14.
|
Navoiy “Yordin ayru ko`ngil...” g`azalida oysiz qorong‘u kechani nimaga
o‘xshatgan?
|
Hayot sarchashmasi yo‘q buloqqa
|
15.
|
Navoiy “Yordin ayru ko`ngil...” g`azalida hayot sarchashmasi yo`q buloqni
nimaga o‘xshatgan?
|
Do‘zaxga
|
16.
|
Agar ko`ngullarni yuzing visoliga yetsin desang, sochingni boshdan oyoq tugun va jingalak qilgin.
Ushbu mazmundagi bayt Navoiyning qaysi g‘azalida keltirilgan?
|
“Qaro ko‘zum..”
|
Radifi - Qilg‘il
|
17.
|
O‘zgalarning husnini tomosha qilsam ko‘zim chiqsin.
Ushbu mazmundagi misra Navoiyning qaysi g‘azalida keltirilgan?
|
“Ko‘nglum o‘rtansun agar...”
|
Radifi -Aylasa
|
18.
|
Navoiy o’zining qaysi g‘azalida Iskandarga “qora” deb ta’rif bergan?
|
“Tifllar toshiki...”
|
Radifi - Qora
|
19.
|
“Qishda kun qisqarishi, tun uzun bo`lishi” haqida Navoiy o‘zining qaysi
g‘azalida yozgan?
|
“Gulruxi ra’noqadim...”
|
20.
|
Navoiy o‘zining qaysi g`azalining maqta’sida ajalga murojaat qilgan?
|
“Gulruxi ra’noqadim...”
|
21.
|
Navoiy o‘zining qaysi g‘azalida “Hajr o`tini joniga yoqqani”ni aytib o‘tgan?
|
“Do‘stlar, ahli zamondin...”
|
22.
|
Navoiy o‘zining qaysi g‘azalida “Bag`rini qon ichra g`arq bo`lgani”ni aytib o‘tgan?
|
“Ko‘z qonidin dema...”
|
23.
|
Navoiy o‘zining qaysi g‘azalida “Hajrning o`limdan achchiqligi”ni aytib o‘tgan?
|
“Ne navo soz aylagay...”
|
Radifi – Judo
|
24.
|
Navoiy o‘zining qaysi g‘azalida “Yorisiz bir egasiz it bo`lib qolishi”ni aytib
o‘tgan?
|
“Ne navo soz aylagay...”
|
Radifi - Judo
|
25.
|
Ey hajr, yuz ming jonim bo`lsa olgin, lekin meni yorimdan yoki yorimni mendan ayirmagin.
Ushbu mazmundagi bayt Navoiyning qaysi g`azalida uchraydi?
|
“Ne navo soz aylagay...”
|
Radifi -Judo
|
26.
|
Navoiy o‘zining qaysi g‘azalida ko‘nglining titrashini “simob”ga o‘xshatadi?
|
“Har qachonki, kemaga...”
|
27.
|
“Umrini g‘aflat va nodonlikda o‘tganini aytib o`tgan” ijodkor kim?
|
Navoiy
“Kechti umrum naqdi g‘aflat birla...”
|
Radifi-Hayf
|
28.
|
Navoiy o‘zining qaysi g‘azalida Vomiq, Farhod, Majnun qissasini ko‘p o‘qiganini aytib o‘tgan?
|
“Mehr ko‘p ko‘rguzdum, ammo...”
|
Radifi-Topmadim
|
29.
|
Navoiy o‘zining qaysi g‘azaliga muxammas bog‘lagan?
|
“Ochmag‘ay erding jamoli...”
|
Radifi - Koshki
|
30.
|
Navoiy o‘zining qaysi g‘azalida “Ishvagarlarning ahdiga e’tibor yo‘qligi”ni
aytib o`tgan?
|
“Yordin hijron chekar...”
|
Radifi - Ey, do‘stlar
|
31.
|
Agar yorimsiz haddimdan oshib yig‘lasam, ayblamanglar.
Ushbu mazmundagi misra Navoiyning qaysi g‘azalida keltirilgan?
|
“Yordin hijron chekar...”
|
Radifi - Ey, do‘stlar
|
32.
|
Yoringiz vaslini g‘animat anglab, shukr qiling.
Ushbu mazmundagi misra Navoiyning qaysi g‘azalida keltirilgan?
|
“Yordin hijron chekar...”
|
Radifi - Ey, do‘stlar
|
33.
|
“Yori yuzini ochganda ko‘z tegmasligi uchun isiriq tutatadigan” obraz
|
Navoiy
“Meni men istagan...” g‘azalining maqta’sida aytib o`tgan
|
34.
|
“Nazmini quyosh lavhiga qayd etgan” ijodkor kim?
|
Navoiy
“Menga nomehribon yor...” g‘azalining maqta’sida aytib o`tgan
|
35.
|
“Ka’ba vayron bo‘lsa, obod qilinishi” Navoiyning qaysi g‘azalida aytib o`tilgan?
|
“Kimki ko‘ngli buzug‘ning...”
|
Radifi - Aylagay
|
36.
|
Navoiy o‘zining qaysi g`azalida “Astrobod”ni keltirib o‘tgan?
|
“Kimki ko‘ngli buzug‘ning...”
|
Radifi - Aylagay
|
37.
|
“Dard jismini tuproqqa yashirgan” ijodkor kim?
|
Navoiy
“Sarig‘ og‘rug` bo‘ldum...” g`azalida aytib o`tgan.
|
38.
|
Qarilikni qishga o‘xshatgan ijodkor?
|
Navoiy
“Oqara boshladi bosh-u...” g‘azalida aytib o‘tgan.
|
39.
|
Navoiy “Oqara boshladi bosh-u...” g‘azalida yigitlikni va o‘rta yasharlikni
nimaga o`xshatgan?
|
Yigitlikni – bahorga;
O`rta yasharlikni – xazonga.
|
40.
|
Navoiy o‘zining qaysi g‘azallarida “Jamshid”ni talmeh sifatida keltirgan?
|
“Ashraqat min...”
“Ko‘nglum ichra dard-u g`am...”
|
41.
|
Navoiy o‘zining qaysi g‘azalida “Jomi Jam”ni talmeh sifatida keltirgan?
|
“Ko‘rgali husnungni...”
|
42.
|
Navoiy o‘zining qaysi g‘azallarida “Shoh G‘oziy”ni keltirib o`tgan?
|
“Ko‘nglum ichra dard-u g‘am...”
Har gadokim...”
|
43.
|
Navoiy o‘zining qaysi g‘azallarida “Xizr suvi”ni talmeh sifatida keltirgan?
|
“Men jahondin kechtim-u..”
“Ko`ngul istar yorlar...”
|
44.
|
Navoiy o‘zining qaysi g‘azalida “Faridun”ni keltirib o‘tgan?
|
“Ko‘nglum ichra dard-u g‘am...”
|
45.
|
Navoiy o‘zining qaysi g‘azalida “Shirin” va “Layli”ni talmeh sifatida keltirgan?
|
“Ko‘nglum ichra dard-u g‘am...”
|
46.
|
Navoiy o‘zining qaysi g‘azalida “Vomiq”, “Farhod” va “Majnun”ni talmeh
sifatida keltirgan?
|
“Mehr ko`p ko`rguzdum, ammo...”
|
47.
|
Navoiyning qaysi g‘azallarida radd ul-matla’ san’ati uchraydi?
|
1. Qoshi yosinmu deyin...”
|
2. “Kechti umrum naqdi g’aflat birla...”
|
48.
|
Navoiy o‘zining “Hayrat ul-abror” asarida ta’kidlashicha, “So‘z marvaridlarini tizgani uchun” falak kimga qanday laqab bergan?
|
Nizomiyga Nizomiy laqabini
|
49.
|
Navoiyning “Bo‘lmag‘ay erdi jamoling..” muxammasida talmeh sifatida kim keltirilgan?
|
Majnun
|
50.
|
“Qizil, sorig‘, yashil” radifli g‘azal yozgan ijodkor kim?
|
A.Navoiy
“Xil’atidin to aylamash jonon qizil, sorig‘, yashil...” g‘azali
|
51.
|
Navoiy “Bo‘lmag‘ay erdi jamoling...” deb boshlanuvchi muxammasida kimni
talmeh sifatida keltirgan?
|
Majnunni
|
52.
|
Xamsachilikda payrav (ya’ni “ergashuvchi”) bo‘lgan ijodkor kim?
|
X.Dehlaviy
|
53.
|
Navoiy N.Ganjaviy va X.Dehlaviylarning “Xamsa” asarlarini “Sarv-u gul lola xaridori bor” deb ta’riflagan holda o‘zining “Xamsa”sini nimaga qiyoslagan?
|
O‘tinga
|
54.
|
Xamsachilikda qaysi ijodkor ismining lug‘aviy ma’nosi “shoh”?
|
Xusrav Dehlaviy
|
55.
|
A.Navoiyning yozishicha, “She’ri butun dunyo iqimariga – yer yuziga yoyilgan ijodkor kim?
|
Jomiy
|
56.
|
A.Navoiy kimni kattalikda “jahon”ga o‘xshatgan?
|
Jomiyni
|
57.
|
A.Navoiy nimani “jon” deydi. Ammo shunday jonki, oddiy jonlar unga jasad
sanaladi deb ifrot darajasiga chiqarib, mubolag‘a qilgan?
|
So‘z
|
58.
|
Shohki ish adl ila bunyod etar, Adl buzuq mulkni obod etar.
Ushbu misralar bilan boshlanuvchi asarida Navoiyning kimga o‘gitlari aks etgan?
|
Badiuzzamonga
|
59.
|
“Farhod va Shirin” dostonida Shirin o‘zining maktubida Farhodning sharafdan kimga o‘xshab qolganini yozgan?
|
Sulaymon
|
60.
|
“Ishq ichra tengdur shoh-u darvesh” ushbu parcha qaysi asarda kim
tomonidan aytilgan?
|
“Farhod va Shirin”da Farhod tomonidan
|
61.
|
“Ot-u tevasi hisob ila jub
Qo‘y-u qo‘zisi hisobdin ko‘p”. Moli ko‘gtu, umri sust payvand, Farzandg‘a erdi orzumand”
A.Navoiy ushbu parchalarni qaysi badiiy obrazning otasi haqida yaratgan?
|
Majnunning otasi haqida
|
62.
|
Otasi ishq dashtidan keltirib, Ka’baga olib borgan, munojot bilan ko‘nglidagi
yaralarni yorgan, hojilar orasida g‘avg‘o qo‘porgan obraz qaysi asarda uchraydi va kim?
|
“Layli va Majnun” asarida Majnun
|
63.
|
“Sab’ayi sayyor” asarida Bahrom dushanba kuni qaysi rangdagi saroyda kunini
o‘tkazgan?
|
Yashil qasrda
|
64.
|
“Sab’ayi sayyor” asarida Bahrom dushanba kuni qayerdan kelgan sayyohdan
hikoya eshitadi?
|
Shahrisabzdan
|
65.
|
Navoiyning qaysi asarida Paylaqusi hakim obrazi uchraydi?
|
“Sab’ayi sayyor”da
|
66.
|
Qush o‘tarda – o‘chub hayoti aning, Chibin uchsa kuyub qanoti aning... Ushbu bayt qaysi asarda uchraydi?
|
“Sab’ayi sayyor”da
|
67.
|
“Sab’ayi sayyor” asarida oltinchi iqlimdan kelgan musofir qaysi hikoyani aytib
beradi?
|
“Muqbil va Mudbir’ haqida
|
68.
|
“Boxtar” va “Xovar” so‘zlarining ma’nosi nima?
|
Boxtar – G‘arb Xovar - Sharq
|
69.
|
Navoiyning qaysi asarida “Vodiyi hamim” uchraydi?
|
“Sab’ayi sayyor”da
|
70.
|
Boshi toj tarkin qilib ixtiyor,
Bo‘lub tarki toj bila baxtiyor.
Ushbu bayt qaysi obraz haqida?
|
“Saddi Iskandariy”da Iskandar haqida
|
|