Róyxatga olindi; №


mavzu. O’zbekiston va jaxon xamjamiyati



Download 2,86 Mb.
bet28/92
Sana17.01.2022
Hajmi2,86 Mb.
#382011
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   92
Bog'liq
2 5359561810322132286

13 mavzu. O’zbekiston va jaxon xamjamiyati
Reja:

1. O’zbekistonning tinchlik sevar tashqi siyosati va uning dunyo jamoatchiligi tamonidan tan olinishi. O’zbekistonning xalqaro tashkilotlar, chet el davlatlari bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarining o’rnitilishi.

2. O’zbekiston Respublikasining BMTga a`zo bo’lishi va jahon hamjamiyatida o’ziga xoso’rni.

3. O’zbekistonning geosiyosiy va geoiqtisodiy o’rni.


Adabiyotlar:

1.Ш.М.Мирзиёев Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. . – Тошкент: «Ўзбекистон» НМИУ, 2016.

2.Ш.М.Мирзиёев Қонун устуворлиги ва инсон манфаатлари таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. 2016 йил 7 декабрь. − Тошкент: Ўзбекистон, 2017.

3.Ш.М.Мирзиёев Танқидий таҳлил, қатий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. 2017 йил 14 январь ∕ Тошкент: Ўзбекистон, 2017.

4.Ш.М.Мирзиёев Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. – Тошкент: «Ўзбекистон» НМИУ, 2017.

5.Каримов И.А. Тинчлик ва хавфсизлигимиз ўз куч-қудратимизга, ҳамжиҳатлигимиз ва қатъий иродамизга боғлиқ. Т. 12. - Тошкент: Ўзбекистон, 2004.

6.2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси. – Тошкент: Maънавият, 2017.

7.Новейшая история Узбекистана. Руководителъ проекта и редактор: М.А.Рахимов. - Тошкент: Адабиёт учқунлари, 2018.

8.Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномасини ўрганиш ва кенг жамоатчилик ўртасида тарғиб этишга бағишланган илмий-оммабоп қўлланма. Т. 2019

9.Касымов А., Васькин И. Основные направления внешней политики Республики Узбекистан. Т. .

10.Ўзбекистон ташки сиясати ва дипломатияси Т. .

11.Ҳаракатлар стратегияси асосида жадал тараққиёт ва янгиланиш сари Т. 2017.


Tashqi siyosatni mafkuradan to`la xoli etish xavfsizlikni ta`minlashning muhim kafolatidir. O`zbekiston shu paytgacha dunyoning barcha mamlakatlari, qit`alari va mintaqalari bilan o`z munosabatlarini, bu mamlakatlarning ustqurmasi qanday bo`lishidan qat`i nazar, faqat xalqaro huquqning barcha tan olgan qoida va mezonlari asosida qurib keldi va bundan keyin ham shu yo`ldan boradi.

O`zbekiston Qo`shilmaslik harakatiga a`zo bo`lgani sababli hech qaysi blokka qo`shilmaydi. Biz buni milliy xavfsizlikning muhim kafolati deb bilamiz. Shu bilan birgalikda, harbiy bloklar bilan hamkorligimiz tinchlik ishiga, mamlakatlar va xalqlarning xavfsizligi maqsadlariga, demakki, O`zbekistonning milliy xavfsizligi mustahkamlanishiga xizmat qilsa, biz hamisha muloqotga tayyormiz. Shu o`rinda O`zbekiston 1994 yilning iyulida NATOning kollektiv xavfsizlikni ta`minlashga qaratilgan "Tinchlik yo`lida hamkorlik" loyihasi amalga oshirildi. O`zbekiston o`z mustaqilligini dastlabki yillaridayoq ishlab chiqilgan quyidagi asosiy tamoyillarga amal qildi.

Birinchidan, o`zaro manfaatlarini har tomonlama hisobga olgan holda davlat milliy manfaatlarining ustunligi:

Ikkinchidan, teng huquqlilik va o`zaro manfaatdorlik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik:

Uchinchdan, mafkuraviy qarashlardan qan`iy nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik:

To`rtinchidan, xalqaro huquq normalarining davlat ichki normalaridan ustivorligi:

Beshinchidan, tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama ham ko`p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish.

Biz tashqi aloqalarni xalqaro munosabatlarning turi yo`nalishlari bo`yicha muvaffaqiyatli deb bilamiz. O`zbekiston dunyo uchun ochiq. Biz ham dunyoning O`zbekistonga juda katta qiziqish bilan qarayotganini his etmoqdamiz. Bu esa O`zbekistonning barqaror rivojlanishi uchun kafolatdir. O`zbekiston xalqaro aloqalarni yo`lga qo`yish nuqtai nazaridan va o`z taraqqiyot istiqbollari jihatdan qulay jug`rofiy strategik mavqega ega qadim zamonlarda Sharq bilan G`arbni bog`lab turgan Buyuk Ipak yo`li O`zbekiston hududi orqali o`tgan. Bu erda savdo yo`llari tutashgan tashqi aloqalar hamda turli madaniyatlarning birini-biri boyitish jarayoni jadal kechgan. Bugungi kunda ham evropa va Yaqin Sharqda Osiyo Okeani mintaqasiga olib boradigan yo`llar shu erda kesishadi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 7 fevraldagi «O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida»gi farmoni xalqimiz tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi. Unda yaqin besh yillikda mamlakatimiz zabt etishi nazarda tutilgan ulkan dovonlar, xalqimiz hayot darajasini yuksaltirishning mexanizmlari aniq belgilab berilgan. 

Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta`minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir. 

Mamlakatini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi belgilangan. Bular davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglikni ta`minlash, chuqur o`ylangan, o`zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish hisoblanadi.

O`zbekistonning xalqaro tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki milliy xavfsizligimiz, mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlash garovidir.

BMTning O`zbekistondagi vakolatxonasi 1993 yil fevralida ish boshlagan edi. Albatta, bu unchalik katta muddat emas. Biroq 1994 yil yanvariga kelib, vakolatxona BMTning Taraqqiyot dasturi, Qochoqlar ishi bo`yicha vakolatli oliy komissari, Bolalar jamQarmasi, Sanoat taraqqiyoti dasturi, Narkotiklarni nazorat qilish bo`yicha dastur, Jahon soQliqni saqlash tashkiloti, Aholi joylashishi jamQarmasi singari ixtisoslashgan muassasalarni o`z tarkibiga birlashtirishga muvaffaq bo`ldi. Shunday qilib, BMT bilan hamkorlik qilish rejalari amalga oshib bormoqda. Bu hamkorlik iqtisodiyot, ijtimoiy soha, soQliqni saqlash, madaniyatni tiklash, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqa sohalarni ham qamrab olmoqda.

O`zbekiston BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida Toshkent shahrida mazkur tashkilotning Markaziy Osiyoda xavfsizlik, farovonlik va hamkorlik muammolariga baQishlangan doimiy seminarini tashkil etish taklifini o`rtaga tashladi. Bizning fikrimizcha, respublikamiz evropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Osiyodagi tayanchi bo`la oladi. U mintaqaviy xavfsizlik va hamkorlikni, ehtimol tutilayotgan mojarolarning oldini oluvchi diplomatiyani ta`minlashda, ziddiyatlarni bartaraf etishda evropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va BMT hamjihat ish yuritadigan maydonga aylanishi mumkin.

O`zbekiston 1992 yil fevral oyida dunyoda tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya etish bo`yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot-evropa xavfsizlik va xamkorlik tashkilotiga a`zo bo`lib kirdi. I.Karimovning 1992 yil 9-10 iyulda bo`lib o`tgan evropa xavfsizlik va xamkorlik tashkilotining mjlisida ishtirok etdi, unda nutq so`zladi. Kengashning 10 iyulda bo`lgan majlisiga raislik qilishi O`zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o`rin egallayotganining dalilidir.

O`zbekistonning mustaqil rivojlanishidagi o`tgan qisqa tarixiy davrida respublikada suveren davlat sifatida qaror toptirish yuzasidan ulkan ishlar amalga oshirildi. O`zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuvida BMT doirasidagi ixtisoslashgan tashkilotlar bilan hamkorligi muhim ahamiyatga ega. Jumladan, uning BMT homiyligida ta`lim va fan, madaniyat bilan shug`ullanuvchi xalqaro tashkilot-YuNeSKO bilan aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. 183 davlat a`zo bo`lgan YuNeSKOning bosh maqsadi barcha xalqlar kelajagining umumiyligi asoslarini ishlab chiqish va rivojlantirish, hozirgi zamon muammolarini yanada chuqurroq o`rganishga ko`maklashishdan iborat. YuNeSKO har yili o`z faoliyati doirasida jahonda 150-200 tadbir o`tkazadi.

1993 yil 29 oktyabrda YuNeSKOning Parijdagi qarorgohida O`zbekistonning YuNeSKOga a`zolikka qabul qilish marosimi bo`ldi. O`sha kuni Ulug`bek tavalludining 600 yilligini nishonlash YuNeSKO dasturiga kiritildi. 1994 yil oktyabrda Parijda Ulug`bek haftaligi o`tkazildi. Xiva va Buxoro YuNeSKOning jahon madaniy qadriyatlar ruyxatiga kiritildi. Bu ruyxatda 441 ob`ekt bor Samarqand, Buxoro, Xvaning me`moriy majmualarini qayta tiklash ishlariga YuNeSKO eksperti qayta tiklovchi me`mor Jovanni Bokkardi O`zbekistonda ishlab yordamlashmoqda. 1996 yil oktyabr oyida Parijda Amir Temur tavalludining 660 yilligi nishonlandi. 1997 yili Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yillik sanalari nishonlandi, 1994 yil dekabrda respublikamizda YuNeSKO ishlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi tashkil etildi u idoralararo organ bo`lib, tarkibiga ta`lim, fan, madaniyat va axborot sohasidagi vazirliklar va idoralardan 49 kishi a`zo bo`ldi.

2007 yilning 16 oktyabr - 2 noyabr kunlari Parij shahrida bo`lib o`tgan YuNeSKO Bosh konferentsiyasining 34-sessiyasida Toshkent shahrini YuNeSKO yubileylar ro`yxatiga kiritish haqida qaror qabul qilingan edi.

O`zbekiston Mintaqaviy xalqaro Tashkilotlar evropa Ittifoqi, eHHT, NATO, EKO, OIK qo`shilmaslik harkati va boshqalar bilan samarali hamkorlik qilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi o`zining hohish irodasi va taklifiga ko`ra 1992 yil 2 martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot –Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. O`zbekiston BMT Nizomini xalqaro huquqiy me`yorlarni, shuningdek BMT tarkibiga kiruvchi xalqaro tashkilotlar talablariga rioya qilinishini bildirdi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining to`la teng huquqli a`zosi bo`ldi.

Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993 yilda bo`lgan 48-sessiyasida ishtirok etishi va unda 27 sentyabrda qilgan ma`ruzasi O`Z-nni jahonga qo`hna va yosh navqiron davlat sifatida namoyon etdi. O`z-n Res-si nomida Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo`yicha BMT ning Toshkentda doimiy ishlovchilar seminarini chaqirish, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish Tojikiston, Afg`oniston mojorosini va boshqa bir qator masalalalar bo`yicha bir qator takliflarni o`rtaga qo`ydi.

1993 yil fevrala Toshkentda BMTning vakolatxonasi ochildi va u ish boshladi. O`zbekiston Respublikasi va BMTning rahbarlarining harakatlari natijasida vakolatxona mamlakatimizda BMTning taraqqiyot dasturi jahon sog`liqni saqlash tashkiloti, aholi joylashish jamg`armasi, narkotik moddalarni nazorat qilish dasturi, nazorat taraqqiyoti dasturi, bolalar jamg`armasi singari, ixtisoslashgan muassasalarni o`z tarkibiga birlashtirishga muvaffaq bo`ldi va ular bilan hamkorlik qilmoqda. O`zbekiston shu qisqa davr ichida BMT vakolatxonasi bilan ko`plab xalqaro tadbirlar o`tkazildi va ijobiy ishlar qilindi. Toshkentdagi BMTning qochoqlar ishi bo`yicha Oliy Qumitasi komissarining vakili tojik qochoqlarini yurtiga qaytarish ularga BMTning insonparvarlik yordamini etkazish to`g`risida ko`p ishlar qilindi. 1994 yl oktyabrda Toshkentda bo`lib o`tgan jahon sayyohlik tashkilotigning «Ipak Yo`li» xalqaro yig`ilishi 1997 yil 15 –16 sentyabrda Toshkentda o`tkazilgan «Markaziy Osiyo-yadro qurolidan holi zona» mavzusidagi xalqaro konferentsiya va ko`plab boshqa xalqaro tadbirlar shular jumlasidandir

2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi dunyodagi barcha davlatlarga o`z ta`sirini ko`rsatmoqda va oqibati salbiy tus olmoqtsa. Mamlakatimizda uning ta`sirini bartaraf etish maqsadida Yurtboshimiz tomonidan 2008 yilning 28 noyabrida «Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo`llab-quvvatlash, barqaror ishlashini ta`minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PF-4058-sonli Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonga muvofiq jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini respublika iqgisodiyoti real sektori korxonalariga ta`sirini kamaytirish, ularning barqaror va mutanosib ravishda o`sishini ta`minlash, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, modernizatsiya jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, ularning eksport salohiyatini oshirish va bar-qaror ipshashini ta`minlash borasida bir qator vazifalar belgilab berildi.

O`zbekistonda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hisobga olingan holda, 2008 yilning noyabridayoq Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish boshlandi.


Download 2,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish