Bu rangtasvir qo'yilm asi ham o ‘ziga xos xususiyatga ega. Quyoshda yoritilgan natura rangini to‘g ‘ri olishda pa- litradagi b o ‘yoqlar bor kuchida ishlatiladi. Quyoshda yori tilgan obyektni, xona sharoiti kabi holatidek bor kuchida ifodalash biroz qiyin. Bironta rang yoki tusni aynan o ‘zidek olish mumkin emas. M asalan, osm on rangi va tusini tas virlashda xuddi o'zidek rangini topish mushkul. Faqatgina o'zaro rang — tus m unosabatlarini saqlagan holda asliga yaqinlashtirish mumkin xolos. Plener sharoitida odam boshi yoki gavda rangtasvirini ishlashda yuqorida aytib o ‘tilgan o ‘ziga xoslikni o ‘zlashtirib olish bilan birgalikda taniqli rassomlar ijodidagi plener rangtasvirini o'rganish, tahlil qilish kerak. Plener rang- tasvirida ijod etib, yuqori darajaga erishgan k o‘pgina rassomlar ijodini o ‘rganish k o ‘proq samara beradi.