Rustamjon o‘rinov, anvar baxranov


Tuzuvchi: Rustamjon O‘RINOV Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani



Download 132 Kb.
bet26/31
Sana01.06.2022
Hajmi132 Kb.
#626714
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
Juda kerakli pdf (1)

Tuzuvchi: Rustamjon O‘RINOV Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani
ZARBULMASAL”

Maqollar va hikmatli so‘zlarning kim tomonidan aytilganligi


GUNASHBONUNING ONASI

1.

Oshiqqan qiz erga yolchimas va teshikmunchoq yerda qolmas.

GUNASHBONU

2.

Ertagi savdoning dahsar og‘irligi bor.

3.

Po‘lat pichoq qinsiz qolmas.

4.

Kechki ekinning xatari bor.

5.

Bosh eson bo‘lsa, do‘ppi topilur.

6.

Ertagi ishni kechga qo‘ygudek emasdur.

KO‘RQUSH

7.

Bor maqtansa topilur yo‘q maqtansa chopilur.

8.

Yolg‘on masal turmas.

9.

Uyat o‘limdan qattig‘.

10.

Ermon yog‘ochining egilgani-singani, er yigitning uyalgani o‘lgani.

11.

Dala tuzni suv olsa, qo‘ng’ir g‘ozning to‘shidin, quloqsizga so‘z aytsang qulog‘ingning toshidin.

12.

Bo‘l! Og‘iz bo‘lma oyoq bo‘l.

13.

Oyoq yugurigi oshga, og‘iz yugurigi boshga.

14.

Teng tengi bilan tezak qopi bilan.

15.

Borlikdan maqtanma, maqtangan qiz to‘yda uyalar.

16.

O‘zini maqtagani, o‘lumning qorovuli

17.

Oyni etak bilan yashirsa bo‘lurmu?

18.

Chumchuq semirsa botmon bo‘lurmu?

19.

Olako‘zanak ola bo‘lsa ham, arslon bo‘lmas, olato‘g‘anoq olg‘ur bo‘lsa ham ahvoli ma’lum.

20.

Ebi bilan so‘zlaganning qurboni bo‘l.

21.

Qo‘chqor bo‘lur qo‘zining peshanasi do‘ng bo‘lur, og‘a bo‘lur yigitning peshanasi keng bo‘lur.

22.

Chuchvarani xom sanabsan.

23.

Otasi urmas qo‘ng‘izni bolasi urar to‘ng‘izni.

24.

Halvo degan bilan og‘iz chuchumas.

25.

Ayoz haddingni bil barchani qo‘y, o‘zingni bil.

26.

Namangan shahri vayron oti ulug‘ sufrasi qurug‘.

27.

Uyda chaksa uni yo‘q, tom boshida qo‘sh tanur.

28.

Sichqon sig‘mas iniga, g‘albir bog‘lar dumiga.

29.

Taanniy rahmondin va ta’jil shaytondin.

30.

Shirin-shirin so‘zlasang ilon inidan chiqar, achchiq-achchiq so‘zlasang musulmon dinidan chiqar.

31.

Behuda zo‘riqish belni sindiradi.

32.

Qalb qozoni qaynamas, qaynasa ham quyulmas.

33.

Haromzodaning quyrug‘i bir tutam.

34.

Yaxshilik qil suvga sol suv bilmasa baliq bilur, baliq bilmasa xoliq bilur.

35.

Qizni kim suymas, qimizni kim ichmas.

36.

Karnaychidan nima ketar? Bir puf.

37.

Sigir suv ichguncha buzoq muz yalar.

38.

Erga bersang oshingni, erlar silar boshingni, itga bersang oshingni itlar chaynar boshingni

39.

Esing borida etagingni yop.

40.

Yaxshi bilan yurding yetding murodga, yomon bilan yurding qolding uyatga.

41.

Yomonga yondashsangiz balosi yuqar, qozonga yondashsangiz qarosi yuqar.

42.

Biz qo‘y ko‘rmagan bo‘lsak ham, qiy ko‘rgan edik

43.

Oz oshim g‘avg‘osiz boshim.

44.

Osh egasi bilan totlig‘.

45.

Yenglar, ichinglar, isrof qilmaglar.

46.

Avval taom so‘ngra kalom.

47.

Ayron tilab kelsang, chelagingni yashirma.

48.

Er boshiga ish tushsa, o‘tuk chechmay suv kechar, ot boshiga ish tushsa, so‘luq birla suv ichar.

49.

Bo‘zchi belboqqa yolchimas.

50.

Ming qarg‘aga bir kesak.

51.

Mushuk ilmog‘idagi quyruqni ololmay, “Puf sassig‘” degan ekan.

52.

Ko‘rushmasang, otangni yiqit.

YAPALOQQUSH

53.

Karnay misdin balg‘am isdin.

54.

Ko‘r tutganini qo‘ymas va kar eshitganini qo‘ymas.

55.

Bitar ishning bo‘shiga-yaxshi kelur qoshiga.

56.

Bemor tuzalgisi kelsa – tabib o‘z oyog‘i bilan keladi.

57.

Ishtonsiz tizzasi yirtiqqa kular.

58.

Cho‘bni xor tutsang ko‘zga tushar.

59.

Yaxshi nafas yarim mol.

HUDHUD

60.

Yumruq bukulib sang bo‘lmas, echku yugurib lang bo‘lmas.

61.

Kesg‘on oshga o‘xsharmu yavg‘on bulomuq.

KUYKUNAK

62.

Yaxshilar topib so‘zlar, yomonlar qopib so‘zlar.

63.

Kichkina demang bizni ko‘tarib uramiz sizni.

64.

Kuykunak o‘z yerida g‘oz o‘lur ham o‘rdak.

65.

O‘zingni er bilsang birovni sher bil.

66.

Katta kema qaydin yursa, kichik kema andin yurur.

67.

Bo‘ri bormog‘ina quvonur, yemog‘ina yo‘q.

68.

Taka bo‘lsin suti bo‘lsin

KULONKIR

69.

Tanimasni siylamas.

70.

Oz oshg‘a endi imdod yo‘q.

71.

Xo‘b bo‘lur, osh deganda quruq kalla yugurar.

72.

Quyrug‘i uzun tovushqon, yomon bo‘lur so‘zni bir-biriga qo‘shqon.

BOYO‘G‘LI

73.

Taom yemakda so'zlab yemak yaxshidur, hayvondek xomush taom yemak, ozoda mardum shevasidan
ermas.

74.

O‘tirgan qiz o‘rin topar.

75.

Yolg‘iz otning changi chiqmas, changi chiqsa ham dong‘i chiqmas.

76.

Ot olsang o‘yung birla kengash.

77.

Ko‘pga kengash o‘z bilganingni qil.

78.

Yoreki ahlast, kori o' sahlast. (Do‘stlar ahil bo‘lsa ishi oson bo‘ladi.)

79.

So‘zni aytgin uqqanga, jonni jonga suqqanga.

80.

Qo‘ynidin to‘kulsa qo‘njiga.

81.

Oltunning bitgan yerda qadri bor.

82.

Changal o‘z joyida kun ko‘rar.

83.

Yomonning kuchi yapaloqqa yetar.

84.

Anglamay so‘zlagan og‘rimay o‘lar, chaynamay yeganlar kavshamay ketarlar.

85.

It qilg‘onini- itorchi qilmas.

86.

Sopol chinni bo‘lmas, begona ini bo‘lmas.

87.

Qat’i silayi rahm yomondur

88.

Xayrishiga jarchi bo‘lsang ma’lul bo‘lma.

89.

Sinagan yov urushga yaxshi.

90.

Yaxshi topib so‘zlar, yomon qopib so‘zlar.

91.

Boshga tushganni ko‘z ko‘rar.

92.

Yiqilgan kurashga to‘ymas.

93.

Boshga tushganni ko‘z ko‘rar.

SHO‘RNUL

94.

Sarnavishti ahli ma'no chun qalam boshad siyoh. (Ilm ahlining baxti qalam singari qora.)

95.

Olarda hisobi to‘qqiz berarda hisobi o‘ttiz.

KORDON

96.

Yetim o‘g‘il saqlasang og‘zi-burning qon etar, yetim qo‘zi saqlasang og‘zi-burning moy etar.

97.

Ema bilgan qo‘zilar ikki onani emar, ema bilmas qo‘zilar o‘z onasini emolmas.

98.

Singan bo‘yinni qilich kesmas.

99.

Shayxning hunari bo‘lmasa xonaqoh tang.

100.

Qalovin topsa qor yonar, qalovin topmasa qoqshol o‘tin ham yonmas.

101.

Er tilagan yerda aziz.

102.

Qizni oshig‘iga ber.

103.

Qiz saqlaguncha tuz saqla.

104.

Bugungi naqd o‘pka ertangi quyruqdin yaxshidur.

105.

Egasini siylagan, itiga so‘ngak tashlar.

KORDON

106.

Qizim, senga aytrman, kelinim, sen eshit.

107.

Qarindoshim qora qozonim.

108.

Qarindoshing o‘lsa-o‘lsun, qadrdoning o‘lmasun.

109.

Ko‘rpangga qarab oyog‘ uzat.

110.

Yetim qizga yelpig‘uch chikora.

111.

Eshak yo‘li qotqoqda emas, botqoqda ma’lum bo‘lur.

112.

Yov ketgandan so‘ng qilichingni (yerga) chop.

113.

Yomon otga yol bitsa, yoniga to‘rsiq bog‘latmas, yomon erga mol bitsa, yoniga qushni qo‘ndirmas.


Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish