Agar rassom portret yozishda yetuk texnik usulni
o‘zlashtirgan bo‘lsa, dadil xarakatlar bilan rang va tus
munosabatlarini mohirona uyg‘unlashtira olsa bu uning
ulkan yutug'idir.
O d a m q o m a t i n i t a s v i r l a s h
Odam gavda rangtasvirini ishlashdan oldin, uning mu-
kammal qalamtasviri, konstruktiv qurilishi umumiy, yaxlit
shakl va mayda boMaklar ifodasini puxta o'rgangan bo‘lishi
kerak. Shaklni mohirona topa bilish, nisbatlarni to‘g‘ri
aniqlash, yaxlit va mayda detallarning anatomik va konst
ruktiv qurilmasini to‘g‘ri topish natijasida ko'zlangan
natijaga erishish mumkin.
Rangtasvir — shaklning to'g'ri qurilishi tus va rang
yechimining birligidadir. Kimki grizayl texnikasida odam
tasvirini maromiga yetkazib bajara olsa, rangtasvirni ham
muvaffaqqiyatli chiqishiga zamin yaratgan boiadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |