Qisqa vaqtli etyud. Gullar.
Gullar etyudi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Qisqa muddatli etyud-
larni bajarish maqsadi tur
licha bo'lishi mumkin: bir
holatda etyud uzoq davomli
ish oldidan bajariladi va
unda naturadagi rang mu
nosabatlari tahlil qilib o'r-
ganiladi hamda uning kolo-
ritiga hos birinchi taassu-
rotlar belgilanadi: boshqa
Natyurm0rt
etyudi.
holda esa — shakllarni
qo'shimcha va puxtaroq o'rganish maqsadida uning mayda
bo'laklari (inson qo'lining etyudi, manzaraning ayrim
bo'laklari) aniqlanadi. Rangtasvirning ayrim qonuniyat
larini puxta o'rganish uchun dala amaliyotida etyudlar
bajariladi: umumiy yoritganlik holati, kolorit yaxlitligi va
h.k. Manzaraning etyudini tasvirlashda har doim yorug'lik
tez-tez o'zgarib turadi. Hattoki quyosh bulutlar ortida
bo'lsa ham, u manzaraga bevosita ta’sir qiladiki, seansni
boshlanishida va so'nggida manzaradagi yorug'lik holati
doim turlicha bo'ladi.
Natyurmortning umumiy tus va rang holatini xona-
ning ichki sharoitida aniq kuzatish uchun tuzilgan sodda
natura qo'yilmalari bilan bir nechta qisqa muddatli ety
udlar bajarilsa, ammo yorug'lik manbai har xil maso
fada joylashtirilgan bo'lsa, ya’ni deraza yaqinida, xona
o'rtasida va derazadan uzoqlashgan holatda (xonaning
ichkarisida). Dastlabki natyurmort qo'yilmasi derazaga
yaqinroq joylashtiriladi, natijada u boshqalarga nisbatan
kuchliroq yoritilgan bo'ladi. Keyingi qo'yilmalarni yori-
tilishi esa biroz sustroq bo'ladi. Bu o'quv qo'yilmalari
orqali etyudlardagi soya-yorug', rang hamda yoritilishni
pasaytirilishi yoki kuchaytirilishiga bog'liq holda etyudn-
ing umumiy tus va rang holatini qanday ko'rinishini
namoyish etiladi.
Koloritga, ya’ni rang qatorining birligi va uyg'unligiga
hos qisqa fursatli etyudlar bajarish muhimdir. Bunday
www.ziyouz.com kutubxonasi
maqsadli qo ‘yilmalarda qandaydir m a’lum bir rang us-
tun turishi kerak. Masalan, natyurmortni sun’iy issiq
yorug'lik bilan yoritish mumkin. Bunday etyudlarda may
da bo'laklarni batafsil ishlab chiqishga hojat yo'q. Muhi-
mi, rang gammasini, uning birligi va uyg'unligini tushu
nib yetkazish. Qisqa muddatli etyudlardagi qo'yilmalarni
issiq va sovuq gammalarda almashtirib turish lozim.
Yosh rassomning uzluksiz mashqlari natijasida, rang-
lardagi nozik o'zgarishlarni farqlashga, kuzatuvchanlikni
rivojlanishiga, rang-baranglikni sezishga, hamda tasviriy
vositalami mohirona egallashiga zamin yaratadi. Tajribali
rassomlarning etyudlarini kuzatganda ularning nihoyatda
nafis va jozibali tasvirlanganiga havas bilan qaraymiz. Na-
turaning rangdor koloritli holatini mohirona tasvirlash
mahorati uzluksiz amaliy ishlash natijasida erishiladi.
Shunday qilib, naturaning asosiy obyektlari orasidagi
umumiy va katta ranglar munosabatini ma’lum tus va
ranglar ko'lamida saqlanganligi rangtasvirning asosidir.
Shular asosida obyektlarning keyingi ranglarda ishlashn
ing o'ta nozik jarayoni amalga oshiriladiki, bu tabiatni
diqqat bilan kuzatish, uni jonli his etish natijasidir. Buning
ustiga, rangli tasvir natyurmortning alohida buyumlari
yoki manzara obyektlarini nushasini yuzaki ko'chirish
orqali yaratilmaydi, u buyumlarning rang munosabatlari
va ularning fazoviy kenglik bilan birga o'zaro bog'liq hol
da, yaxlit obraz asosida rassomning idrok etishi natijasida
quriladi. Har qanday natura qo'yilmasini yaxlit obraz si
fatida qabul qilish lozim. Natyurmortning turli narsalar
dan tuzilganligini, masalan, qum g'on, olma, piyola;
manzarada esa — alohida osmon, o'rmon va yiroqdagi
ko'kimtir tog'larni ma’lum vaqtga yoddan chiqarish ker
ak. Naturaga bunday qarash orqali buyumlarning shaxsiy
rangini ko'rish mumkin — bu rangli kartinaning bir qis
mi xolos, ranglarning jarangdorligi, uning yaxlitligi tas
virlash mobaynida namoyon bo'ladi, bu esa xuddi turli
musiqa asboblarida ijro etilayotgan yaxlit simfonik asar
singari jaranglaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |