Yuqorida bajarilgan mashqlar, asosan, boshning rang-
tasviriga qaratilgan edi. Portret kompozitsiyasi, badiiy
obraz, umuman ijodiy vazifalar to‘g‘risida so‘z yurit-
madik. Kompozitsiya darslarida bu mavzu muhim o‘rin
tutadi. Rangtasvir hususiyati ustida gap ketganda bu mav-
zuga qo‘shimcha ijodiy portretning ba’zi bir talablari ha-
qida fikr yuritsak.
Portretning to‘g‘ri topilgan yechimi uning plastik xa-
rakteristikasi, ruhiy holati, psixologiyasini, shuningdek,
uning millatini ham aniq ochib beradi.
Tomoshabinning asosiy diqqati portretning bosh, yuz
qismiga ko'proq qaratilgan bo‘ladi. Portretda eng muhimi
uning ko‘rinishi va yuz ifodasidir. Aynan shu ifodada in-
Do'stlaringiz bilan baham: |