va notijorat maqsadlarida foydalanish;
sinov-tajriba maqsadlarida fondalanish;
boshqa navlar yoki zotlar yaratish
uchun
dastlabki
nav yoki zot sifatida
foydalanish;
korxona, xo’jalik
patent egasidan
olgan navli
urug’lik va nasl
materialdan
ikki
yil davomida takror etishtirish
uchun ana
shu
korxona, xo’jalik
hududida foydalanish
patent egasining
huquqlarini
buzildi deb e’tirof etilmaydi.
1.2.4. Intellektual mulk ob’ektlarini muxofazalash sohasida xalqaro
kooperastiya
Bugungi kunda jahondagi har bir mamlakat o’zi alohida yashay olmaydi.
Halqaro savdo, investitsiyalarning bir davlatdan ikkinchisiga o’tishi, qo’shma
korxonalarning faoliyat ko’rsatishi va hamkorlikning boshqa shakllari allaqachon
jahon iqtisodiyotining ajralmas omili bo’lib qoldi.
Bundan tashqari yil sayin jahonda iqtisodiy integrastiya jarayonlarining
kuchayib borishi kuzatilmoqda.
Raqobat kurashi sharoitida faqat ishlab chiqarishning yaxshilangan usullarini
qo’llanish yoki texnik-iqtisodiy va iste’mol (shu jumladan tashqi ko’rinishi va
savdo imiji) xususiyatlari yaxshilangan tovarlarni yaratish yo’li bilan qo’shimcha
foyda olish mumkin.
Shu munosabat bilan intellektual mulk ob’ektlari, xususan, ularning asosiy
xususiyati – qo’shimcha foyda “keltiruvchi” sifatidagi roli tobora oshib bormoqda.
Bugungi kunda yangi intellektual mulk ob’ektlarini yaratish, ularni ishonchli
muhofazalash va samarali foydalanish (shu jumladan bu ob’ektlarini sotish) har
qanday korxona, firma, korporastiya muvaffaqiyatining ajralmas elementi bo’lib
qolmoqda. Tabiiyki, turli davlatlarda intellektual mulkni muhofazalashning bir-
biridan farq qiladigan tartiblari talabnoma beruvchilar uchun ixtirolarni patentlash,
tovar belgilarini ro’yxatga olishni murakkablashtirar, bu esa xalqaro savdo-sotiq
iqtisodiyotini rivojlantirish yo’lida jiddiy to’siq bo’lar edi.
Shuning uchun intellektual mulk huquqlarini rivojlanishining butun tarixi
davomida davlatlar intellektual mulk ob’ektlarini muhofazalash masalalariga
yondashuvlarni bir xillashtirish yo’llarini faol izlamoqda. Bu muammolar
intellektual mulk sohasida xalkaro hamkorlikni zarur qilib qo’ydi.
Intellektual mulkni muhofazalash sohasidagi xalqaro hamkorlikning maqsadi
turli davlatlar ichki qonunchiligining ayrim qoidalarini bir xillashtirish, intellektual
28
mulk sohasida xalqaro standartlar va me’yorlar ishlab chiqish yo’li bilan turli
mamlakatlarda intellektual mulk huquqlarini muhofazalashni engillashtirish uchun
shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Xalqaro munosabatlarda huquqlarning asosiy manbai xalqaro bitim,
shartnomalardir. Xalqaro shartnoma bu xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan
davlatlar o’rtasidagi kelishuv bo’lib, unda o’zaro huquq va majburiyatlar belgilab
beriladi.
Intellektual mulk sohasidagi asosiy xalkaro bitimlar Butunjahon intellektual
mulk tashkiloti (BIMT) doirasida birlashtiriladi. BIMT Stokgolmda 1967 yilda
imzolangan va 1970 yilda kuchga kiritilgan konvenstiya bilan ta’sis etilgan. BIMT
BMT ning 16 ta ixtisoslashgan muassasalaridan biridir. BIMTning ma’muriy
vazifalarini bajaradigan Kotibiyati “BIMTning Xalqaro byurosi” deb ataladi.
Sanoat mulkini muhofazalash bo’yicha Parij Konvenstiyasi intellektual
huquqlar sohasidagi birinchi, eng umumiy xalqaro bitim bo’ladi. Parij
Konvenstiyasi 1883 yilda tuzilgan. Konvenstiya hozirgi vaqtda amal qilayotgan
tahriri 1979 yilda Stokgolmda qabul qilingan bo’lib, 2000 yil 1 yanvardagi
ma’lumotlarga ko’ra 162 davlat, shu jumladan 1993 yil 18 avgustda Konvenstiyaga
a’zo bo’lgan O’zbekiston ham uning ishtirokchilari hisoblanadi.
Konvenstiya ixtiro, foydali model, tovar belgilari, sanoat namunalari, firma
nomlari, tovarlarning kelib chiqish joylari, nomlari kabi ob’ektlarni muhofazalash,
shuningdek nohalol raqobatning oldini olishning umumiy asoslari, tamoyillarini
belgilab beradi. 1970 yilda Vashingtonda tuzilgan Patent kooperastiyasi
to’g’risidagi shartnoma (RST) eng muhim xalqaro shartnomalardan biridir. RST,
birinchi navbatda, ixtirolarga bir necha mamlakatda muhofaza olishni
osonlashtirish va arzonlashtirishga yo’naltirilgan. Shartnoma shuningdek
rivojlanayotgan mamlakatlar patent tizimining ish samaradorligini oshirish va bu
mamlakatlar aholisining ilg’or texnik echimlar, ixtirolar to’g’risidagi axborotlardan
foydalanishini osonlashtirish yo’li bilan ularning iqtisodiy rivojlanishini
rag’batlantirishga xizmat qiladi. O’zbekiston 1993 yilda RST a’zosi bo’ldi.
Endi xalqaro klassifikastiya bitimlariga o’tamiz.
Ixtirolar sohasida 1971 yilda tuzilgan Xalqaro patent klassifikastiyasi
to’g’risidagi Strasburg bitimining maqsadi patent hujjatlarini mufassal ierarxik
indeksastiyalash va qidirishning yagona tizimini yaratishdan iboratdir. Bu bitim
bilan Xalqaro patent klassifikastiya (XPK) ta’sis etilgan bo’lib, u texnikaning
hamma sohasini 70000 dan ortik kichik ruknlardan iborat sakkizta asosiy bo’limga
ajratadi. XPK turli patent-axborot tadqiqotlari, patent ekspertizasini samarali
o’tkazish imkonini beradi, bu esa patent axborotini tezkor va tijorat nuqtai
nazaridan qimmatli axborotlar manbaiga aylantiradi. Hozirgi vaqtda XPKdan
deyarli barcha davlatlar va tashkilotlar keng foydalanmokda. XPK to’g’risidagi
Bitim doirasida Ittifoq tuzilgan bo’lib, u o’z Assambleyasiga ega. Assambleya
Ittifoqning byudjeti va ikki yillik dasturini qabul qiladi.
Butunjahon Savdo tashkiloti (BST) ta’sis etilishi intellektual mulk
sohasidagi xalqaro korporastiya rivojlanishiga turtki bo’ldi. Intellektual mulk
huquqlari bo’yicha eng asosiy jihatlarni bir xillashtirishga qaratilgan eng so’ngi
yo’nalishlar Intellektual mulk huquqlari bo’yicha savdo masalalari to’g’risida
29
Bitim (TRIPS) da mujassamlashdi. Uning loyihasi 1994 yilda BSTning Urugvay
raundi davomida taklif etilgan edi. Bugungi kunda TRIPSga qo’shilish har bir
davlatning BSTga kirishi uchun zarur shartdir.
Albatta, intellektual mulkni muhofazalash sohasidagi xalqaro kooperastiyani
kuchaytirish, milliy qonunchilikni uyg’unlashtirish davlatlar va mintaqalarning
industrial, iqtisodiy va ijtimoiy o’sishi yo’lida xalqaro iqtisodiy munosabatlarni
rivojlantirishda tobora katta ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |