
formulyarini, buyurtma olgandan so’ng tezda yoki mazkur detal yoxud qismlarni
ishlab chiqishni yakunlagach yuborishi shart.
Buyurtma olmagan va boshqa korxonalar eksport ob’ektida foydalanadigan
mahsulotni chiqaruvchi korxona va tashkilotlar mazkur korxona va tashkilotlarning
talabi bo’yicha patent formulyarini ham olmay yuborishga majbur. Formulyarni
tegishli jadvalini to’ldirgandan so’ng tegishli qurilma, usul va modda
tekshirilganligi natijasi haqida umumiy xulosa chiqariladi. Ob’ekt
qanday
mamlakatlarga nisbatan patent sofligiga ega yoki ega emasligi umumiy tarzda
ko’rsatiladi.
Patent formulyariga korxonada uni tuzish topshirilgan muhandis, formulyar
to’g’ri tuzilishi bo’yicha mas’ul bo’lgan patent bo’limi muhandisi va bosh
muhandis imzo qo’yadi.
O’zbekiston Respublikasining texnikaviy hamkorligida chet elda
qurilayotgan korxona loyihasining patent sofligini ta’minlash ba’zi o’ziga xos
jihatlari bilan ajralib turadi, zarur hujjatlarning tuzilish tartibi ham ajralib turadi.
Bunday hollarda patent sofligini ta’minlash bosh loyihalovchi zimmasiga
yuklanadi. Bosh loyihalovchi loyihalanayotgan ob’ektdan foydalanish uchun
patent sofligiga ega texnologik jarayonlarni tanlaydi. Loyihalashning ilk
davridayoq u loyihalanayotgan zavod kelajakda chiqaradigan
mahsulot patent
sofligini ham ta’minlashi shart.
Bosh etkazib beruvchini talabi bo’yicha barcha korxona va tashkilotlar
loyihaga kiritilgan o’zlari ishlab chiqadigan yoki tayyorlaydigan qurilma (usul)lar
patent sofligi to’g’risida ma’lumotni, olmay etkazib berishga majburdirlar. Bu
ma’lumotlar formulyardan ko’chirmalarda yoki formulyarning o’zida bo’lishi
mumkin.
Butun ob’ektni loyihalash tugagandan so’ng bosh etkazib beruvchi butun
ob’ekt patent sofligiga egaligi haqidagi xulosani boshqa bosh etkazib beruvchi
vazifasini o’tovchi tashkilotga yuboradi. Bunday holda patent formulyari
to’ldirilmaydi.
Ham patentli, ham patentsiz (Nou-Xau), shuningdek aralash holdagi
O’zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy yutuqlarga barcha chet el firmalari
tomonidan sotiladigan litsenziyalar ob’ekti barchasining patent sofligi tekshiriladi.
Listenziya ob’ektlari patent sofligini ta’minlash va o’tkazish bosh korxona-
litsenziya ob’ektini ishlab chiquvchi zimmasiga yuklanadi.
Bunday holda, agar
litsenziya ob’ektida boshqa korxonalarda ishlab chiqilgan texnikaviy echim (ham
patentlashtirilgan, ham patentlashtirilmagan) mavjud bo’lsa, bosh korxona ulardan
shunday texnikaviy echimlar patent sofligi to’g’risidagi ma’lumotni (patent
98
formulyarini) talab qilish huquqiga ega, zarur holda esa ekspert xulosasini ham
talab qila oladi, bular unga haq olmay yuboriladi. Patent sofligini tekshirish
litsenziya sotish maqsadga muvofiqligi haqidagi qarorni qabul qilguncha
tugallanishi kerak.
Listenziya sotish va sotib olish, ularni hujjat asosida rasmiylashtirish tartibi.
Ichki va tashqi litsenziya va patent bozori barpo etilishi munosabati bilan
litsenzion bitim, shartnoma, kontraktlar ishlab chiqarish bo’yicha asosiy qoidalarni
egallash va litsenziyaning mo’ljallanayotgan qiymatni hisoblash yuqori darajada
dolzarblik kasb etmoqda
Listenziya - sanoat mulki ob’ektlari, nou-xau va boshqa ilmiy-texnikaviy
yutuqlardan foydalanish uchun muayyan to’lov asosida huquqini berishi mumkin.
Bularni huquqiy nuqtai nazardan ikki guruhga bo’lish mumkin. Birinchi
Do'stlaringiz bilan baham: