7-Mavzu. Iqtisodiy reformalar, xususiylashtirish mexanizmlari. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning
o’ziga mos xususiyatlari.
Reja:
1.O’bekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga o’tishning shakillanishi, uning o’ziga mos xususiyatlari
2.İqtisodiy reformalarning beshta printsipining amalga oshirish mexanizmi. Bazar infratu’zilmasining shakillanishi, qishloq xujalig’i va sanoat tarmoqlaridagi reformalar.
3.Makroekonomik davlat modernizatsiya va diversifikatsiya etilishi, bank-finans va soliq sistemasidagi reformalar.
Vatanimiz mustaqilikni qulga kiritgach, taraqqiyotning qaysi yulidan borip, milliy iqtisodiyotni rivolantirishda kanday tamoyillarga tayanish kabi bir qarashda jun kurinadigan, lekin xiyla murakkab va ziddiyatli, mamlaktning taqdiri bilan bog’lik uta muxim muammolarga duch keldi. Mamlakat Prezidenti bu iqtisodiy, ijtimoiy – siyosiy muammolarni xal etishga qaratilgan davlat qurilishi va iqtisodiyotni tubdan isloh qilishning besh asosiy tamoyili (qoidasi) ni ilgari surdi. Yurtboshimiz O’zbekistonning iqtisodiy siyosati, yangilanish va ijtimoiy taraqqiyot yulining umumiy printsplari va o’ziga xos xususiyatlari tug’risida dastlab 1992 yilda «O’zbekistoning uz istixlol va taraqqiyot yuli» deb nomlangan risolasida fikr yuritgan edi. Sungra 1993 yilda elon qilingan «O’zbekiston – bozor munosabatlariga utishning o’ziga xos yuli» asarida tub iktisodiy islohatlarni amalga oshirishning beshta printsipi (tamoyili) ni chukur va atroflicha ilmiy asoslanadi.
Iqtisodietni mafkura akidalaridan xoli qilish, davlat bosh islohatchi ekani, bozor munosabatlariga bosqichma – bosqich utish zarurligi, xaetning barcha sohalarida qonun ustivorligini taminlash lozimligi, kuchli ijtimoiy siyosat yurgizish anashu beshta asosiy tamoyillarni tashkil etadi. Bozor munosabatlariga utish buyicha qabul qilingan xujjatlarning aksariyati ushbu tamoyillarga asoslangan eki ularni rivojlantrishga, exud ularni xaetga tatbik etishga bag’ishlangan. Bu qoidalarning naqadar tug’ri ekanini xaet tula tasdiqlanadi, shu bois, ular hozir ham, bundan keyin ham uz aqamiyanini yuqotmaydi. Zotan, besh tamoyil bozor munosabatlariga tayangan mustaqil, milliy iqtisodiyotning asosiy shakli va shamoyillarini tarkib toptirish va uni iqtisodiy yuksalish sari izchi xarakatlantarish imkonini berdi. Chunki ular mamlakatimizda yangi, oldingisidan tubdan farq qiladigan ijtimoiy-iqtisodiy tizimni qaror toptirishning o’ziga xos dasturi edi. Bu qoidalar istixlol va tarakiet yulni tanlagan jamiyatimizning bu yuldan og’ishmay ilgarilab borishi uchun asos etib qabul qilindi. Bu qoidalarning rivojlantirilishi va xaetga tobora dadilrok joriy etilishi ijtimoiy – siyosiy barqarorlikni yanada mustahkamladi.
Mana masalan, birinchi qoida – iqtisodiyotni siyosiy qobiklardan xolos qilishni tahlil qilib kuraylik. Bu tamoyil mamlakatimizda demokratik bozor o’zgarishlarini amalga oshirishning asosi deb etirof etildi. İqtisodietni yana siyosatga, mafkuraviy aqidalarga qurbon qilmaslik uchun siyosiy maqsadlarga erishish vositasi deb qaralmadi.
İjtimoiy yunaltirilgan bozor iqtisodiyotining o’zi ijtimoiy ustkurmaning poydevorida butun jamiyat miqiesida demokratik o’zgarishlarni amalga oshirish uchun asos, shart – sharoit hozirlaydi. Bozor iqtisodiyotining o’zi barchaga bir xil imkoniyat (imtiez) berish bilan iqtisodiy demokratiyadir. Shu bois endi mamlakat ichkarisida ham, uning tashqarisida ham, ishlab chiqarish munosabatlarni bozor, bozor bulganda ham tartibli asosga qurilgan bozor belgilaydigan buldi. Endi kim bilan savdo – iqtisodiy aloqalarni urnatish va rivojlantirish, aksincha, kim bilan esa bunday munosabatlarga kirimaslik yuqoridan belgilanmaydi. Shuning uchun ham hozirgi iqtisodiy hamkorlarimiz orasida nafaqat hamdustlik mamlakatlari, balki yangi va eski dunyo qam, rivojlangan Evropa va rivojlanaetan Afrika ham, demokratik Amerika va totalitar Xitoy ham, o’zaro nizoli arab dunyosi va İsroil ham bor. Lekin ular o’rtasidagi nisbat urni almashgan bo’lishi mumkin. Agar ilgari mamlakatimiz asosan sobiq ittifoq respublikalari bilan tovar ayirboshlagan bulsa, bugungi kunda 70 foiz savdo – sotiqni yuksak taraqqiy etgan – AQSh, Angliya, Belgiya, Niderlandiya, Janubiy Koreya, Shveytsariya, Finlandiya kabi davlatlar bilan amalga oshiryapti. Endi sheriklarni bozorni o’zi tanlamoqda. Bu jaraenlar eksport va import tarkibida jiddiy o’zgarishlar bilan sodir bulmoqda eksport tarkibida paxta tolasining xissasi jiddiy qisqaradi. Mashina va asbob uskunalar energiya tarqatgichlar, transport vositalarning xissasi esa ortmoqda. İmportda oziq ovqat maxsulotlarning xajmi kamayib bormoqda.
Tashki savdo aylanmasi kulamning kengayishi va uning tarkiban takomillashuvi, jug’rofiyasining keskin o’zgarish natijasida tashqi savdo aylanmasida ijobiy sldoga erishildi. Mamlakatga tovar keltirishdan kura, tashqariga mol chiqarish birnchi marta ustun buldi va utgan yilning natijalariga kura tashqi savdo aylanmasining umumiy xajmi 8,9 mlrd. AQSh dollarni tashkil etdi. 1990 yilda O’zbekistonning tashqi savdo aylanmasida salbiy saldo 3,7 mlrd. sumni (joriy baxolarda), eki yalpi milliy maxsulotning 11 foizga yakinini tashkil etgan edi. Kurinib turibdiki, siyosat iqtisod uchun emas, balki iqtisod siyosat uchun xizmat qilmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: |