xotira bian taqqoslanilganda tezkorligi yo‘qori, zichligi esa past, narxi esa yo‘qori.
Zichlik pastligi shundaki, SRAM mikrosxemalari katta gabaritlarga ega bo‘lib,
ularning axborot sig‘imi past bo‘ladi. Ko‘p sondagi tranzistorlar va ularning
klasterlashtirilganligi, nafaqat SRAM mikrosxemalari gabaritini oshiradi, balki
DRAM mikrosxemalariga o‘xshash parametrlar bilan taqqoslanilganda
uning
texnomanik jarayoni narxini sezilarli darajada oshiradi.
Masalan, DRAM moduli hajmi 128 Mbayt yoki undan ko‘p bo‘lsa, shu vaqtda
o‘lchami taxminan unga teng SRAM moduli hajmi 2 Mbayt ni tashkil etadi va
ularning bari bir xil bo‘ladi. Shunday qilib, SRAM gabaritlari dinamik operativ
xotira o‘lchami 30 marta oshadi, shuningdek, bunda uning narxi haqida ham
shunday deyish mumkin. Bularning barchasi SRAM xotira tipidagilarni shaxsiy
kompyuterarda operativ xotra sifatida ishlatishga qarshilik qiladi.
Shunga
qaramasdan, ishlab chiquvchilar SRAM tipidagi xotirani ShK
effektivligini oshirish uchun ishlatishadi. Ammo sezilarli darajada narxni
oshishidan kesh-xotira sifatida unchalik katta bo‘lmagan tezkor
SRAM xotirasi
o‘rnatiladi. Kesh-xotira taktli chastotada ishlaydi, bu protsessor taktli chastotasiga
yaqin va unga teng bo‘lib, bu xotira o‘qish va yozish protsessorlarida ishlatiladi.
Ma’lumotlarni o‘qish jarayonida tezkopr kesh-xotira operativ xotiradan past
tezlikda yozib oladi, ya’ni DRAM dan. Dinamik operativ xotira kirish vaqti 60 ns
dan kichik bo‘lmasligi kerak (16 MGts taktli chastotaga mos keluvchi). Agarda
shaxsiy kompyuter 16 MGts taktli chastotada (yoki undan past) ishlasa, kesh kerak
bo‘lmasligi uchun DRAM tizimli plata va protsessor
bilan sinxronlashtirilgan
bo‘lishi kerak. Protsessor taktli chastotasi 16 MGts ga ko‘tarilsa, DRAM ni
protsessor bilan sinxronlashtirish mumkin bo‘lmay qoladi, shu sababli ishlab
chiquvchilar shaxsiy kompyuterlarda SRAM ni ishlatishni boshladilar. Bu 1986 va
1987 yillarda, 16 va 20 MGts chastotada ishlovchi 386 protsessorli ShK paydo
bo‘lganidan keyin boshlandi. Aynan shu shaxsiy kompyuterlarda dastlabki
keshxotiralar ishlatildi, ya’ni protsessor bilan ma’lumotlarni almashib turuvchi
SRAM mikrosxemalariga o‘rnatilgan tezkor bufer. Keshning tezkorligini
protsessor tezkorligi bilan solishtirish mumkin, kesh nazoratchisi protsessorga
ma’lumotlar talabini bilishi va tezkor kesh-xotiraga zaruriy ma'lumotlarni
yuklaydi. U holda protsessorga beriladigan xotira manzili ma’lumotlari operativ
xotiradan emas, balki tezkorligi birmuncha past bo‘lgan tezkor keshdan yuboriladi.
Kesh – xotira “soddalik” miqdorini qisqartirishga
va kompyuter tezkorligini
oshirishga imkon beradi. Ma’lumotlarni protsessorda hisoblash jarayonida kutish
vaqtini minimallashtirish uchun zamonaviy shaxsiy kompyuterlarda odatda ikki
tipdagi kesh-xotira qaraladi: birinchi darajali kesh-xotira (L1) va ikkinchi darajali
kesh-xotira (L2). Birinchi darajali kesh-xotira
ichki kesh deb ham yuritiladi; u
protsessor mikrosxemalari qismi bo‘lib, u protsessorga quriladi. Yo‘qoridagi
birinchi darjadagi kesh-xotira barcha 486 protsessorlari va protsessor
mikrosxemalariga qo‘shilgan. Ikkinchi darajali kesh-xotira tashqi kesh deb ham
yuritiladi; u protsessor mikrosxemalariga tashqi tomondan o‘rnatiladi. Dastlab u
tizimli plataga o‘rnatiladi (386, 486, Pentium protsessorlariga asoslangan barcha
kompyuterlar). Agar ikkinchi darajali kesh-xotira tizimli plataga o‘rnatilgan bo‘lsa,
u holda uning chastotasida ishlaydi. Bu holatda ikkinchi darajadagi kesh-xotira
protsessos tegishli ulanish joyiga o‘rnatiladi.
Unumdorligini oshirish maqsadida Pentium Pro, Pentium II/III va
Athlon
protsessorlariga asoslangan keyingi kompyuterlarda ikkinchi darajadagi keshxotira
protsessorni qismi bo‘ladi. Albatta, protsessor markaziy kristaliga nisbatan u tashqi
deyilib, u alohida mikrosxema sifatida protsessor qobig‘i ichiga (katrijga)
o‘rnatiladi. Shuning uchun Pentium Pro yoki Pentium II tizimli platalarida hech
qanaqa kesh yo‘q. Keyingi rusumlar Pentium III va Athlon da ikkinchi darajadagi
kesh-xotiralar protsessor mikrosxemalari qismi hisoblanadi (birinchi darajadagi
kesh-xotiraga o‘xshash) va yetarlicha katta chastotada ishlaydi (protsessor
chastotalarida, yarmi yoki uchdan biri).
Do'stlaringiz bilan baham: