S. A. Salixov «patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatlash» fanidan Darslik toshkent – 2010


Xalqaro patent tasnifi va tizimlari



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/94
Sana31.03.2022
Hajmi1,15 Mb.
#521299
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   94
Bog'liq
PATENTSHUNOSLIK-LITSENZIYALASH-VA-SERTIFIKATLASH

1.9. Xalqaro patent tasnifi va tizimlari
1.9.1. Butun jahon intellektual mulk tashkiloti.
1.9.1. Butun jahon intellektual mulk tashkiloti.
Butun jahon intellektual mulk tashkilotining tarixi 1883 va 1886 yillardan - 
Sanoat mulkini muhofaza qilish Parij konvenstiyasi va Adabiy va badiiy asarlarni 
muhofaza qilish Bern konvenstiyasi qabul qilingandan boshlangan. Bu 
Konvenstiyalar "Xalqaro byurolar" deb nomlangan o’z kotibiyatlarini tashkil 
etishni ko’zda tutgan edi. 1893 yilda bu ikki kotibiyat "Intellektual mulkni 
muhofaza qilish bo’yicha birlashgan xalqaro byurolar" yoki franstuz tilida 
qisqartirilgan BIRPI nomi ostida yagona kotibiyatga birlashtirildi.
Hozirgi Butun jahon intellektual mulk tashkiloti (qisqartirilgan shaklda 
"BIMT", ingliz tilida - "WIPO", franstuz va ispan tillarida — "OMRI") 1967 yil 14 
iyulda imzolangan "Butun jahon intellektual mulk tashkilotini ta’sis etish 
Konvenstiyasi"ga muvofiq tuzilgan. Bu Konvenstiya 1970 yilda kuchga kirgan.
Hozirda BIMT Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tizimi tarkibiga (1974 
yil dekabridan) kiruvchi ixtisoslashgan muassasadan iborat.
2001 yil 1 yanvariga kelib tashkilot 175 davlatni birlashtirdi.
BIMTning faoliyati ko’p qirralidir. U milliy qonunchiliklarni 
zamonaviylashtirish bo’yicha yangi xalqaro bitimlar va loyixalarni ishlab chiqish 
bilan shug’ullanadi, rivojlanayotgan mamlakatlarga texnik yordam ko’rsatadi, 
patent ma’lumotlarini yig’adi va tarqatadi, oylik jurnallar (xususan, "Sanoat mulki" 
va "Mualliflik xuquqi” jurnallarini) chiqaradi, intellektual mulk ob’ektlarini 
himoya qilish sohasida xalqaro tartiblarning bajarilishini ta’minlaydi, BIMT a’zo 
davlatlari orasida boshqa ko’rinishdagi ma’muriy hamkorlikni rivojlantirishga 
ko’maklashadi.
BIMT o’z faoliyatida quyidagi asosiy maqsadlarni ko’zda tutadi:
1. Davlatlar o’rtasida hamkorlik, shuningdek, boshqa ixtiyoriy xalqaro 
tashkilotlar bilan o’zaro aloqa yo’li bilan butun jahonda intellektual mulkni 
muhofaza qilish va undan foydalanishga ko’maklashish.
Intellektual mulkni muhofaza qilish sohasida Ittifoqlar o’rtasida ma’muriy 
hamkorlikni ta’minlash. Parij Ittifoqi, Bern Ittifoqi, Madrid Ittifoqi, RST Ittifoqi va 
hokazo.
Shunday qilib, BIMT tarkibiga kiruvchi ittifoqlarni ma’muriy boshqaradi va 
boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Hozirgi kunda sanoat mulki va mualliflik xuquqi sohasida 20 dan ortiq 
116


xalqaro konvenstiya, shartnoma va bitimlarning bajarilishi BIMT nazoratida 
turibdi.
BIMT Konvenstiya doirasida ta’sis etilgan uchta rahbarlik organiga ega: 
Bosh Assambleya, Konferenstiya va Muvofiqlashtirish komiteti.
BIMTning yuqori organi Bosh Assambleya hisoblanadi. Bosh Assambleya 
BIMT faoliyatining asosiy masalalarini xal qiladi, xususan, Muvofiqlashtirish 
komissiyasining taqdimotiga ko’ra BIMT Bosh direktorini tayinlaydi, Bosh 
direktor va Muvofiqlashtirish komissiyasining hisobotlarini ko’rib chiqadi va 
tasdiqlaydi va ularga zarur yo’riqnomalar beradi, barcha Ittifoqlarga umumiy 
bo’lgan ikki yillik xarajatlar byudjetini tasdiqlaydi, kotibiyatning ish tillarini 
aniqlaydi, shuningdek boshqa ko’pgina masalalarni hal qiladi.
BIMT Konferenstiyasi muhimligi jihatidan BIMTning ikkinchi organi 
hisoblanadi. Assambleyadan farqli ravishda, ittifoqlarda ishtirokidan qat’i nazar 
barcha BIMT a’zo mamlakatlari Konferenstiya a’zosi
hisoblanadi. 
Konferenstiyaning vazifalariga intellektual mulk sohasida barcha mamlakatlarga 
umumiy ahamiyat kasb etadigan masalalarni muhokama qilish va ular bo’yicha 
mos tavsiyanomalar qabul qilish kiradi. 
BIMTning uchinchi organi asosan barcha Ittifoqlar uchun ahamiyatli bo’lgan 
kelishuv tavsiyanomalarini ishlab chiqish uchun tuzilgan Muvofiqlashtirish 
komiteti hisoblanadi. Xususan, Muvofiqlashtirish komiteta Assambleya va 
Konferenstiyaning kun tartibini tayyorlaydi, Assambleyaga Bosh direktor 
lavozimiga nomzodni taqdim etadi va hokazo.
Bosh Assambleya va Konferenstiya navbatdagi sessiyalarga ikki yilda bir 
marta yig’ilsa, Muvofiqlashtirish komiteti o’z sessiyalarini yilda bir marta 
o’tkazadi.
Talabnoma beruvchilar tomonidan RST, Madrid va Gaaga tizimlari bo’yicha 
to’lanadigan xalqaro bojlar Xalqaro byuroning asosiy daromad manbai 
hisoblanadi. Bunday bojlar, odatda, BIMT daromadlari umumiy yirindisining 
73%ni tashkil etadi. BIMTning boshqa daromadlari unga a’zo davlatlarning 
hukumatlari to’laydigan badallar (o’rtacha 18%) va BIMT nashrlarini sotishdan 
tushadigan daromadlardan tashkil topadi.
BIMT shuningdek rivojlanayotgan mamlakatlarda patent tizimining 
shakllanishiga texnik va moliyaviy yordam ko’rsatadi. 
Shunday qilib, BIMT faoliyati butun jahonda intellektual mulk xuuquqlarini 
muhofaza qilish tizimini takomillashtirish uchun mustahkam asos yaratadi.

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish