18-MA’RUZA. MOBIL ALOQA TARMOQLARI STANDART
TEXNOLOGIYALARI
Reja:
Sotali aloqa tizimlarida (yoki hozirgi vaqtda ko„pincha atalganidek mobil
aloqa tizimlarida) “avlodlar” almashishi shaxsiy kompyuterlar industriyasi yoki
televizion texnikaga nisbatan yaqqolroq va aniqrok bo„lmokda. Mobil aloqa
dunyosida ko„p narsa hisoblidir: 1G (ingl. «First Generation»- birinchi avlod) – bu
analog aloqa tizimlari (NMT, AMPS standartlari); ikkinchi avlod - 2G, kanallar
kommutatsiyalanishi asosida ishlaydigan raqamli aloqa tizimlari (GSM, DAMPS
va sdmaOne standartlari); uchinchi avlod - 3G, kanallar kommutatsiyalanishi bilan
birga paketlar kommutatsiyalanishini ham ko„zda tutadi (UMTS va CDMA-2000
standartlari); va, nihoyat, to„rtinchi avlod - 4G tarmoqlari to„liq paketli IP-
kommutatsiya asosida kuriladi (LTE Advanced, IEEE802.16m (WiMAX) va
IEEE802.11ac (Wi-Fi) standartlari). Shunisi diqqatga sazovorki, mobil aloqa
dunyosida avlodlarning almashishi muntazam ravishda har o„n yilda bo„lib
o„tmoqda (18.1-rasm).
18.1-rasm. Mobil va keng polosali tizimlarning evolyutsiyasi.
Harakatdagi radioaloqa tizimlari rivojlanishining tarixi.
Harakatdagi
radioaloqa tizimlari (HRT) hozirgi vaqtda taqdim etiladigan xizmatlar sifati va
hajmining
kengaytirilishi
hisobiga,
ularning
ommaviylashishi
va
foydalanuvchilarning individual talablariga moslashtirilishi hisobiga keskin
sur‟atlarda rivojlanmoqda. Yangi imkoniyatlarning ishlatilishi ham mavjud
tarmoqlarning takomillashtirilishi hisobiga, ham global tarmoq infratuzilmasini
yaratish bilan bog„liq yangi texnik yechimlarning ishlatilishi hisobiga ta‟minlanadi.
O„z o„rnida HRT tizimlari ham konvergensiya, universallashish va ichki raqobat
jarayonlarini boshdan kechirmoqda. “Mobil radioaloqa tizimlari” atamasi ruscha
adabiyotlarda quruqlikda harakatlanuvchi radioaloqa mutaxassislariga va
fuqarolarga mo„ljallangan xizmatlarini belgilashda ko„p qo„llaniladi. Bu atama
sotali aloqa, tranking, personal yo„ldoshli aloqa va simsiz telefon radioaloqa
turlarining birlashtiruvchisi sifatida ishlatiladi.
1. 3G (UMTS va WCDMA).3G atamasi bilan (ingl. third generation –
«uchinchi avlod») ma‟lumot uzatish va Internet tarmoqlariga yuqori tezlikda mobil
ulanish bilan birga, ma‟lumot uzatish kanalini yaratuvchi radiotexnologiya
yordamida foydalanuvchilarga bir qator xizmatlar to„plamini taqdim etuvchi sotali
aloqa tizimlari nomlanadi. 3G tizimlari mobil aloqaning turli xizmatlari, «global
rouming»
hamda
multimediyaning
keng
imkoniyatlarini,
jumladan:
videotelefoniya va videokonferensiya xizmatlari; Internet va intranetga (ya‟ni,
ichki tarmoqlarga) yuqori tezlikda ulanish; turli xildagi biznes, ko„ngilochar va
ilmiy xizmatlarga aloqador ma‟lumotlarni uzatish kabilarni taqdim etadi. Ushbu
tizimlar abonentlarning harakatlanish tezligi cheklanmagan holatida – 64 kbit/sek,
harakatlanish tezligi cheklangan holatda (piyoda yurgandagi tezlik) – 384 kbit/sek,
abonent harakatlanmagan holatida esa 2 Mbit/sek. gacha bo„lgan tezliklarda
ma‟lumot uzatish iimkonini beradi. 3G tizimlarining ikkinchi avlod (2G)
tarmoqlaridan asosiy farqi xam katta hajmdagi ma‟lumotlarni yuqori tezlikda
uzatish imkoniyatidadir. Bu esa o„z navbatida mobil aloqani sifat jihatdan yangi
darajaga ko„taradi: bir tomondan abonent Internetga to„laqonli ulanish, videoaloqa
xizmatlari, yuqori tezlikda ma‟lumot uzatish imkoniyatlariga ega bo„lsa, ikkinchi
tomondan - operatorlar an‟anaviy aloqa xizmatlaridan daromad olish bilan birga,
turli xildagi qo„shimcha xizmatlarini ko„rsatish hisobiga yangi daromad
manbalariga ega bo„ladilar. 3G tizimlari - videotelefon aloqasini tashkil etish,
mobil telefon yordamida filmlar hamda turli teledasturlarni tomosha qilish
imkonini ham beradi. Dunyoda 3G standartlarining asosiy ikki oilasi: W-CDMA
(UMTS, FOMA) hamda CDMA-2000 ( Code Division Multiple Access)
texnologiyalari asosidagi tizimlari mavjud. UMTS standarti asosan Yevropada,
FOMA - Yaponiyada, CDMA-2000 esa Amerika va Osiyo qit‟alarida tarqalgan.
Shuningdek, asosan Xitoyda tarqalgan TD-SCDMA standarti ham 3G
texnologiyalari oilasiga kiradi (18.1-jadval).
18.1-jadval. 2G avlodidan boshlab sotali aloqa tizimlarining standartlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |